Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Мuborak tumani hokimligi | Rasmiy kanal

muborakinfo
Muborak tumani hokimligining rasmiy telegram kanali! Sayt: http://gov.uz/muborak Sahifalar: https://linktr.ee/muborak_info
Подписчики
3 161
24 часа
11
30 дней
-58
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
482
ER
15,25%
Посты (30д)
329
Символов в посте
825
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 27, 16:27
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ta’limda natija
Muborak tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-«A» sinf o‘quvchisi
Ulug‘bekov Asadbek Ulug‘bek o‘g‘li
2026–2027-o‘quv yilida asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichida ingliz tili fanidan
50 balldan 50 ball to‘plab, 100 foizlik natija bilan faxrli 1-o‘rinni
egalladi!
Shuningdek,
Asadbek
nafaqat fan olimpiadasida, balki xalqaro miqyosda e’tirof etiladigan
CEFR va SAT sertifikatlarini
qo’lga kiritib
,
o‘zining bilim va salohiyatini namoyon etib kelmoqda.
Ushbu yutuqlar ortida o‘quvchining tinimsiz izlanishi, maqsad sari intilishi, ota-onasining qo’llab-quvvatlovi hamda ingliz tili fani o‘qituvchisi Murtazayeva Nilufar Ismatovnaning fidokorona mehnati mujassamdir.

Telegram
|
Facebook
|
Instagram

October 27, 16:10
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida
ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства
принял участие
в торжественной церемонии открытия Президентской Олимпиады в Олимпийском городке.
#Mirziyoyev
#marosim
#sport
#PrezidentOlimpiadasi
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yaponiyada o‘tgan
XX yozgi Osiyo o‘yinlarida
O‘zbekiston terma jamoasi
21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza – jami 70 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
beshinchi o‘rinni
egalladi.
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev
dast ko‘tarishda 197 kilogramm natija qayd etib,
jahon rekordini yangiladi
.
Bokschi Abdumalik Halokov, yengil atletikachi Sharifa Davronova ikki karra, badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova esa uch karra chempion
bo‘ldi.
Dzyudochi Muzaffar To‘raboyev
finalda musobaqa mezboni vakilini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tkir Jo‘rayev sport gimnastikasining dastakli ot mashqida
yurtimizning Osiyo o‘yinlaridagi
ilk oltin medalini
olib keldi.
Prezidentimiz bunday natijalar
har qanday marraga erishish mumkinligiga ishonch
uyg‘otishini qayd etdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib,
chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini
ta’kidladi. Ilgari surilayotgan
“O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini
qayd etdi.
– O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!
– dedi Prezidentimiz. Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda butun xalqimiz sportchilarimiz bilan faxrlanishini ta’kidladi.
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida
kelasi yildan
Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.
Birinchi o‘rin sohiblariga
25 million,
ikkinchi o‘rin uchun
12 million,
uchinchi o‘rin uchun
6 million so‘m
beriladi.
Shuningdek,
olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

