
Mustaslihun
Maqsadimiz ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo islomga intilishdir.
©️
mualliflik huquqiga amal qilsangiz xursand bo'lardim
〽️
Anonim savol uchun link.
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=5c26f3d4acf546
– Odam: qochib tur! sajda qivole
–mushuk: o'zing qoch bu meni joyim
🙂↔️
😅
Juma muborak
✨
@mustaslihun
#intizom
#darsdan_parcha
Intizom – musulmonning ziynati
Islom bizga intizomli bo‘lishni o‘rgatadi. Namozni o‘z vaqtida o‘qish, ro‘zaning belgilangan kunda boshlanib tugashi – barchasi intizomning eng go‘zal namunasidir.
Qur’onda shunday deyiladi
:
“Albatta, namoz mo‘minlarga vaqtida farz qilingan ibodatdir.”
(Niso surasi, 103-oyat)
🔑
Intizomning foydalari:
●Iymonni mustahkamlaydi.
●Vaqtni qadrlashni o‘rgatadi.
●Nafsimizni tarbiya qiladi.
●Hayotni tartibli qiladi.
Rasululloh ﷺ aytdilar:
“Alloh taologa eng mahbub amal – oz bo‘lsa ham doimiy qilingani.”
(Buxoriy, Muslim)
●
Demak, intizom – faqat dunyo uchun emas, oxiratimiz uchun uchun ham zarur.
@mustaslihun
Robbim seni juda yaxshi ko'radi, ortiqcha o'ylashni bas qil...
Qalbingni xotirjam qil...
Allohga ishonaver...
Alloh senga yaxshisini beradi...
@mustaslihun
Insonning oʻtmishda qilgan har qanday xatosini kechirsa boʻladi, agar hozirgi kunida oʻsha xatoni takrorlamaslik uchun qoʻlidan kelgan hamma narsani qilayotgan boʻlsa.
@mustaslihun
https://youtu.be/aye8x7_2qJU?si=e-S-b8K8kftJrcg6
https://youtu.be/aye8x7_2qJU?si=e-S-b8K8kftJrcg6
https://youtu.be/aye8x7_2qJU?si=e-S-b8K8kftJrcg6
Kuz...
🍁
🍂
Bu mahzun kuz men uchun nimalar tayyorlab qo'yganini bilmadim-kuya, lekin o'sha-o'sha bulut, o'sha-o'sha yomg'ir, o'sha-o'sha joylar... hammasi o'z o'rnida bo'lgani go'zal.
@mustaslihun
#sabotul_ojizin
#erlik
Emas erning nishoni rishu* olat,*
Nishoni – himmatu g'ayratu holat.
Erkaklik nishonasi faqat soqol va erlik a'zosi emas! Balki uning nishonasi – himmat, g'ayrat va oliyjanoblikdir. Ya'ni, mart, valiy zot chin erkakdir.
Bunday eranlar – erishgan, yuksak darajadagi avliyolar asosan uch narsa bilan —
himmat, g'ayrat va uzlat bilan shu maqomga erishib hol topganlar.
@mustaslihun