Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Namangan viloyati soliq boşqarmasi

namangansoliq
Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞 (69) 227 91 96 📞 (69) 227 95 51 @NAMANGANSOLIQ
Подписчики
18 174
24 часа
-9
30 дней
-284
Просмотры
277
ER
1,52%
Посты (30д)
192
Символов в посте
617
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 26, 10:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#eʻlon
#sayyor_qabul
Hurmatli tadbirkorlar!
✅
Muammolarga birgalikda yechim topamiz!
🔔
Uchqo’rg’on tumanida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish hamda mavjud to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida
SAYYOR QABUL
o‘tkaziladi
.
🗓
Sana:
27-oktabr 11:00
📍
Manzil:
Uchqo’rg’on tumani hokimligi
👉
👉
Telegram

October 26, 09:15
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#mol_mulk_soligʻi
#yer_soligʻi
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi hamda
my.soliq.uz
sayti orqali ham to‘lashi mumkin.
__
_
#налог_на_имущество
#земельный_налог
Физические лица могут уплатить налоги на имущество и землю как в мобильном приложении Soliq, так и через сайт
my.soliq.uz
.
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads

October 26, 05:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#savol_javob
🟠
Savol:
Soliq mobil ilovasida maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish mumkinmi?
🟢
Javob
:
- Ha mumkin. Buning uchun ilovaning
📲
“Sozlamalar”
bo‘limidan
📱
"Raqamni almashtirish"
menyusi tanlanadi. Soʻngra yangi raqam kiritilib,
👤
FACE ID
orqali oʻzgarish tasdiqlanadi.
👉
👉
Telegram

October 26, 04:40
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#soliq_qarzi
Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar
toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.

October 26, 04:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📸
KUN FOTOSI
Hunar — daromadga, bandlik — kelajakka ishonchga yo‘l
Yoshlarning faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, soliq masalalarida maslahat berish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — soliq xodimlarining muhim vazifalaridan.
Zero, o‘z mehnati bilan daromad topayotgan yosh — oilasiga tayanch.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

October 25, 07:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#mahallabay
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi
👉
VMQ-548 9.10.2026-yil.
Unga ko‘ra, mahallalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda baholanadi.
Har bir ko‘rsatkichga belgilangan vazn koeffitsiyentlari asosida ball beriladi. Umumiy natijaga ko‘ra,
90 balldan yuqori natija qayd etgan mahallalar eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar deb topiladi.
Mahallalar o‘z ballari va reytingdagi o‘rnini
“Raqamli mahalla”
platformasi orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
Baholash
har yili yanvar oyida
o‘tkaziladi. G‘olib mahallalar ro‘yxati
1-fevralga qadar
shakllantirilib,
10-fevralga qadar
Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

October 25, 02:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#bayram_muborak
Tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati beqiyos
Oydin Esonaliyeva - Namangan viloyati Soliq boshqarmasi Axborot xizmati mutaxassisi
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 24, 11:39
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

HAMKORLIK VA EHTIROM — XIZMATDAGI HAMJIHATLIK IFODASI
25-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirlari doirasida xizmat burchiga sadoqat, kasbiy masʼuliyat va idoralararo hamkorlikni eʼtirof etishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirildi.
Soliq qoʻmitasi Raisi Farrux Pulatovning taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan, ichki ishlar organlarining 11 nafar rahbar va xodimi munosib taqdirlandi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tantanali tadbirda ularga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar topshirildi.
Bunday eʼtiroflar davlat idoralari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik, ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, jamiyat osoyishtaligi va xalq farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning xizmatlarini qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, davlat xizmatidagi hamkorlikning qudrati — umumiy maqsad, oʻzaro ishonch va xalq manfaati yoʻlidagi birdamlikdadir.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

October 23, 12:36
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#maʻnaviyat_maʻrifat_soati
BILIM — SAMARADORLIK VA ISLOHOTLAR POYDEVORI
Bugun Soliq qoʻmitasida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, soliq qonunchiligidagi yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida navbatdagi
“Iqtisodiy oʻqish”
tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligi departamenti hamda Resurs soliqlari maʼmuriyatchiligi boshqarmasi masʼullari tomonidan ikki muhim yoʻnalishda taqdimotlar oʻtkazildi.
🔹
Qishloq xoʻjaligida QQSning “nol” stavkasini qoʻllash.
Prezidentning 2025-yil 4-sentyabrdagi PF-153-son Farmoni asosida joriy etilgan tartib, imtiyozlardan foydalanish shartlari va QQSning salbiy farq summasini uch kun ichida avtomatlashtirilgan tarzda qoplash mexanizmlari tushuntirildi.
🔹
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Soliq bazasi, 2026-yil uchun belgilangan stavkalar, koeffitsiyentlar, hisobot va toʻlov muddatlari, shuningdek, 2027-yildan kutilayotgan oʻzgarishlar muhokama qilindi.
Bunday tadbirlar nafaqat xodimlarning bilimlarini mustahkamlash, balki qonunchilik normalarini yagona yondashuv asosida qoʻllash, soliq toʻlovchilar uchun qulayliklar yaratish va maʼmuriyatchilik samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Zero, bilimli kadrlar — samarali islohotlar, samarali islohotlar esa taraqqiyot garovidir!
“Iqtisodiy oʻqish” tadbirlari soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirish va tizim faoliyatini takomillashtirish maqsadida izchil davom ettiriladi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

October 23, 09:50
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Yoşlar bandligini taʼminlaş — eʼtibor markazida
Yoşlarning hayotda öz örnini topişi, kasb-hunar egallaşi va barqaror daromad manbaiga ega bölişi ularning kelajagi bilan birga, jamiyat taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois, bitiruvçi yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularning qobiliyati va qiziqişlariga mos iş örinlarini topiş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Gulşan mahallasidagi bitiruvçi işsiz yoşlarning xonadonlariga taşrif buyurilib, ularning bandlik holati örganildi. Uşbu jarayonda viloyat Infinbank boşliği Ravşanbek Abdullayev, soliq inspektori Bahodir Nasirov hamda mahalla yoşlar yetakçisi Oybek Yusupov iştirok etdi.
Xonadonbay örganişlar davomida yoşlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni iş bilan taʼminlaş, kasb-hunarga yönaltiriş hamda daromad manbalarini şakllantiriş böyiça zarur çoralar belgilandi.