Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Muallima Ona

muallima_ona
Har bir ona - muallimadir. Bola ilk bilimlarini o’z oilasidan o’rganadi. Maqsadimiz: Onajonlar va bolajonlarga o’zbek tilida tarbiyaviy va foydali ma’lumotlarni ulashishdir. Aloqa uchun: @Muallimaona_bot
Подписчики
1 640
24 часа
30 дней
Просмотры
1 940
ER
1,19%
Посты (30д)
Символов в посте
638
July 25, 15:39

#asmaulhusna
Ilm olish yo'lidagi harakatingiz yanada mazmunli bo'lishi uchun
@muallima_ona
jamoasi
"Allohning go'zal ismlari FLESHKARTA"
sini tuzib chiqdi.
Ushbu o'yin sizga va farzandlaringizga Allohning go'zal ismlarini yodlash va o'rganishda yordam beradi, InshaAlloh.
Avvalroq kanalimizda ushbu fleshkartaning bir qismi joylangan edi. Allohning madadi bilan bu safar
"Allohning go'zal ismlari FLESHKARTA"
sini to'liq shaklda joylayapmiz.
Fleshkartani saqlab oling, uni printerdan chop etib undan foydalaning va haqqimizga duoda bo'ling.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

July 25, 15:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

June 27, 23:16

Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor deydi xalqimiz. Bola bo‘lganidan keyin bolalarcha sho‘xliklariga qo‘yib berishimiz kerak, hadeb uni qilma, buni qilma, sakrama,tegma deb dashnom beraverish yaramaydi. Qabristondagidek jimjitlik va osudalikni kutmaslik kerak.
Hali ko‘rasiz, kunlar keladi, sochilib yotgan o‘yinchoqlarni, bo‘yab va chizib tashlangan devorlarni, yarim tishlangancha mebel ostiga kirib ketgan olmalarni orziqib eslaysiz va qo‘msaysiz. Telfonda kim bilandir gaplashayotganingizda kelib qo‘shilishini, qayerga borsangiz birga boraman deb ergashishini, kechasi siz bilan uxlayman deb xarxasha qilganlarini sog‘inasiz.
Ular katta bo‘lib o‘zlari bilan ovora bo‘lib ketadi. Oldinlari ular siz bilan gaplashishga zor bo‘lgan bo‘lsa endi siz ulardan bir og‘iz so‘z eshitishga zor bo‘lasiz. Oldinlari siz bilan bir joylarga borishga qiziqqan bo‘lsa endi majburlasangiz ham borgisi kelmaydi. Hozir ularning qalbi sizga talpinadi, ertaga katta bo‘lgach qalblari boshqaga rom bo‘ladi, qizig‘ingiz qolmaydi ularga. Siz bugun ularga toqatingiz yo‘q, ertaga ular siz bilan gaplashib yuragi siqiladi.
Shuning uchun ular go‘dakligida, sizga tabiiy bog‘langan paytda mehr megabaytlari va gegabaytlarini g‘amlab oling. Ularga ko‘proq mehr bering, ularning sho‘xliklaridan zavqlaning. Mayli loy o‘ynasin,qum o‘ynasin, suv halqobida sakrasin,
maza qilsin, ularni ko‘rib sizam maza qiling. Bolalik shuvillab o‘tib ketadi, bugungi voqealar ertangi xotiralar bo‘lib qoladi. Fursatni g‘animat biling.
Iroda Ahmed
https://t.me/YaqinOzbek

June 06, 01:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qurbon hayiti muborak bo’lsin!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

June 05, 13:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun ARAFA kunidir. Arafa kunining bomdod namozidan boshlab Hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha, ya’ni 23 vaqt namoz mobaynida har bir farz namozdan keyin tashriq takbirini aytish vojib amallardan hisoblanadi.
Tashriq takbiri:
Allohu akbar!
Allohu akbar!
La ilaha illallohu vallohu akbar!
Allohu akbar va lillahil hamd!
Ma'nosi:
Alloh buyuk!
Alloh buyuk!
Allohdan o'zga iloh yo'q. Alloh buyuk!
Alloh buyuk. Maqtovlar Alloh uchundir!
Takbirni xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozidan keyin aytamiz. Bundan tashqari, yurgan, o‘tirgan paytlarda takbir aytish yaxshidir.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

May 27, 13:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Zulhijja oyi avvalgi 10 kunligida qilinadigan amallar
Telegram
|
Facebook
|
Instagrams

May 27, 13:37

Aziz kuzatuvchilar. 2021 yili Muallima ona jamoasi "allamah"jamoasi tomonidan tuzilgan ingliz tilidagi "THE BEST DAYS OF THE YEAR" - "YILNING ENG YAXSHI KUNLARI" nomli kitobchasini o'zbek tiliga tarjima qilgan edi.
Zulhijja oyi, Haj hamda Qurbon hayitiga tegishli mavzularni o'z ichiga olgan ushbu qo'llanma farzandlaringiz bilan birga bilim olishingizda sizga qo'l keladi degan umiddamiz.
Kitob mualliflari, tarjimon, hamda ushbu kitobchani siz azizlarga yetkazishda hissa qo'shgan insonlar haqlariga duo qilishingizni so'rab qolamiz.
Telegram
|
Facebook
|
Instagrams

May 19, 02:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

“Eng kitobxon hudud”ni aniqladik!
😊
Mutolaa ilovamizdan foydalanayotgan kitobxonlar sonini
viloyatlar
kesimida ko‘rib chiqdik.
⚡️
Hozirgi holatga ko’ra bizda
“Eng kitobxon hudud”
yarim millionga yaqin kitobxonlar bilan - Andijon viloyati
bo’lib turibdi ekan.
🚩
Statistikamiz
16-may, soat 12:00
holatidagi ma’lumotlarga asoslangan.
🏆
Kelasi safar qaysi hudud g‘olib bo‘larkan?
Telegram
|
Instagram
|
Ilova

May 12, 14:35

Shu munosabat bilan Nagoya shahrida o’zbek ayollari go’zal tadbir uyishtirishdi. Tadbirda o’zbek ayollaridan 20 yildan beri Yaponiyada yashab kelayotganlardan tortib yaqindagina Yaponiyaga kelgan yosh kelinlarimiz qatnashishdi. Yapon millatiga mansub ayollardan bu mamlakatga kelganimizda bizlarga ko’maklashgan va hech qachon yordamlarini ayamagan insonlar, turli sohalarda ustozlik qilgan ayollar, shuningdek boshqalar ham qatnashishdi.
Tadbirdan maqsad ikki millat vakillarini jamlash, millatimizda-dinimizda onalik maqomi qandayligi haqida bir oz bo’lsada tushuncha paydo qilish.
Tadbir mashhur insonlar deganda odatda erkaklar ko’z oldimizga kelishi, aslida shu mashhur insonlar orqasida mashhurlikka intilmagan, ammo maqtovga loyiq bir inson - ONA turishi haqidagi go’zal so’zboshi bilan boshlandi.
So’ng ayollarimiz tayyorlab kelgan milliy taomlardan bahramand bo’ldik. Taomlangandan so’ng har bir ayol yapon tilida o’zlari, oilalari, farzandlari va hozirgi faoliyatlari haqida tanishtirib o’tishdi.
Tadbirning asosiy qismi yapon tilidagi “yapon va o’zbek ayollari” haqidagi qiziqarli presentatsiya bilan o’tdi. Prezentatsiyada ikki millat ayollarining jamiyatdagi, oiladagi o’rni, ikki davlatda ham ayollarga, xususan onalarga qilinayotgan sharoitlar haqida gapirildi.
Tadbir davomida
Zulfiya Mo‘minova
qalamiga mansub
“Ayolga baxt bering” nomli she’r o’zbek onalaridan biri tomonidan aytildi va yapon mehmonlarimizga mazmunan tarjima qilib berildi.
Yapon mehmonlarimiz o’z ta’surotlari bilan bo’lishib “Avval onangga, yana onannga, va yana onangga, so’ng otangga yaxshilik qil” mazmunidagi hadisdan ta’sirlanganlarini aytib o’tishdi.
Tadbir so’ngida ustozlar Tanovorga raqsga tushishni o’rganishdi. Har bir kelgan mehmonlarga go’zallik ramzi atirgullar sovg’a qilindi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

May 12, 14:34
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Kecha 11-may (5-oyning birinchi yakshanbasi) Yaponiyada 母の日ya’ni “Onalar kuni” nishonlandi.