Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

MTT TARBIYACHI#MOHIR #TARBIYACHI.#MAKTABGACHA#Тарбиячи

mtttarbiyachisi
⚡️ MTT tarbiyachilari uchun ⚡️ Tarbiyachiga 40 hunar oz ⚡️ Qo'l ishlari ⚡️ Chizamiz va yasaymiz ⚡️ Haftalik va kunlik ma'lumotlar ⚡️ HULKAR IBRAGIMOVA BILAN Admin bilan aloqa: @Hulkar_Ibragimova
Подписчики
27 916
24 часа
13
30 дней
92
Просмотры
1 443
ER
5,17%
Посты (30д)
365
Символов в посте
801
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбразование и обучение
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
October 26, 17:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
⌛
ATTESTATSIYAGA OZ VAQT QOLDI!
Siz hali ham «Qanday tayyorlansam ekan? Nimadan boshlasam ekan?» degan o‘ydamisiz?
🤔
🔥
Unda aynan siz uchun
TEZKOR ATTESTATSIYA TEST GURUHIMIZ
o‘z faoliyatini boshlamoqda!
♦️
BIZNING JAMOADA SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?
✅
Har bir adabiyot bo‘yicha ketma-ket, tizimli testlar
✅
Elektron test kitoblar va foydali qo‘llanmalar
✅
Tartibli va maqsadli tayyorgarlik
✅
Haftada 3 kun 50 TALIK SINOV TESTLARI
✅
Platforma testlarini BEPUL ishlash imkoniyati
✅
Tajribali ustozlardan doimiy ko‘mak va tavsiyalar
✅
Bilimingizni mustahkamlash va imtihonga puxta tayyorlanish imkoniyati
📣
Vaqtni boy bermang! Attestatsiya yaqin, har bir kuningiz gʻanimat!
💥
TAYYORGARLIKNI BIZ BILAN BOSHLANG, NATIJAGA ISHONCH BILAN INTILING!
GURUHGA QO‘SHILISH;
@DMTT_attestat_HulkarIbragimova
VA MUROJAAT UCHUN:
@Hulkar_Ibragimova
@Hulkar_Ibragimova
@Hulkar_Ibragimova

October 26, 15:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📌
🌸
HAR KUNI BIR METODIKA!
🧠
1-KUN: ChAM TEXNOLOGIYASI
Chaqiriq – Anglash – Mulohaza
🌟
Bolaga tayyor javob bermang — fikrlashga o‘rgating!
Hurmatli ustozlar!
Bugun tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ChAM texnologiyasini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qanday qo‘llashni o‘rganamiz.
📚
ChAM texnologiyasi nima?
ChAM — uch bosqichdan iborat ta’lim texnologiyasi:
🔴
Chaqiriq — bolaning mavjud bilimlarini faollashtirish va qiziqishini uyg‘otish.
🟡
Anglash — yangi ma’lumotlarni kuzatish, o‘rganish va taqqoslash.
🟢
Mulohaza — o‘rganganlarini umumlashtirish, fikrini asoslash va xulosa chiqarish.
🐦
AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: “Qushlar qishda nima yeydi?”
👶
3–4 YOSH — KICHIK GURUH
🔴
Chaqiriq: Qush rasmini ko‘rsating. “Bu nima?”, “Qush nima qiladi?” deb so‘rang.
🟡
Anglash: Bolalarga qush va don rasmlarini ko‘rsating. Qushlarning don cho‘qiyotganini kuzatishga imkon bering.
🟢
Mulohaza: “Qushga nima beramiz?” deb so‘rang. Bolalar mos rasmni tanlasin.
🎯
Natija: Bola predmetlarni taniydi, oddiy savollarga javob beradi va kuzatganini aytadi.
🌼
4–5 YOSH — O‘RTA GURUH
🔴
Chaqiriq: “Qishda qushlar ovqatni qayerdan topadi?” deb so‘rang.
🟡
Anglash: Yoz va qish fasllaridagi qushlar tasvirini taqqoslang. Bolalar qishda oziq topish nima uchun qiyinlashishini muhokama qilsin.
🟢
Mulohaza: “Qushlarga qanday yordam beramiz?” savoliga bolalar o‘z takliflarini bildirsin.
🎯
Natija: Bola taqqoslaydi, taxmin qiladi va oddiy sabablarni tushuntiradi.
🌻
5–6 YOSH — KATTA GURUH
🔴
Chaqiriq: “Nima uchun ayrim qushlar qishda ham biz bilan qoladi?” deb so‘rang.
🟡
Anglash: Qishda qoladigan va issiq o‘lkalarga uchib ketadigan qushlar rasmlarini kuzating. Ularning farqlarini aniqlang. Qushlar uchun mos oziq turlarini muhokama qiling.
🟢
Mulohaza: “Qishda qushlarga yordam bermasak, qanday qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin?” deb so‘rang. Bolalar fikrlarini “chunki” so‘zi bilan asoslasin.
🎯
Natija: Bola sabab va oqibatni bog‘laydi, taqqoslaydi va o‘z fikrini asoslaydi.
🌺
6–7 YOSH — TAYYORLOV GURUHI
🔴
Chaqiriq: “Qishda qushlarga yordam berishning eng yaxshi usuli qanday?” degan muammoli savolni bering.
🟡
Anglash: Bolalar turli qushlar uchun oziq va oziqlantirgich namunalarini o‘rganadi. Qaysi yechim qulayroq ekanini muhokama qiladi. Kichik guruhlarda oziqlantirgich maketini loyihalaydi.
🟢
Mulohaza: Har bir guruh o‘z yechimini taqdim etadi. “Nega aynan shu usulni tanladingiz?”, “Yana qanday yechim taklif qilasiz?” savollariga javob beradi.
🎯
Natija: Bola bir nechta yechimni taqqoslaydi, eng maqbulini tanlaydi, qarorini asoslaydi va xulosa chiqaradi.
💡
TARBIYACHI UCHUN MUHIM TAVSIYALAR
✅
Savollarni bolalarning yoshiga mos tanlang.
✅
Tayyor javobni aytishga shoshilmang.
✅
Bolalarga fikrlash uchun vaqt bering.
✅
Har bir asoslangan fikrni rag‘batlantiring.
✅
Mashg‘ulot yakunida bolalarning xulosalarini tinglang.
❤️
UNUTMANG!
Bir xil mavzu turli yosh guruhlarida turlicha murakkablikda tashkil etiladi. Muhimi, har bir bola o‘z imkoniyatiga mos ravishda mustaqil fikrlashga o‘rgansin!
💬
Siz ChAM texnologiyasini qaysi yosh guruhida qo‘llagan bo‘lardingiz?
📌
Saqlab qo‘ying va hamkasblaringiz

