Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

РУҲИЙ САЛОМАТЛИК ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТИББИЁТ МАРКАЗИ

narcocenter_uz
РСНПМ центр психического здоровья https://mentalhealthcenter.uz/ https://www.facebook.com/mentalhealthcenter.uz Телефон: 71-200-02-88 Мурожаат учун @ControlPress
Подписчики
3 953
24 часа
-7
30 дней
-57
Просмотры
433
ER
10,95%
Посты (30д)
96
Символов в посте
1 240
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 26, 08:45
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🧠
RUHIY KASALLIKLAR SHIFOXONASI: BEMORLAR, STIGMA VA HAQIQATLAR
Jamiyatimizda ruhiy salomatlik haqida gapirish nega hanuz qiyin? Ruhiy kasalliklarga chalingan insonlar qanday muammolarga duch keladi?
🎥
«Nilufar Umrzqova bilan» mualliflik loyihasining navbatdagi sonida Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi faoliyati, bemorlar hayoti va jamiyatdagi stereotiplar haqida so‘z
boradi.
🔗
https://www.youtube.com/watch?v=2OLKPqEaims
©
Web-sayt
|
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
™️
Facebook
|
📺
You tube

October 26, 06:27
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Xorazm
🏆
Haftani yaxshi xabar bilan boshlaymiz!
⚽️
Xorazm
filiali — sport musobaqalarining sovrindori!
“Sog‘liqni saqlash vaziri va kasaba uyushmasi raisi kubogi — 2026” sport musobaqalarining viloyat bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Quvonarlisi,
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Narkologiya xizmati bo‘yicha Xorazm viloyati filiali jamoasi
musobaqalarda munosib natijalarni qayd etdi:
🥉
Futbol — faxrli 3-o‘rin;
🥈
Shashka va shaxmat — faxrli 2-o‘rin.
«Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot»
shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalar soha xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
👏
Filial jamoasini erishilgan
natijalar bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda yangi marralar, yangi g‘alabalar va respublika bosqichi
turibdi.
🏆
Respublika bosqichida ham omad va zafarlar yor bo‘lsin!
©
Web-sayt
|
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
™️
Facebook
|
📺
You tube

October 25, 07:59
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📢
УВАЖАЕМЫЕ КОЛЛЕГИ! ПРИГЛАШАЕМ ПРИНЯТЬ УЧАСТИЕ В ОПРОСЕ!
🧠
Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр психического здоровья проводит опрос врачей по вопросам применения транскраниальной магнитной стимуляции (ТМС) в клинической практике.
👥
Целевая аудитория: врачи-психиатры, психотерапевты, наркологи, заинтересованные в применении методов нейромодуляции.
🎯
Цель опроса — изучение опыта применения ТМС, оценка уровня подготовки специалистов, выявление существующих трудностей и потребностей в дополнительном обучении.
📅
Срок проведения опроса — до 31 октября 2026 года включительно.
📋
Результаты опроса помогут определить приоритетные направления образовательных программ и дальнейшего внедрения современных методов нейромодуляции в клиническую практику.
🔗
Пройти опрос:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeecDsSyt_9FDhaNmcXeg-J9m5ufwCoowX3mbCP8KjU-qmANQ/viewform?usp=publish-editor
🤝
Ваше мнение важно для совершенствования психиатрической и наркологической помощи!
Благодарим за участие и сотрудничество!
©
Web-sayt
|
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
™️
Facebook
|
📺
You tube

October 24, 05:40
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Подготовка к WPA Regional Congress 2027: международная встреча по аддиктологии
⏺
23 октября 2026 года
состоялась международная онлайн-встреча.
💡
В мероприятии приняли участие международные эксперты в области аддиктологии:
• Хамед Эхтиари — США;
• Хусейн Эльхоли — Великобритания / Египет;
• Рошан Бхад — Индия;
• Кристиан Шютц — Канада.
Основной темой обсуждения стала подготовка двухдневной научной программы по аддиктологии в рамках Регионального конгресса Всемирной психиатрической ассоциации (WPA), который состоится 24–27 июня 2027 года в Ташкенте.
⚡️
В ходе встречи участники
рассмотрели тематику пленарных заседаний, научных секций и мастер-классов, вопросы привлечения международных докладчиков, а также возможность проведения предконгрессного курса по психофармакотерапии
зависимостей.
Проведённая встреча стала важным этапом в укреплении международного научного сотрудничества и подготовке предстоящего конгресса.
©
Web-sayt
|
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
™️
Facebook
|
📺
You tube

October 23, 16:27
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Jizzax
Jizzaxda o'rganishlar davom etmoqda
✅
Jizzax viloyatida
Bosh prokurorning birinchi o'rinbosari B. Valiyev raisligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Jizzax viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini samarali ta'minlash, tizimdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish
o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o'rinbosari B.Valiyev raisligida o'tgan tadbirda mas'ul idora va vazirliklarning vakillari ishtirok etdilar:
Milliy gvardiya qo‘mondoniniing birinchi o‘rinbosari A.R.Sarmonqulov;
Sog'liqni saqlash vazirligining ma'sul xodimlari A.To'xtaqulov va U.Usmonovlar.
✨
Muhokamalar davomida
mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, ijtimoiy-psixologik muhitni sog'lomlashtirish hamda mutasaddi idoralar o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish
masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tadbir yakunida aholi sog'lig'ini saqlash, profilaktika ishlari va soha rivojiga munosib hissa qo'shgan bir guruh alohida o'rnak ko'rsatgan tibbiyot xodimlari tantanali ravishda mukofotlandilar.
©
Web-sayt
|
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
™️
Facebook
|
📺
You tube

