
Mirzacho'l tuman hokimligi rasmiy kanali
Mirzacho‘l tumanida boshlang‘ich sinf yetakchi o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 246-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 14-mart kuni Mirzacho‘l tumanida boshlang‘ich sinf yetakchi o‘qituvchilarining KRK kasbiy rivojlantirish kuni tashkil etildi.
Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mirzayev Mustafo Ilhomovich ishtirok etib, har bir yetakchi o‘qituvchi bilan samimiy suhbat olib bordi. Suhbat davomida o‘quvchilar bilimini yanada oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘qituvchilarning taklif va fikrlari tinglandi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘qituvchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✨
Bu kabi uchrashuvlar ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🔍
Quyidagi havolani bosing va Mirzacho'l tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
👇
👇
👇
❤
👉
https://t.me/Mirzachultumani
🌐
Web-site
|
📘
facebook
|
▶️
youtube
|
📲
telegram
|
Jizzaxda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev shahar va tuman hokimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, murojaatlarni samarali ko‘rib chiqish va muammolarni tezkor hal etish vazifalarini belgilab berdi.
Yig‘ilishda Do‘stlik tumani misolida murojaatlar tahlil qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, murojaatlar tuman hokimining shaxsiy nazoratiga olinib, 6 asosiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Mahallalarda qabullar tizimli tashkil etilib, ijro ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
📹
Batafsil videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Jizzaxda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtiriladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev shahar va tuman hokimlari mahallalar yettiligi, hamda islohatlar shtabi vakillari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Do‘stlik tumani misolida murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Tumanda 12 ta mahalla mavjud bo‘lib, 71 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
2025-yil davomida tuman aholisidan jami 1 437 ta murojaat kelib tushgan. 2026-yilning bugungi kuniga qadar esa 415 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, ularning 113 tasi, ya’ni 36 foizi ijobiy hal etilgan.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, endilikda aholi murojaatlari ijrosi tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olinadi. U murojaat qilgan fuqarolarni mahallabay tahlil qilib, har bir masalani chuqur o‘rganadi hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda murojaatlarning kamida 80 foizini ijobiy hal etish bo‘yicha shaxsan javobgar bo‘ladi.
Murojaatlar 6 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular bandlik va tadbirkorlik, qurilish va kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha, qishloq xo‘jaligi, oila va xotin-qizlar masalalari hamda sanoat, investitsiya va eksport yo‘nalishlaridagi murojaatlar bilan ish olib boradi.
Yangi tartibga ko‘ra, viloyatdagi 304 ta mahallada murojaatlar bilan ishlash “Bunyodkor” mahallasi tajribasi asosida tashkil etiladi. Har oyning ikkinchi shanba kuni tumandan biriktirilgan mas’ul rahbar boshchiligida mahalla yettiligi va islohotlar shtabiga biriktirilgan soha vakillari bir kun davomida aholi murojaatlarini o‘rganadi.
Bu haqda mahalla raisi tomonidan kamida 2–3 kun oldin mahallaning telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga e’lon beriladi.
Qabul yakunlariga ko‘ra, mahalla yettiligi aholi murojaatlarini “mahalla”, “tuman” va “viloyat” darajalariga ajratib, tegishli ro‘yxatni shakllantiradi.
Tuman darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar har oyning uchinchi shanba kuni tuman hokimining shaxsiy qabulida ko‘rib chiqiladi. Viloyat darajasida hal etiladigan masalalar esa Xalq qabulxonasiga taqdim etiladi.Hal etilmagan murojaatlar egalari har oyning to‘rtinchi shanba kuni viloyat hokimining shaxsiy qabulida qabul qilinadi.
Berilgan topshiriqlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Har bir vazifaning bajarilishi kundalik monitoring qilinadi, haftasiga bir marta mas’ul rahbarlar ishtirokida tanqidiy muhokama o‘tkaziladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
🌱
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi
🌱
Mirzacho‘l tuman 2-son texnikumida
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish tadbiri tashkil etildi.
Mazkur aksiya davomida texnikum volontyor yoshlarining faol ishtirokida hududga 850 tup ko‘chat ekildi. Shuningdek, mavjud daraxtlar oqlanib, hududni yanada obodonlashtirish maqsadida turli xil manzarali gullar ham ekildi.
Ushbu ishlar texnikum hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni asrash hamda o‘quvchilar uchun toza, sog‘lom va estetik muhit yaratishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida rahbarlar ham tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ko‘chat ekish jarayonida faol ishtirok etdilar.
Bunday ekologik aksiyalar yoshlar qalbida tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌿
Bugun ekilgan har bir nihol — kelajak uchun yashil qadamdir!
🌿
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
You tube
|
📍
Website
🌸
“MENING ENG YAXSHI KUNIM” OYLIGI DOIRASIDA TUMAN SEMINARI O‘TKAZILDI
Mart oyi davomida o‘tkazilayotgan
“Mening eng yaxshi kunim” oyligi
doirasida
“Hayot go‘zal, yashash uchun 1001 sabab”
aksiyasi yuzasidan tuman seminari tashkil etildi.
Bugun Mirzacho‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari uchun
1-sonli umumta’lim maktabida
seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida mazkur aksiyani maktablarda tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar, ko‘rgazmalar hamda slayd materiallari taqdim etildi. Trening mashg‘ulotlari qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etildi.
Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad
— ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida hayot qadriyatlariga ijobiy munosabatni shakllantirish, o‘z-o‘zini baholashni oshirish hamda stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, o‘quvchilarning bola huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish, xavfli xulq-atvorning oldini olish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop hamda inson ongiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishning oldini olishga qaratilgan tushunchalarni shakllantirish ham muhim vazifa etib belgilangan.
Aksiya doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, erta nikohning oldini olish, uning salbiy oqibatlari hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilim va tushunchalarni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida
10 nafar ayol psixologga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, aksiyani tashkil etishda yaqindan yordam bergan
1-sonli maktab jamoasi hamda psixolog Mirzayev Xushnudga
minnatdorlik bildirildi.
🔍
Quyidagi havolani bosing va Mirzacho'l tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
👇
👇
👇
❤
👉
https://t.me/Mirzachultumani
🌐
Web-site
|
📘
facebook
|
▶️
youtube
|
📲
telegram
|
🪴
“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
#8_maktab_hashar
🌱
Joriy yilning 13–14 mart kunlari o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Mirzacho‘l tumanida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🌴
Ushbu ezgulik tadbirida
Mirzacho‘l tumani MMTBga qarashli 8-umumta'lim maktabi jamoasi ham
faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish ishlarida qatnashdi.
🔍
Quyidagi havolani bosing va Mirzacho'l tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
👇
👇
👇
❤
👉
https://t.me/Mirzachultumani
🌐
Web-site
|
📘
facebook
|
▶️
youtube
|
📲
telegram
|
Jizzax viloyatida 70 dan ortiq davlat aktivlari ommaviy savdolarga chiqarilib, xususiylashtirish jarayonlari davom etmoqda. Mazkur bino inshootlarni sotib olib, xususiy mulkka ega bo'lishingiz mumkin
👉
e-auksion.uz » Davlat aktivlari » Jizzax viloyati
⏺️
Jizzax shahar
3 ta
(
batafsil
)
⏺️
Baxmal tumani
3 ta
(
batafsil
)
⏺️
G‘allaorol tumani
8 ta
(
batafsil
)
⏺️
Sh.Rashidov tumani
2 ta
(
batafsil
)
⏺️
Do‘stlik tumani
24 ta
(
batafsil
)
⏺️
Zomin tumani
9 ta
(
batafsil
)
⏺️
Zarbdor tumani
3 ta
(
batafsil
)
⏺️
Mirzacho‘l tumani
6 ta
(
batafsil
)
⏺️
Zafarobod tumani
1 ta
(batafsil
)
⏺️
Paxtakor tumani
3 ta
(
batafsil
)
⏺️
Forish tumani
3 ta
(
batafsil
)
⏺️
Yangiobod tumani
2 ta
(
batafsil
)
❗️
Muddatli to'lov asosida xarid qilish imkoniyati mavjud.
Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingi
Ma'lumot uchun
:
☎️
(71) 202 21 11
📱
+998992073608
📱
+998992072608
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Jizzaxdagi qo‘riqxonada biotexnik tadbirlar davom etmoqda
Jizzax vohasining tog‘ etaklari va keng dashtu cho‘llarida bahorning mayin yellari esib, tabiat uyg‘onish pallasiga kirib bormoqda. Biroq viloyatning Zomin tumanidagi baland tog‘larda yoqqan qorlar hali to‘liq erimagan. Shu bois bu yerlarda havo hanuz salqin, ayrim kunlari esa sovuq ham ancha sezilarli bo‘lib, etni junjiktiradi.
Bunday sharoitda yovvoyi hayvonlar va qushlar qor ostida qolgan ozuqani topishga harakat qiladi. Ammo har doim ham tabiat ular uchun oson imkoniyat yaratib bermaydi. Ayniqsa, qor qoplami qalin bo‘lgan kunlarda ozuqa topish qiyinlashadi.
Shu sababli Zomin davlat qo‘riqxonasida mutaxassislar tomonidan biotexnik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – hayvonot dunyosining tabiiy muhitda barqaror yashashini ta’minlash, qishning sinovli kunlarida ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimidagi qo‘riqxona xodimlari oldindan belgilangan maxsus nuqtalarga muntazam ravishda qo‘shimcha yem-xashak yetkazib berishmoqda. Bu orqali tog‘ va o‘rmonlarda yashovchi yovvoyi hayvonlar hamda qushlarning ozuqaga bo‘lgan ehtiyoji ma’lum darajada qondirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ushbu biotexnik tadbirlar jonli tabiatni asrash, biologik xilma-xillikni saqlab qolish hamda tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
🇺🇿
Obod yurt – hamjihatlikdan boshlanadi!
🌱
Joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishi asosida “
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida tashkil etildi.
🏫
Ushbu hasharda Mirzacho‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli
1-umumta’lim maktabi jamoasi
ham faol qatnashdi. Maktab hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilib, atrof-muhitni yanada go‘zal qilishga alohida e’tibor qaratildi.
🌿
Hashar davomida: — maktab hududi tozalandi;
— daraxtlar atrofi tartibga keltirildi;
— yashil maydonlar parvarish qilindi;
— yangi ko‘chatlar ekilib, hudud yanada obod qilindi.
🤝
Maktab jamoasi ushbu ezgu tadbirda bir yoqadan bosh chiqarib ishtirok etib, yurtimiz obodligi va mahallamiz ko‘rkiga o‘z hissasini qo‘shdi.
✨
Obod yurt – barchamizning birgalikdagi sa’y-harakatimiz samarasidir!
🔍
Quyidagi havolani bosing va Mirzacho'l tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
👇
👇
👇
❤
👉
https://t.me/Mirzachultumani
🌐
Web-site
|
📘
facebook
|
▶️
youtube
|
📲
telegram
|
#Mirzacho
‘l_tumani
Joriy yilning 13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida
Mirzacho‘l tumani mahallalarida
keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hashar jarayonida hududlar tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi, ariqlar tozalandi, ko‘chatlar ekildi hamda mahalla va tashkilotlar hududlari tartibga keltirildi.
Mazkur ezgu tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda turli tashkilot xodimlari faol ishtirok etib, hudud obodligi va ko‘rkamligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shdi.
🔍
Quyidagi havolani bosing va Mirzacho'l tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
👇
👇
👇
❤
👉
https://t.me/Mirzachultumani
🌐
Web-site
|
📘
facebook
|
▶️
youtube
|
📲
telegram
|