October 26, 13:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

«HOSIL BAYRAMI» — NE’MATLARGA SHUKRONALIK, MEHNATGA EHTIROM!
Bugun Buxoro viloyati Jondor tumanining 33-DMTT da bolajonlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda
«Hosil bayrami»
tadbiri tashkil etildi.
Bayram davomida bolajonlarimiz kuz ne’matlari, meva va sabzavotlarning inson salomatligi uchun ahamiyati, tabiat boyliklari hamda dehqonlar mehnati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🍎
Tadbir davomida rang-barang meva va sabzavotlar ko‘rgazmalari, ijodiy chiqishlar, she’rlar, qo‘shiqlar va quvnoq o‘yinlar orqali bolalarning tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati, mehnatsevarlik, tejamkorlik va shukronalik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
🌱
Tadbirning asosiy maqsadi
— maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga mehr, mehnat ahliga hurmat, sog‘lom ovqatlanish madaniyati va milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
✨
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etgan pedagoglarimizga, tarbiyalanuvchilarimizga va hamkorlik ko‘rsatgan ota-onalarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
Hosilimiz mo‘l, dasturxonimiz to‘kin, yurtimiz tinch va farovon bo‘lsin!
@MTTtarbiyachisi

October 26, 13:29

Assalomu aleykum hurmatli ota-onalar!
Bizning yangi haftada oʻrganadigan qoʻshigʻimiz " HOSILNI YIGʻAMIZ" deb nomlanadi.
Ushbu quvnoq qoʻshiqni bolajonlarimizga uyda takrorlashga yordam bering.
🧅
🧄
🍆
🥔
🫑
🥕
🥒
🥬
🥦
🌶
" HOSILNI YIGʻAMIZ"
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
🎼
1.Savatchalar koʻtarib,
Ashulalar aytamiz.
Hosilni yigʻib olib,
Qishga gʻamlab qoʻyamiz.
E xa xa xa xa
Qishga gʻamlab qoʻyamiz.
2.Biz quvnoq bolalarmiz,
Bodiringlar teramiz.
Loviya va noʻxat,
Hosilimiz yomonmas.
E xa xa xa xa
Hosilimiz yomonmas.
3.Sen semiz baqilajon,
Tur oʻrningdan yotmagin.
Uxlama,esnama,
Savatchaga tushaqol.
E xa xa xa xa,
Savatchaga tushaqol.
4.Biz hosilni yigʻamiz,
Mashinaga yuklaymiz.
Daladan keldi hosil,
Shodliklarga toʻldi dil.
E xa xa xa xa
Shodliklarga toʻldi dil.
MTT mohir tarbiyachi.
Reaksiya bosishni unutmang
va yaqinlarizga ulashing

October 26, 01:37

October 26, 01:03

МТТлардаги ёш гуруҳларида сиз айтаётгандай 100 талаб ўйинлар йўқ. Тарбиячи ҳар бир мавзуга 5 та ривожланиш соҳаларига мос келадиган ўйинларни тайёрлаши ва болалар келгунча марказларни ўйинлар билан жиҳозлаб қўйиши керак.
MTT mohir tarbiyachi.
Reaksiya bosishni unutmang
va yaqinlarizga ulashing

October 26, 01:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Besh kitob
https://t.me/bolalarnioyingachorlang
MTT mohir tarbiyachi.
Reaksiya bosishni unutmang
va yaqinlarizga ulashing

October 26, 01:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Vazirlikning 340-buyrug‘i va tarbiyachining ish daftari
https://t.me/bolalarnioyingachorlang
MTT mohir tarbiyachi.
Reaksiya bosishni unutmang
va yaqinlarizga ulashing

October 26, 01:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Bola, o‘yin va pedagog" loyihasi uchun tarbiyachining ish daftari
https://t.me/bolalarnioyingachorlang
MTT mohir tarbiyachi.
Reaksiya bosishni unutmang
va yaqinlarizga ulashing

October 26, 01:03

Кузатиш ва қайд этиш дафтарини юритиш ва уни жадвалга солиб берилган . Ўйин режалаштирилмаса қандай ўйинларни ўйнайди бола. Ой мавзуси, хафта мавзусига мос ўйинлар тайёрлаш керакми. Ёки дастурга асосланмаймизми.
MTT mohir tarbiyachi.
Reaksiya bosishni unutmang
va yaqinlarizga ulashing