October 23, 05:49
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Qoraqalpogʻiston
QORAQALPOG‘ISTONDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
✅
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining
Narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali narkolog shifokori A. Jalilov ishtirokida Nukus shahridagi temir yo‘l vokzalida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri
tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyat hayotiga ta’siri, shuningdek, zararli odatlarning oldini olish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
©
Web-sayt
|
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
™️
Facebook
|
📺
You tube

October 22, 16:01
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Jizzax
Jizzax viloyatida o'rganishlar davom etmoqda
🔺
Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabining ishchi guruhi, sog'likni saqlash vazirligi ma’sullar A.Y.Tuxtakulov, U.M.Usmonovlar tomonidan Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari
davom ettirilmoqda.
O‘rganishlarning asosiy yo‘nalishlari
Joylardagi o‘rganishlar davomida tumanlarda faoliyat yuritayotgan shtablar ishini tashkil etish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda ijtimoiy profilaktika haftaligini samarali o‘tkazish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔺
Shuningdek,
ijtimoiy muammolari mavjud va jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash, ularni profilaktik hisobga olish, muqaddam sudlangan va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish
holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish — muhim vazifa
O‘rganishlar doirasida og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar, shuningdek, muammolarga duch kelayotgan yoshlarning holatini o‘rganish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar tashkil etilganligi ko‘rib chiqildi.
✅
O‘rganishlar davomida
aniqlangan masalalar yuzasidan qarorlar ijrosiga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar
berildi. Belgilangan vazifalarni
o‘z vaqtida va sifatli bajarish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, profilaktik ishlarning samaradorligini oshirish hamda mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish zarurligi
ta’kidlandi.
O‘rganishlardan asosiy maqsad — mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatchilikni barvaqt jilovlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish va aholi osoyishtaligini mustahkamlashdan iborat.
©
Web-sayt
|
✈️
Telegram
|
🌐
Instagram
|
™️
Facebook
|
📺
You tube

October 22, 08:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 22, 06:12

Педагог ва ўқувчилар бир ўқув йилида камида бир маротаба психологик диагностикадан ўтказилади
❗️
“Узлуксиз таълим тизимида психологик хизмат соҳасини илмий асосда ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (
ПҚ–379-сон, 19.10.2026 й.
) қабул қилинди.
🔰
Қарорга кўра, барча таълим ташкилотларининг педагог (тарбиячи) ва ўқувчилари (тарбияланувчилари, талабалари)
бир ўқув йилида камида бир маротаба мақсадли психологик диагностикадан ўтказилади
.
Бунда ушбу тизим:
🔹
биринчи босқичда —
2026/2027 ўқув йилидан
бошлаб мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотларида;
🔹
иккинчи босқичда —
2027/2028 ўқув йилидан
бошлаб ўрта махсус, касбий ва олий таълим ташкилотларида жорий этилади.
📝
Психологик диагностика қуйидаги тартибда ташкил этилади:
➖
диагностика Психология илмий-тадқиқот институти томонидан
махсус электрон платформада
юритилади, шахсга доир маълумотлар ва диагностика натижасида маълум бўлган маълумотларнинг
сир сақланиши таъминланади
;
➖
натижалар сунъий интеллект технологиялари орқали таҳлил қилиниб, педагог ва ўқувчилар
“психологик барқарор”
,
“психологик қўллаб-қувватлашга муҳтож”
ва
“фаол психологик қўллаб-қувватлаш зарур”
гуруҳларига ажратилади;
➖
“психологик қўллаб-қувватлашга муҳтож” гуруҳига киритилганларга таълим ташкилотининг психологи, “фаол психологик қўллаб-қувватлаш зарур” гуруҳига киритилганларга эса тегишли ҳудуд бўйича
ментор психолог
бириктирилади.
💰
Каскадли малака ошириш курсига ўқитувчи сифатида жалб этилган психологларга бу даврда асосий иш жойидаги лавозим маошига нисбатан
20 фоиз миқдорида устама
тўланади.
🏅
Ўқув йили давомида психологик барқарорликни таъминлашда юқори кўрсаткичларга эришган
150 нафар
ментор психолог
меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 20 баробари
миқдорида бир марталик моддий рағбатлантирилади.
🎓
Таълим ташкилотлари психологик хизмат ходимлари
беш йилда камида бир маротаба
малакасини ошириши шарт этиб белгиланади.
🏛
Низомий Ганжавий номидаги Ўзбекистон миллий педагогика университетининг Психология ўқув-илмий маркази негизида
Психология илмий-тадқиқот институти
ташкил этилади ва Таълим ва илм-фан вазирлиги бўйсунувига ўтказилади. Институтда
2027 йил 1 январдан
бошлаб Рақамли психология ва сунъий интеллект, Таълим психологияси ва психологик хизмат, Психологик саломатлик ва профилактика лабораториялари фаолияти йўлга қўйилади.
@u_generalissimus

October 22, 06:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram