
Muattar_cooking
🥟
Shorvali manti retsepti
Xamiri:
• 1 kosa suv
• 1 dona tuxum
• 1 osh qoshiq tuz
Masalliqlarni aralashtirib, qattiqroq xamir qoramiz. Xamirni 15–20 daqiqa tindirib olamiz. So‘ng lenta shaklida kesib, har bir bo‘lakni
15–17 gramm
qilib ajratamiz va yupqa qilib yoyamiz.
Nachinkasi:
• 500 gr qo‘y dumbasi
• 1 kg go‘sht
• 1,5 kg mayda to‘g‘ralgan piyoz
• ta’bga ko‘ra tuz
• 1 choy qoshiq qora murch
• 1 choy qoshiq zira
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiramiz.
Yoyilgan xamirga nachinkani solib, videoda ko‘rsatilgandek tugamiz. Tayyor
shorvali manti
larni qasqonga terib,
40 daqiqa
bug‘da pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
😋
Ehsonila bolsa yordam berilik kelinimlani yaqin ortoqlarini onalari ekan 17 chigacha pul yegilishi kerak ekan ozgina yetishmayapkan ekan qoliladan kelgancha ehson qililik qizlari yeglab tunu kun xarakat qilib pul yegvotdila ozgina yordam berilik
🤲🏻
5614681819581459
Sizni bizni yaratkan
Bulbul qilib sayratgan
Yakka yogona Alloh
La ilaha illalloh
Qolda Qur’onimiz bor
Dilda iymonimiz bor
Nonu qaymog’imiz bor
La ilaha illalloh
Kim oqisa Qur’onni
Gapirmasa yolg’onni
Yaxshi koradi Alloh
La ilaha illalloh
🌿
Emizikli onalar uchun xorda retsepti
Sutni ko‘paytirishga yordam beradigan mazali va to‘yimli xorda tayyorlaymiz.
🤍
Kerakli masalliqlar:
Bo‘lak suyak
Go‘sht
Qizil sabzi
Sariq sabzi
Sholg‘om
Kartoshka
Chesnok
Qizil va yashil bulg‘or qalampiri
Pomidor
Guruch
Kashnich
Tuz va ziravorlar (ta’bga ko‘ra)
Tayyorlanishi:
Avval suyakni suvga solib yaxshilab qaynatamiz.
Qaynab turgan suvga mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘ralgan qizil sabzi, sariq sabzi, sholg‘om, kartoshka, chesnok, go‘sht, qizil va yashil bulg‘or qalampiri hamda pomidorni bir vaqtda solamiz.
Sabzavot va go‘sht o‘z sharbatini chiqarib, yaxshilab pishguncha qaynatamiz.
So‘ng ozgina guruch solamiz.
Guruch pishgach, mayda to‘g‘ralgan kashnichni qo‘shib, olovni o‘chiramiz.
Xordani albatta qatiq qo‘shib iste’mol qilamiz.
🥟
Yoniga esa piyozi mo‘l qilib tayyorlangan piyozli somsa juda mos tushadi.