
Muhammadali
Deylik, 2-3 hafta avval soʻrasangiz, Klasikoda "Barsa" favorit degan boʻlardim. 2-3 kun oldin esa fikrim oʻzgardi — 50 ga 50 yoki 1 foiz ustunlik "Real" tomonda. Sababi: "Barsa" tarkibidagi yoʻqotishlar va PSJdan uchralgan magʻlubiyat fonida o'yinini ancha yaxshilab olgan "Real". Ammo bugun Kurtua o'ynamasligidan kelib chiqsak, yana kataloniyaliklarda imkoniyat oshgandek.
Nima boʻlganda ham, Klasikogacha intrigani cho'qqiga olib chiqqan ikki jamoa oʻyinini albatta tomosha qilish kerak. Uchrashuv esa
📺
Setanta Sport Football Youtube
kanalida olib beriladi. Ustoz
Xayrulla aka
bilan birga sharhlaymiz!
Havola
:
youtube.com/live/FwqDwhR9ePI
Muhammadali
Tibo Kurtua klassikoda ishtirok etadimi yoki yo’q?
Real Madridning rasmiy bayonotiga The Athletic nashridan qo’shimcha.
🔗
www.instagram.com/reel/De61KenMW2t/
✅
@vamosfarrukh
EL-KLASIKO. KIM G'ALABA QOZONADI?
Bizni El-klasiko kutib turibdi, uchrashuv oldidan ikki jamoani hozirgi holati hamda ehtimoliy natija haqida gaplashdik. Albatta maroqli tomoshada soʻng sahifamizga obuna boʻlib qoʻying!
📱
Podkastni tomosha qiling:
https://youtu.be/vvi1RGrqV2g
Istanbuldagi Ispaniya superkubogi oʻyinlarini koʻrishga biz bilan borish uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:
🌐
@CostaTravel_admin
🌐
@msektor_uz
📞
88 030 0808
📞
95 179 9955
Hammasi futbol haqida —
@markaziysektor
🔥
APL shanba kungi dasturini super to'qnashuv ochib beradi: "Aston Villa" – "Manchester Siti"! Uchrashuv oldidan eng qiziq fakt shuki, "Villa Park" stadioni so'nggi yillarda "shaharliklar" uchun eng noqulay va qo'rqinchli safarga aylanib ulgurgan. Tasavvur…
🔥
APL shanba kungi dasturini super to'qnashuv ochib beradi: "Aston Villa" – "Manchester Siti"!
Uchrashuv oldidan eng qiziq fakt shuki, "Villa Park" stadioni so'nggi yillarda "shaharliklar" uchun eng noqulay va qo'rqinchli safarga aylanib ulgurgan. Tasavvur qiling, "Siti" bu stadionda 2021-yildan beri g'alaba qozona olmayapti (3 ta mag'lubiyat, 1 ta durang). O'tgan mavsumda esa Unai Emeri jamoasi "Siti"ni ikkala o'yinda ham taslim etgandi (uyda 1:0, safarda 2:1).
🏴
"Aston Villa": Krizisdan chiqish va yangi yulduz
Birmingemliklar mavsumni omadsiz boshlagan bo'lsa-da, sekin-asta o'ziga kelmoqda (so'nggi 3 turda 7 ochko). O'tgan turda ular safarda "Nyukasl"ni 1:0 hisobida yengishdi. O'yin qahramoni — yozda aynan "Nyukasl"ning qo'lidan ilib ketilgan, klub tarixidagi eng qimmat (50 mln funtdan qimmatroq) xarid Yoxan Manzambi bo'ldi. 21 yoshli shveysariyalik iqtidor "Fenerbaxche" (6:0) darvozasiga ham gol urishga ulgurgandi.
Unai Emeri jamoaning hozirgi holati haqida shunday dedi:
"Bu qiyin o'yin bo'ldi, ammo mavsumni omadsiz boshlaganimizdan so'ng g'alaba qozonish juda muhim edi. Shu bilan birga, biz o'zimiz uchun yuqori mezon o'rnatdik."
🏴
"Manchester Siti": Mareskaning tarixiy rekordi
Enso Mareska boshqaruvidagi "Siti" esa APLda yuz foizlik natija bilan (7 o'yinda 7 g'alaba) peshqadamlik qilmoqda. Mareska APL tarixida bitta klub boshqaruvida o'zining dastlabki 7 o'yinida faqat g'alaba qozongan ilk murabbiyga aylandi. O'tgan turda ular "Ipsvich" (3:2) qarshiligini Fodenning goli va Holandning dubli evaziga qiyinchilik bilan sindirishdi (Mark Gehi sababli belgilangan penaltidan so'ng oxirgi 12 daqiqa ancha asabiy o'tdi).
Oxirgi uchrashuvlarda murabbiyning Husanovga ishonchi ko'payib borayotgandek, demak, bugun ham uni asosiy tarkibda yoki ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilishini kutish uchun asos bor.
Mareskaning ideal seriyasi bugun "Villa Park"da yakun topadimi yoki "Siti" o'zi uchun noqulay bo'lgan an'anaga barham beradimi? Ikkala jamoaning ham hujumkorligini inobatga olsak, bugun gollarga boy o'yin ko'rishimiz aniq!
Ushbu uchrashuvni bugun soat 16:30 da doimgidek
📺
Setanta Sports 1
telekanalida birgalikda kuzatamiz!
Muhammadali
CHL FAVORITI QAYSI? MOURINYO ENRIKEDAN O'RGANDI
Chempionlar ligasi podkastining navbatdagi soni. Bugun podkastimizda hafta o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinlar natijalariga to'xtaldik. Albatta maroqli tomoshada so'ng sahifamizga obuna bo'lib qo'ying!
📱
Podkastni tomosha qiling:
https://youtu.be/ygZqnYNThX8
Istanbuldagi Ispaniya superkubogi oʻyinlarini koʻrishga biz bilan borish uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:
🌐
@CostaTravel_admin
🌐
@msektor_uz
📞
88 030 0808
📞
95 179 9955
Hammasi futbol haqida —
@markaziysektor