– Bugun
parasportchi o‘g‘il-qizlarimizning matonati va jasoratini
ham alohida e’tirof etmoqchiman,
– dedi Prezidentimiz.
Yaqinda yakunlangan
Paraosiyo o‘yinlarida ular 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza – jami 145 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
uchinchi o‘rinni
egalladi.
Pauerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva
oltin medal bilan birga jahon rekordini ham o‘rnatdi.
Lolaxon Qodirova suzishda, Madina Muxtorova va Karomat Omonova yadro uloqtirishda, Shahina Yigitaliyeva nayza uloqtirishda, Navro‘za Ahmadova esa disk uloqtirishda
Osiyo rekordlarini yangiladi.
Yegor Bolotov to‘rtta, Xurshid Qodirov uchta oltin medal
qo‘lga kiritdi.
Asila Mirzayorova
uzunlikka sakrash bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangilab,
ikkinchi marta Osiyoda tengsiz ekanini
namoyon etdi.
Asila Mirzayorova Osiyo paralimpiya qo‘mitasining 2026-2030-yillar uchun sportchilar qo‘mitasi a’zosi
etib saylandi. Prezidentimiz buni
o‘zbek sportiga xalqaro e’tirof namunasi
sifatida baholadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Olimpiadasi dasturidagi
sport turlari soni 35 taga
yetkaziladi. Yosh toifasi ham kengaytirilib, musobaqa
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar
o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har yili
olimpiada g‘oliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga
yuboriladi. Kelasi yildan
g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish
boshlanadi. O‘z yo‘nalishida
eng yaxshi natijaga erishgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi.
Shu orqali yosh sportchilar chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, yangi g‘alabalarga intiladi.
Prezidentimiz yoshlarni
ochilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlanish, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirishga
chaqirdi:
“Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi do‘st bo‘ling”.
Shundan so‘ng 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini
ochiq deb e’lon qildi.
– Olg‘a, Yangi O‘zbekiston! Olg‘a, O‘zbekiston yoshlari! Olg‘a, o‘zbek xalqi!
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz musobaqa mezboni – Nagoya meri Ichiro Xirosava
sportchilarimizning halol kurashi, raqiblarga hurmati, maydon tashqarisidagi odobi va namunaviy xulqini alohida e’tirof qilganini
qayd etdi. Bu baho xalqimizga xos fazilatlarning xalqaro maydonda ham namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbari
farzandlarining orzusiga ishonib, doimo yonida turgan ota-onalarga
minnatdorlik bildirdi.
– Yangi O‘zbekiston
dunyoning nufuzli musobaqalari o‘tkaziladigan xalqaro sport markaziga
aylanib bormoqda,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda
jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin yirik musobaqa
tashkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida mamlakatimiz
Ozarbayjon bilan birga ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga
mezbonlik qiladi.
Prezidentimiz bunday musobaqalarni o‘tkazish
katta sharaf va mas’uliyat ekanini
ta’kidladi. Ular yosh sportchilarimizga
dunyoning eng kuchli raqiblari bilan bellashish va o‘z oldiga yanada yuksak maqsadlar qo‘yish
imkonini beradi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda
ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizim
yaratilganini ta’kidladi.
– Bu ishlarning zamirida
farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalashga bo‘lgan intilishimiz
mujassam
,
– dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan o‘n yilda sportchilarimiz yirik xalqaro musobaqalarda
5 ming 518 ta medalni
qo‘lga kiritdi. Shundan
1 ming 675 tasi oltin medal
bo‘lib, bu
avvalgi o‘n yillikka nisbatan uch karra ko‘pdir.
Medallarning
uchdan biri sportchi qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan
Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimizning ikkinchi bor g‘olib bo‘lishi
ham mamlakatimiz shaxmati tarixida alohida sahifa ochdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan
Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida
ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari
sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini
musobaqa boshlanishi bilan tabrikladi.
Bu yilgi bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan
3,5 mingdan ziyod yosh olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi 26 ta sport turi bo‘yicha
kuch sinashadi. Ularga
1,5 ming murabbiy
hamrohlik qilmoqda.
– Har biringiz bu maydonga
o‘z orzuingiz, o‘z maqsadingiz, eng asosiysi, g‘alabaga bo‘lgan katta ishonchingiz
bilan kelgansiz,
– dedi Prezidentimiz sportchi o‘g‘il-qizlarga murojaat qilib.
Bugun bellashayotgan yoshlar orasidan
ertaga dunyoni hayratga soladigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga
ishonch bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:10
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Muborak tumanida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Muborak tuman texnikumida "Zulfiya"
nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi yuqori surʼatda tashkil etildi.
Tuman hokimining o‘rinbosari Nigora Jonuzoqova iste’dodli qizlarni tanlash va ularning iqtidorini ro'yobga chiqarishda, ijodkor, san’atsevar, olima, oqila, shoira, sportchi qizlar safi yanada kengayib borishida mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Xususan, tanlov ishtirokchilari
adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport
va
jamoatchilik yo‘nalishlarida
o‘z imkoniyatlarini namoyon etdi.
Yakunda tanlov komissiyasi a’zolari viloyat komissiyasiga eng munosib nomzodlar ro‘yxatini tavsiya etadi.

Telegram
|
Facebook
|
Instagram