
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
Har oyda bir marta jamoamiz a’zolari o‘rtasida
olimpiada
o‘tkazamiz.
Olimpiadaga
mehmon sifatida ustozlarni
chaqirib turamiz.
Bu oy bo‘ladigan olimpiadamiz 16-noyabr (
yakshanba
) kuni soat 08:00 da boshlanadi.
Mehmon sifatida tashrif buyurishni istasangiz
@MM_U_admin
ga murojaat qiling (Murojaatlar
14-noyabr 14:00
ga qadar qabul qilinadi).
Olimpiada haqida qisqacha ma’lumot.
➤ Savollar: 30 ta. [20 ta test 10 ta javob yoziladigan savol]
➤ Vaqt: 4 soat.
➤ Savollar abituriyent darajasidan qiyinroq bo‘ladi.
Olimpiadadan olinadigan manfaatlar.
★ O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazish.
★ Jamoamiz faoliyati bilan tanish.
😀
Olimpiadadan so‘ng doim
choyxonaga
boramiz (Agar xohlasangiz birga tushlik qilamiz).
@MathMaster_Uz
✨
Sodiq School’dan siz kutgan yangilik!
🎓
100% TA’LIM GRANTI
asosida Sodiq School’da ta’lim olishingiz mumkin.
Bilimingizni sinab ko‘ring va bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ling.
📚
Imtihon fanlari:
▫️
Matematika
▫️
Ingliz tili
▫️
Tanqidiy fikrlash
📍
Manzil:
Sodiq School
🗓
Sana va vaqt:
21-avgust, soat 10:00
💡
P.S.
Ijtimoiy yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun murojaat qilish afzalroq.
⌛
Vaqtni boy bermang!
Bu sizning kelajagingizni o‘zgartiradigan imkoniyat bo‘lishi mumkin.
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Sodiqschoolgrant
Bogʻlanish uchun:
☎️
788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
⚽️
Futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga ham ilk qadamlar qo‘yildi.
🎉
Barchangizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz.
Ajoyib
matematika
ustozlarimiz
davrasida ushbu g‘alabani nishonladik.
Karimjon
Raximov
Sardor
Bazarboyev
Davrbek
Oltiboyev
Abrorjon
Farmonov
Hasanhoja
Muhammad Sodiq
Shomirza
Asqarov
@MathMaster_Uz
✅
Math Master Uz
💡
Sertifikat darajasi:
A+
🎤
To‘plagan balli:
90,06
Jamoadagi lavozimi:
Jamoa rahbari.
@MathMaster_Uz
Har oygi an’anaviy Olimpiadamiz!
Bugun — 19.04.2025
Jamoamiz a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan
8-sonli Olimpiada
bo‘lib o‘tmoqda!
Olimpiada tafsilotlari:
• Savollar soni:
30 ta
(20 ta ochiq + 10 ta yopiq)
• Ajratilgan vaqt:
4 soat
Siz ham o‘z bilimingizni sinab ko‘rishga tayyormisiz?
P.S.
Navbatdagi olimpiadalarda
online
yoki
offline
qatnashishni xohlovchilar
@MathMaster_Uz_Admin
ga murojaat qilishlari mumkin.
@MathMaster_Uz
TOSHKENTDA XITOYLIKLAR KO‘PAYIB KETYAPTIMI?
O‘zbekiston
qizlar terma jamoasi
ilk bor
EGMO
(European Girls’ Mathematical Olympiad) da qatnashishmoqda (1-rasm).
Ularga omad tilaymiz!
2-rasmda
EGMO 2024
natijalari ko‘rsatilgan.
Jamoaviy 4 ta ishtirokchi 168 ball to‘plash mumkin.
1-o‘rin.
USA
151 ball (
🥇
🥇
🥇
🥇
).
2-o‘rin.
AUS
143 ball (
🥇
🥇
🥇
🥇
).
3-o‘rin.
CHN
141 ball (
🥇
🥇
🥇
🥈
).
