Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

✿𝙱𝚒𝚝𝚒𝚔𝚕𝚊𝚛✿

mirahmedovas_blog
• adabiyot haqida gaplashamiz • filmlashamiz: https://t.me/+98zJZgGazDc5NjVi • 2021 dan beri • t.me/anonaskbot?start=6CcjelMkfhpS6qc
Подписчики
989
24 часа
-1
30 дней
137
Просмотры
455
ER
46,01%
Посты (30д)
5
Символов в посте
330
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
August 27, 18:18

Olingan nafas ham yurakka ogʻirlik qilyapti..

August 20, 15:01

Ilk bookblogerlar qaytmoqda
🍃
Yaqin orada kitobqurtlarini:
– yangi loyihalar,
– qaynoq uchrashuvlar hamda
– jo‘shqin muhokamalar kutmoqda
🤩
O‘tkazib yubormaslik uchun barchani bir jildda kuzating, yozuv ustiga bosing
!

August 18, 12:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Odissey, Frankenshteyn, Santyago ("Alkimyogar") va Martin Idenning marshrutlari
Bir qiziq
sayt
topdim — u yerda adabiy va kino qahramonlarining bosib o'tgan yo'lini ko'rish mumkin. Interaktiv xaritada Odisseydan tortib to "Life of Pi"dagi Pi Patelning va Uolter Mittidan tortib ('The Secret Life of Walter Mitty') to Forrest Gampning marshrutlarigacha ko'rsatilgan.
Marshrutlarni manbalar bo‘yicha (kitoblar yoki filmlar), sayohat turlari bo‘yicha (quruqlik, daryo yoki dengiz bo‘ylab) saralash mumkin. Men, to'g'risi, bu saytda soatlab o'tirib qoldim.
https://readingmaps.com/maps
@Bookerberg

August 16, 15:07

ЙЎЛОВЧИ
Шу яқин орада шарпа бор,
Илвирс бор шу яқин орада.
Руҳимга кўз тиккан, дарбадар,
Иблис бор шу яқин орада.
Шу яқин орада қудуқ бор,
Сувсадим.
Ҳоридим.
Қуладим.
Энг сўнгги япроқдан умидвор,
Ўлимга бўй бермас юрагим.
Шу яқин орада чайла бор,
Ўрмалаб бўлса ҳам бораман.
Чайлада бир сулув Лайли бор —
Ҳаёт бор шу яқин орада.
Мен чўккан ҳолимда пешқадам,
Сабоҳ бор шу яқин орада.
Оз қолди — тўрт қадам, беш қадам,
Аллоҳ бор шу яқин орада.
(
c
)
Нурмуҳаммад АЗИЗ
@Mirahmedovas_blog

August 16, 13:09

Aynan bugun, shu daqiqalarda hayotingizda nima uchun minnatdorsiz?
t.me/anonaskbot?start=6CcjelMkfhpS6qc

July 31, 18:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📖
Fevral-mart emish.
*spoilerdagi asarlar keyinroq aytiladi
@Mirahmedovas_blog

July 28, 20:29

July 28, 11:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Biz ko'p hollarda o'z illyuziyalarimizga aldanib yashaymiz.
Biz bolaligimiz o'tgan hovliga borgach, o'zimizni mutlaqo begona his qilishimiz mumkin.
Biz qadrdon do'stimiz bilan suhbatlashgach, uning o'zgarib qolganidan hafsalamiz pir bo'lishi mumkin.
Biz qo'msagan joylar, insonlar, hislar hammasi muvaqqat.
Biz eski xotiralarimiz bilan andarmon bo'lishimiz mutlaqo yoqimsiz va intihosi siz kutgandek emas.
Biz orziqib borar manzillar bizni ortiq hayratga solmay qolishi mutlaqo tabiiy jarayon.
Eski xotiralarni eslatib turuvchi buyumlar bizdagi Vatan sog'inchini qondirmaydi. Kutilmalar, ayniqsa, ortiqcha kutuvlar lahzalarda insonni yerparchin qilishi mumkin. Bir hikoya o'qidim. Hikoya qahramonlari 20 yil davomida intilib kelgan, og'riq bergan sog'inchni bostirishga imkon topishganda, butun olam ko'zlariga qorong'u ko'rinadi.
Bizda sentimental immunitet shakllangan. Dardimizga sherik kishini topsak, bas. Yoki hissiyotlarimizni qayta yashashga imkon beruvchi asarlar qo'limizga tushib qolsa, bas.
Qaytish har doim ham insonga quvonch bermaydi!
@Mirahmedovas_blog
📖

July 26, 16:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

July 22, 11:52

Baxtli lahzalar yashaladi, gʻamgin lahzalar yoziladi.