Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT SHAHAR RASMIY SAHIFA

mt_toshkent
@Milliy_tiklanish_Toshkent
Подписчики
11 079
24 часа
-6
30 дней
5 815
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
12
ER
0,11%
Посты (30д)
184
Символов в посте
534
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 19, 19:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🙏
Qonunlar birinchi o‘qishda ma’qullandi, endi asosiy e’tibor ikkinchi o‘qishga qaratiladi
#milliy_tiklanish
#fraksiya
#muhokama
🖥
MTDP
|
Telegram

October 19, 19:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamda uning tizim tashkilotlarida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Mirob tuman Kengashi deputati
Feruza Muhitdinova
ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, uning sofligini asrash, kundalik faoliyatda davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda kelajak avlodga ona tilimizga muhabbat tuyg‘usini singdirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz va ma’naviy merosimizning bebaho timsoli. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelgusi avlodlarga boyitilgan holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.

October 19, 19:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🙏
Kiritilayotgan qo'shimcha norma nimaga asoslangan?
#milliy_tiklanish
#fraksiya
#muhokama
🖥
MTDP
|
Telegram

October 19, 19:26
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Ona tiliga ehtirom
— milliy oʻzlik va qadriyatlarga ehtirom
21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — jonu dilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda partiya Toshkent shahar Kengashi vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbirda ona tilining milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosini asrab-avaylash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning milliy davlatchiligi va ma’naviy taraqqiyoti tarixidagi muhim voqea ekani, tilimizning nufuzi va mavqeini yuksaltirish esa har bir fuqaroning mas’uliyatli vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.
Batafsil

October 19, 18:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🙏
Har bir yosh vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi kerak!
#milliy_tiklanish
#fraksiya
#muhokama
🖥
MTDP
|
Telegram

October 19, 18:11
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Fuqarolar murojaati tezkorlik bilan hal etildi
Poytaxtimizning Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasi Chimkent ko‘chasining 2/1 va 5-uylar oralig‘ida suv quvuridagi nosozlik sabab suv toshishi yuzaga keldi. Mazkur holat yuzasidan fuqarolar deputatga murojaat qilgach, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati
Otabek Jiyanbayev
zudlik bilan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘landi.
Natijada muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilib, ta’mirlash ishlari olib borildi. Ayni paytda ishlar yakuniy bosqichda bo‘lib, masala deputat nazoratiga olingan.
Aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

October 19, 09:13
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

▶️
🙏
Chiqindi uloqtirganlarga javobgarlik kuchaytirilyapti
📌
24 yil avval qabul qilingan
"Chiqindilar to‘g‘risida"
gi qonun bugungi talablarga javob bermay qoldi. Natijada 11,3 ming gektarli 274 ta poligonlardagi 3,6 mlrd tonnadan ortiq maishiy va sanoat chiqindilari ikkilamchi xomashyo sifatida saqlanyapti.
❗️
Agar ular qayta ishlansa, avvalo atrof-muhit sofligi ta’minlanadi, ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqish orqali qo‘shimcha daromad, yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin. Buning uchun amaldagi qonunchilik o‘zgarishi kerak.
🗣️
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun bilan xorijiy tajribadan kelib chiqib vakolatli organ vazifasi aniq belgilanyapti, tariflar tartibga solinyapti, bu boradagi javogarlik yanada kuchaytirilyapti.
🖥
MTDP
|
Telegram

October 19, 09:13
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

▶️
🙏
O‘zbekiston siyosati qat’iy va o‘zgarmas
✔️
Fraksiya yig‘ilishi O‘zbekiston Prezidentining Ozarbayjonga qilgan amaliy tashrifining ahamiyati muhokamasi bilan boshlandi.
📌
Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz so‘nggi yillarda nafaqat mintaqamizda barqaror tinchlikni targ‘ib qilmoqda, bu borada namuna ham ko‘rsatyapti.
🗣️
Alisher Qodirov: Davlat rahbari Bakuda o‘tgan global darajadagi uchrashuvda hozir dunyo notinchliklarni hal etishda o‘zaro muloqotlarga muhtojligini va O‘zbekistonning har qanday mojaroni faqat muzokaralar yo‘li bilan hal qilish bo‘yicha qat’iy siyosatini yana bir bor ma’lum qildi.
🖥
MTDP
|
Telegram

October 19, 09:13
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

▶️
🙏
Barcha yoshlar xizmatga jalb qilinishi kerak...
✔️
Yig‘ilishda
"Ma’naviyat qalqoni"
kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan uch nafar harbiylarni xizmatdan bir oy oldin bo‘shatilishi bilan bog‘liq qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
🗣️
Fraksiya a’zolari partiya g‘oyalaridan kelib chiqib, maktabni tugatgan yoshlarni agar o‘qishni davom ettirmasa, majburiy tartibda harbiy xizmatga jalb qilish taklifini yana ko‘tardi.
📌
Bu tashabbus yoshlarimizni haqiqiy ma’noda hayotga tayyorlashda, er yigit bo'lib tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
🖥
MTDP
|
Telegram

October 19, 09:13
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

▶️
🙏
Deyarli barcha maktab va bog‘chalar internetga ulandi
✉️
O‘tgan haftada "Milliy tiklanish" fraksiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi ijrosi masalasida Raqamli texnologiyalar vaziriga parlament so‘rovi yuborilgan edi.
✔️
Yig‘ilishda vazirning javob xati ham ko‘rib chiqib ma’qullandi.
🗣️
Bir ma’lumot: Strategiyada barcha ijtimoiy obyektlarni internetga ulash vazifasi belgilangan edi. Mazkur vazifa ijrosi doirasida 10 657 ta maktab, 6 988 ta bog‘cha, 5 786 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 8 935 ta mahalla idorasi yuqori tezlikdagi internetga ulangan.
🖥
MTDP
|
Telegram