P.S. 2-rasmdagi qizlarning deyarli hammasi, sizga ham XITOYLIKLARGA o‘xshab ko‘rinyaptimi? :)
Xulosa:
Yaxshi emas,
juda yaxshi o‘qishimiz va o‘qitishimiz kerak.
@MathMaster_Uz
Terence Tao
matematika bilan shug‘ullanmaganda…
•
Google xaritalar
yo‘nalishni hisoblab bera olmasdi — chunki yo‘llar orasidagi eng qisqa masofani topish algoritmlari,
analitik va kombinatorik usullar
asosida yaratilgan. Tao bu yo‘nalishlarga katta hissa qo‘shgan.
•
5G internet, WiFi va signal uzatish texnologiyalari
uncha samarali bo‘lmasdi — ular matematikadagi
garmonik tahlil
va to‘lqinlar tenglamalariga tayangan, bu sohalarda Terence Tao yetakchi bo‘lgan.
•
Sun’iy intellekt (AI) va mashinali o‘rganish
modellari kamroq aniq ishlardi — chunki bu algoritmlar uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni matematik jihatdan tahlil qilish kerak, Tao o‘z ishlarida bu jarayonni sodda va samarali qilishga yordam bergan.
•
Kriptografiya
(ma’lumotlarni kodlash) kamroq xavfsiz bo‘lardi — bu soha
sonlar nazariyasi
ga tayanadi, u esa Tao kashfiyotlarisiz kamroq rivojlangan bo‘lardi.
•
SpaceX yoki NASA
ning kosmik missiyalari ehtimol xatolarga uchrardi — chunki raketalar harakati, orbitalar va aerodinamika
xususiy hosilali tenglamalar
orqali hisoblanadi, bu esa Tao ishlarining markazida bo‘lgan.
•
Hatto TikTokdagi videolarga ishlatilayotgan audio-frekvensiyalar
ham to‘g‘ri ishlamasdi — sababi bu ham
to‘lqinlar tahliliga
bog‘liq, bu esa Tao o‘rgangan soha.
@MathMaster_Uz
Ustozimiz
Karimjon Rahimov
bilan yana bir ajoyib
suhbat!
Hurmatli matematika o‘qituvchilari, imkon qilsangiz, o‘quvchilaringizni ushbu ko‘rsatuvlarni ko‘rishga rag‘batlantirishingizni so‘rab qolamiz.
O’quvchilar tomonidan beriladigan,
“Matematika o‘zi nimaga kerak?”
savolga matematika bilimlarini amaliyotda qo‘llayotgan insonning javobini eshitish o‘quvchilarimiz uchun albatta boshqacha ilhom bag‘ishlaydi.
Agar siz matematika fani o‘qituvchisi bo‘lsangiz, hatto oliy matematikani to‘liq tushunmasangiz ham, ushbu
ustozni
diqqat bilan kuzating. Chunki siz dars berayotgan o‘quvchilaringiz orasida ham kelajakda matematikani aynan amaliyotda qo‘llaydigan yoshlar yetishib chiqishi mumkin.
Ustozning so‘zlari ko‘pchilik uchun kuchli motivatsiya bo‘lishiga ishonamiz.
@MathMaster_UZ
#cambinatorika
📌
Jamoamizda har oy bir marta olimpiada tashkil etiladi.
🔹
[C1]
masala. 2024-yil 3-olimpiada, 31-savol.
✍️
Yechimlar:
Yechim_1
– jamoamiz a’zosi
Davron Obilov
tomonidan taklif qilingan.
Yechim_2
– jamoamiz a’zosi
Shomirza Asqarov
tomonidan ishlab chiqilgan.
U yechimga yuqorida keltirilgan
[C2]
masalani tahlil qilish orqali yetib borgan.
🎯
Masalani o‘zingiz mustaqil yechib ko‘ring.
@MathMaster_Uz
TUB SONLAR OID SAVOLLAR
[
10 ta
]
📢
Albatta, tub sonlar mavzusiga oid bilimingizni sinab ko‘ring!
🧠
[Matematikani yaxshi biladigan tanishingizning bilimini sinab ko‘rsangiz ham bo‘ladi
😉
]
@MathMaster_Uz