Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

СОҒЛОМ БОЛА - БАХТЛИ ОНА

nafi3005m15
Канал асосчиси: Канал ссилкаси https://t.me/+Bc2yfo0g9rswYjY6 👩‍⚕ ПЕДИАТР ОИЛАВИЙ ШИФОКОР Нафиса Нуруллаевна Консултатция учун: @nafisnuur_menedjer Инстаграм саҳифамизга обуна бўлинг: https://instagram.com/nafisnuur?utm_me
Подписчики
10 200
24 часа
30 дней
100
Просмотры
1 675
ER
17,16%
Посты (30д)
55
Символов в посте
546
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о здоровье
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
February 28, 17:54

🩺
ORGANIZMNI TO‘LIQ TEKSHIRUV RO‘YXATI
Sog‘lig‘ingizni nazorat qilish uchun minimal tavsiya etiladigan analiz va UZI tekshiruvlari:

🩸
QON TAHLILLARI
▫️
Umumiy qon tahlili (OAK)
▫️
Glyukoza (qondagi shakar)
▫️
Zardob temiri
▫️
Ferritin
▫️
S-reaktiv oqsil (CRP)

🧪
BUYRAK SINAMALARI
▫️
Umumiy oqsil
▫️
Mochevina
▫️
Kreatinin
▫️
Albumin

🫀
LIPID SPEKTR
▫️
Umumiy xolesterin
(Imkon bo‘lsa: LDL, HDL, Triglitseridlar)

🧬
GORMONLAR
▫️
TTG
▫️
T4, T3 erkin
▫️
Insulin
▫️
Kortizol
🔹
Holatga qarab:
▫️
T3 erkin
▫️
T4 umumiy

💊
VITAMINLAR
▫️
Vitamin D
▫️
Vitamin B12
▫️
Vitamin B9 (Folat kislotasi)

🧲
MINERALLAR
▫️
Magniy
▫️
Kalsiy
▫️
Sink

🫁
JIGAR SINAMALARI
▫️
AST
▫️
ALT
▫️
Umumiy bilirubin

🔬
QO‘SHIMCHA
▫️
Koprologiya (najas tahlili)
▫️
Siydik umumiy tahlili

🖥
UZI TEKSHIRUVLARI
▫️
Qalqonsimon bez
▫️
Sut bezlari
▫️
Jigar
▫️
O‘t qopi
▫️
Oshqozon osti bezi
▫️
Buyraklar
▫️
Kichik chanoq a’zolari

February 27, 05:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Muhim ogohlantirish
O‘zboshimchalik bilan yod preparatlari ichish mumkin emas.
Ortiqcha yod ham qalqonsimon bezga zarar yetkazishi mumkin.
Agar:
• bola tez charchasa
• darslarni o‘zlashtirishi pasaysa
• bo‘y o‘sishi sust bo‘lsa
albatta
endokrinolog ko‘rigidan o‘ting
va TSH, T3, T4 analiz topshiring.

February 27, 05:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🤰
Homiladorlik davrida yod yetishmasligi
Agar homilador ayolda yod yetishmasa:
• Bola miyasi to‘liq rivojlanmaydi
• Aqliy rivojlanish muammolari paydo bo‘lishi mumkin
• Homila o‘sishi ortda qoladi
Shuning uchun homiladorlikda yod juda muhim.
🧂
Yod qayerdan olinadi?
• Yodlangan tuz
• Dengiz mahsulotlari
• Baliq
• Dengiz karam
• Sut va tuxum
⚠️
Muhim: tuzni pishirish oxirida qo‘shish kerak, aks holda yod uchib ketadi.

February 27, 04:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👶
Bolalarda yod yetishmasligi nimaga olib keladi?
Bolalar organizmi yodga ayniqsa muhtoj. Chunki u:
• Miya rivojlanishi
• Aqliy salohiyat
• Bo‘y o‘sishi
• Asab tizimi shakllanishi
uchun juda muhim.
⚠️
Yod yetishmasa bolalarda:
• Aqliy rivojlanish sekinlashadi
• Xotira va o‘qish qobiliyati pasayadi
• Diqqat jamlash qiyinlashadi
• Bo‘y o‘sishi ortda qoladi
• Nutq rivoji kechikadi
• Tez charchaydi
• Sovuqqa sezgir bo‘ladi
• Qalqonsimon bez kattalashishi mumkin
Og‘ir holatlarda esa tug‘ma aqliy zaiflik xavfi paydo bo‘ladi.

