Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

MIRISHKOR TUMANI | Rasmiy

mirishkorpress
Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmati gov.uz/oz/mirishkor Ijimoiy tarmoq - mirishkorpress Hokimiyatga murojaat: @RozikulovMuzaffar6300 Axborot xizmati bilan bog’lanish: @m_press1 Xalq qabulxonasi @XalqQabulxonasi_Mirishkor
Подписчики
6 180
24 часа
30 дней
60
Просмотры
2 206
ER
35,7%
Посты (30д)
167
Символов в посте
958
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 11, 17:29
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram


Har payshanba – Yoshlar kuni

Mirishkor tumani prokurori
Sardor Nazarov

Har payshanba – Yoshlar kuni
” loyihasi doirasida “Baraka” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, mahalla fuqarolari va yoshlarni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Muloqot jarayonida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli va tashabbuskor bo‘lishga da’vat etildi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

June 11, 09:08
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram


Har payshanba – Yoshlar kuni

Mirishkor tumani IIB boshlig‘i
G‘ayrat Xaydarov

Har payshanba – Yoshlar kuni
” loyihasi doirasida “Oltin boshoq” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbirda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, huquqbuzarliklarning va kiber jinoyatlarning oldini olish vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash borasida tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi hamda bu kabi muloqotlarni muntazam davom ettirish ta’kidlandi.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

June 10, 12:06
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

Муротжон Азимов чорвачилик соҳаси вакиллари билан учрашди
Мулоқот давомида чорвачиликни янада ривожлантириш, чўл ҳудудларидан самарали фойдаланиш, яйловларни ўзлаштириш ҳамда замонавий чорвачилик кластерларини ташкил этиш масалалари муҳокама қилинди.
Шунингдек, қоракўлчилик йўналишида амалга оширилиши режалаштирилаётган намунавий лойиҳалар, қайта тикланувчи энергия манбаларини жорий этиш, ер ости сувларидан оқилона фойдаланиш ва чорва учун озуқа базасини мустаҳкамлаш бўйича таклифлар кўриб чиқилди. Бундан ташқари вилоят ҳокимига туячилик ва қуёнчиликни ривожлантириш лойиҳаларини амалга ошириш бўйича ҳам маълумотлар берилди.
Учрашувда вилоят раҳбари
Муротжон Азимов
томонидан соҳада янги иш ўринлари яратиш, инвестицияларни жалб этиш ҳамда ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш юзасидан мутасаддиларга тегишли топшириқлар берилди.
📱
Gov.uz
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
FB
|
📱
Instagram
|
📱
X

June 10, 11:48
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Mirishkorda rahbar va yoshlar uchrashuvi
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik
Farhod Mirzayev
har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “
Yoshlar oyligi
” doirasida Mirishkor tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuvda polkovnik
Farhod Mirzayev
yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan ham muhim tavsiyalar berildi.
Muloqot yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar yoshlar bilan rahbarlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

June 10, 11:47
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Mirishkor
tumanida qariyb 600 nafarga yaqin fuqaroning  uy-joyiga egalik huquqi berildi
Mirishkor
tumanida
kadastr xodimlari tomonidan olib borilayotgan xatlov ishlari tizimli ravishda davom etmoqda. Jarayon davomida mutaxassislar har bir obyektni joyiga chiqib o‘rganish, hujjatlarni solishtirish, mavjud holatni aniqlashtirish va fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish kabi keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.
Bugungi kunga qadar tumanda jami
5 339
ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi
.
Olib borilgan izchil sa’y-harakatlar natijasida
580 nafar fuqaroning uy-joylariga egalik huquqi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari asosida rasman e’tirof etildi. Bu esa ko‘p yillardan buyon huquqiy rasmiylashtirilmagan uy-joy masalalariga yechim bo‘lib, fuqarolar uchun muhim ijtimoiy kafolat yaratmoqda.
Ayni paytda xatlov ishlari
“Tinchlik” mahallasida
davom etmoqda. Mutaxassislar tomonidan jarayonni sifatli va shaffof tashkil etish, har bir murojaatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Mazkur ishlar fuqarolarning mulkiy huquqlarini mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda hududda ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish tizimini yanada tartibga solishga xizmat qilmoqda.
#Kadastr #xatlov
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

June 10, 05:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔊
🔊
🔊
🔊
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilmoqda.
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi raisining tegishli farmoyishiga asosan navbatdagi sessiya chaqirilishi belgilandi.
📄
Hujjat raqami:
9-4-63-KF/26
📅
Sana:
2026-yil 10-iyun
🏛
Asos:
O'zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonunining 17-moddasi.
🗓
Sessiya qachon va qayerda boʻladi?
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi
2026-yil 16-iyun kuni soat 09:30 da
chaqiriladi.
📌
Kun tartibiga kiritilgan masalalar:
Yoshlar bandligi va bo'sh vaqti:
Yoshlarning vaqtini mazmunli o'tkazish bo'yicha "Dolzarb-90 kunlik" chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to'g'risida.
Prezident qarori ijrosi:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi "Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-44-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar muhokamasi toʻgʻrisida.
Kun tartibidagi boshqa qator masalalar.
🌐
Maʼlumot uchun:
Mazkur farmoyish Mirishkor tuman hokimligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telgram
😎
Instagram
|
😎
Youtube
😎
Facebook
🌐
E-Kengash.gov

June 08, 09:19
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Mirishkorliklar shu yerdamisiz?
🫀
Qarshi shahridagi “Javohir Med” klinikasida zamonaviy Philips biplan angiografiya apparati ishga tushirildi!
Shu munosabat bilan 8-Iyundan 18-Iyunga qadar angiografiya tekshiruvi uchun 50%lik chegirmani e’lon qiladi.
📅
8-iyundan boshlab Rossiyalik tajribali mutaxassis Mamhagov Ahmed Zamirovich va “O‘zbekiston Yurak Jamoasi” shifokorlari ishtirokida bepul konsultativ qabullari ham boshlanadi!
📞
Batafsil ma'lumot olish uchun:
78 113 80 66
#Ijtimoiy_himoya
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

June 08, 04:38
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

Mustahkam oila – jamiyat tayanchi
Hukumatning 2026-yil 19-maydagi 257-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirishkor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda nikohlanuvchi yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda yoshlarni mustahkam oilaviy hayotga tayyorlash, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish hamda mas’uliyatli ota-onalik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjetini to‘g‘ri yuritish, reproduktiv salomatlik asoslari, oilaviy-huquqiy munosabatlar hamda milliy va umuminsoniy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash mavzularida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Tadbir ishtirokchilariga oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bartaraf etish, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Uchrashuvda oiladagi nizolarni zo‘ravonliksiz hal etish madaniyatini shakllantirish, xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish, oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratish masalalari ham muhokama qilindi. Shu bilan birga, nikohlanuvchi yoshlar uchun “Maishiy zo‘ravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus o‘quv kurslari tashkil etilgani va mazkur kurslar orqali oilaviy munosabatlarda bag‘rikenglik, muloqot madaniyati hamda nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Tadbir yakunida yoshlar mustahkam oila qurish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda jamiyat taraqqiyotida oilaning o‘rni va ahamiyati haqida muhim tavsiyalar bilan tanishtirildi.
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

June 06, 16:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Yoshlar uchun yozgi ta’tilda qulay taklif!
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
😎
📌
📌
📌
📌
/
@mirishkorpress

June 06, 06:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘zbekiston hatto hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda".

Президент Шавкат Мирзиёев:
"Даже сейчас, в условиях глобальной нестабильности, Узбекистан продолжает демонстрировать устойчивую динамику роста".
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X