February 27, 04:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yod — bu qalqonsimon bez uchun eng muhim mikroelement. U
gormonlar (T3, T4)
ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Bu gormonlar esa modda almashinuvi, o‘sish, miya rivoji va energiya uchun javob beradi.
Agar organizmda yod yetishmasa, butun tana tizimi sekinlashadi.
🔎
Kattalarda yod yetishmasligi belgilari:
• Doimiy holsizlik, tez charchash
• Uyquchanlik, lanjlik
• Sovuqqa chidamsizlik
• Vazn ortishi (ovqat ko‘p yemasa ham)
• Soch to‘kilishi, tirnoqlar sinuvchanligi
• Teri qurishi
• Xotira va diqqat pasayishi
• Kayfiyat tushkunligi
• Bo‘yinda kattalashish (zob – qalqonsimon bez kattalashishi)

February 26, 05:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚠️
Qachon xavotirli?
Agar quyidagilar bo‘lsa, pediatrga murojaat qilish kerak:
• Bola o‘z vaqtida o‘tirish, emaklash, yurishni kech boshlasa
• Mushaklar juda bo‘sh (tibbiy til bilan aytganda “гипотония”)
• Vazn ortmayotgan bo‘lsa
• Doimiy holsizlik
Sabablari nimalar bo‘lishi mumkin?
• Oqsil yetishmovchiligi
• Kam harakat
• Vitamin D yetishmasligi
• Temir tanqisligi
• Ba’zi tug‘ma yoki nevrologik holatlar
Ko‘pchilik bolalarda bu muammo:
• To‘g‘ri ovqatlanish
• Yetarli oqsil
• Harakatli o‘yin
• Quyosh nuri
• Shifokor nazorati
bilan to‘g‘rilanadi.

February 26, 04:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👶
Bolada mushak massasi kam bo‘lsa nima kuzatiladi?
1️⃣
Jismoniy rivojlanish sustlashadi
• Bola tez charchaydi
• Yugurishda yoki sakrashda qiynaladi
• Tengqurlari bilan bir xil faol harakat qila olmaydi
2️⃣
Mushak kuchsizligi
• Og‘irroq narsani ko‘tara olmaydi
• Ko‘p yiqiladi
• Tana “bo‘sh” ko‘rinadi
3️⃣
Qomat buzilishi
• Yelkalar tushib turishi
• Umurtqa qiyshayishi
4️⃣
Immunitet pasayishi
Mushak to‘qimasi organizmning umumiy kuch-quvvatiga bog‘liq. Oqsil yetishmovchiligi bo‘lsa, bola tez-tez kasal bo‘lishi mumkin.

February 26, 04:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2️⃣
Tug‘ilgandan keyin
🍼
0–6 oy:
• Ona suti – eng yaxshi “mushak quruvchi” oziqa
• Bola qo‘l-oyoqlarini erkin qimirlatishi uchun sharoit yaratish
🤸
6 oydan keyin:
• Emaklash (bu juda muhim!)
• Yerda o‘ynash
• Harakatni cheklamaslik
3️⃣
1 yoshdan keyin:
• Ko‘proq ochiq havoda o‘yin
• Yugurish, sakrash
• Velosiped, suzish
Sportni majburlab emas, o‘yin shaklida.

February 26, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👶
Chaqaloqlikdan mushak massani qanday to‘g‘ri rivojlantirish kerak?
Mushakni “sun’iy kattalashtirish” emas, balki
tabiiy rivojlantirish
muhim.
1️⃣
Ona qornidan boshlanadi
• Onaning to‘g‘ri ovqatlanishi (oqsil, temir, D vitamini, yod)
• Yetarli oqsil (tuxum, go‘sht, baliq, dukkaklilar)
• Foliy kislota va boshqa vitaminlar

February 26, 04:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💪
Mushak massa nima?
Mushak massa
— bu tanadagi barcha mushak to‘qimalarining umumiy hajmi va og‘irligi. Ya’ni, biz harakat qilganimizda ishlaydigan mushaklar (qo‘l, oyoq, qorin, orqa va boshqalar) yig‘indisi.
Oddiy qilib aytganda:
👉
Mushak massa — bu tananing “kuchi va tayanchi”.
🧠
Mushak massaning inson tanasi uchun ahamiyati
1.
Harakat va kuch
Yurish, yugurish, o‘tirish, ko‘tarish – barchasi mushaklar orqali amalga oshadi.
2.
Sog‘lom qomat (osanka)
Kuchli mushaklar umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri ushlab turadi.
3.
Modda almashinuvi tezligi
Mushak ko‘p bo‘lsa, organizm ko‘proq kaloriya sarflaydi.
Bu semirishning oldini olishga yordam beradi.
4.
Suyaklarni mustahkamlash
Mushaklar suyaklarga “signal” beradi va suyak zichligini saqlaydi.
5.
Immunitet va umumiy sog‘liq
Yetarli mushak massasi bo‘lgan odamlarda kuch-quvvat, chidamlilik yaxshiroq bo‘ladi.
6.
Homiladorlik va tug‘ruqda ham muhim
Onaning mushaklari kuchli bo‘lsa, organizm yuklamani osonroq ko‘taradi.