Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAVBAHOR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

navbahor_tumani_axborot_xizmati
Ташкилот сайти: https://gov.uz/navbahor Facebook: www.facebook.com/groups/1411740872238937/?ref=sha You Tube: https://www.youtube.com/@Navbahortumanhokimligi Instagram: https://instagram.com/navbahortuman_hokimligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
Подписчики
6 156
24 часа
-13
30 дней
-106
Просмотры
553
ER
8,98%
Посты (30д)
766
Символов в посте
1 010
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 06:59
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

➡️
Navbahor tumanida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi
▶️
Navbahor tumani hokimligining katta majlislar zalida
tuman hokimi Alisher Rashidov
rahbarligida tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🤝
Yig‘ilishda Navbahor tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Baxtiyor Isoqovning boshqa ishga o`tganligi sababli
Asadov Avaz Shavkat o‘g‘li Navbahor tumani prokurori
lavozimiga tayinlangani yig‘ilish ishtirokchilariga e’lon qilindi.
Yig‘ilish davomida yangi lavozimda ish boshlayotgan tuman prokuroriga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilanib, tumanning iqtisodiy-ijtimoiy rivoji, hududda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida munosib hissa qo‘shishi muhimligi ta’kidlandi.
➡️
Shuningdek, Baxtiyor Isoqovning Navbahor tumanidagi faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. U tuman prokurori sifatida faoliyat yuritgan davrida hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga o‘z hissasini qo‘shgani, tumanda qonuniylikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida samarali faoliyat olib borgani e’tirof etildi.

Yig‘ilish yakunida yangi tuman prokuroriga kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilanib, tumanda qonuniylikni ta’minlash hamda hudud taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida hamkorlikda ish olib borish muhimligi qayd etildi.
🌟
Navbahor tumani hokimligi
Axborot xizmati
🤍
Veb Sayt
|

Telegram
|

Facebook
|
▪️
Instagram |
📹
YouTube

September 11, 05:12
Файлы недоступны
8
1
Открыть в Telegram

🫳
🤳
💓
🤳
💔
👱‍♂️
🤌
🥥
MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI UCHUN MUNOSIB DAM OLISH MASKANIGA AYLANADI
🥥
Navbahor tumani hokimi
Alisher Rashidov
tuman markazida joylashgan Madaniyat va istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
🥥
O‘rganish davomida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, mavjud infratuzilmani yangilash hamda hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
🥥
Tuman hokimi mas’ullarga qurilish va ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida,
sifatli va puxta
amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
🥥
Shuningdek, bog‘ni tuman aholisi, ayniqsa, yoshlar va oilalar uchun maroqli hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini beradigan
zamonaviy va munosib dam olish maskaniga aylantirish
zarurligi ta’kidlandi.
🥥
Mas’ullarga hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda bog‘ning kelgusidagi faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
🌟
Navbahor tumani hokimligi
Axborot xizmati
🤍
Veb Sayt
|

Telegram
|

Facebook
|
▪️
Instagram |
📹
YouTube

September 11, 04:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Навоий вилоятидан
e-auksion.uz
платформаси орқали 30 та давлат активларини сотиб олинг
🟢
Навоий шаҳри 2 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Зарафшон шаҳри 0 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Ғозғон шаҳри 0 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Кармана тумани 2 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Конимех тумани 3 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Қизилтепа тумани 4 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Навбахор тумани 2 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Нурота тумани 3 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Томди тумани 1 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Учқудуқ тумани 6 та Давлат активлари (
кўриш
);
🟢
Хатирчи тумани 7 та Давлат активлари (
кўриш
).
Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️
Tel
: 99-207-36-02, 99-207-26-02
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
Manzil: Navoiy shahri S.Ayniy 27
Mo'ljal: Davlat xizmatlari markazi
Ijtimoiy tarmoqlar:
👇
👇
👇
Telegram |
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Hududiy ijtimoiy tarmoqlar:
👇
👇
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 11, 04:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏗
Navoiy viloyatida qurilish ishlari hajmi 26,5 foizga oshdi
🏢
Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning
yanvar-iyul
oylarida viloyatimizda jami
9 907,9
mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur'ati 2025-yilning mos davriga nisbatan
126,5 %
ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida bajarilgan qurilish ishlari (mlrd so‘m):
🔸
Navoiy shahri
– 1 834,6 mlrd
🔸
Zarafshon shahri
– 755,4 mlrd
🔸
G‘ozg‘on shahri
– 17 mlrd
🔸
Qiziltepa tumani
– 1 108,7 mlrd
🔸
Karmana tumani
– 1 772,4 mlrd
🔸
Konimex tumani
– 81,8 mlrd
🔸
Navbahor tumani
– 500,4 mlrd
🔸
Nurota tumani
– 362,8 mlrd
🔸
Tomdi tumani
– 554 mlrd
🔸
Uchquduq tumani
– 372,8 mlrd
🔸
Xatirchi tumani
– 517,2 mlrd.
📌
Viloyat bo‘yicha taqsimlanmagan hajmni qo‘shgan holda
Rasmiy sahifala
r
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram
|
Youtube

September 11, 03:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💙
💙
💙
📢
ЭЪЛОН
🗓
2026 йил 11 сентябр куни
🕘
Соат 16:00 да
📍
Хашман маҳалласи 17-мактаб биносида

Навбаҳор тумани фуқароларининг мурожаатлари юзасидан туман ҳокими, туман прокурори, туман ИИБ бошлиғи ва туман солиқ инспекцияси бошлиғининг сайёр қабули бўлиб ўтади.
🔴
Барча фуқаролар ўзларини қизиқтирган масалалар, муаммо ва таклифлар билан ушбу қабулда иштирок этишлари мумкин.
➡️
Ҳурматли туманимиз аҳолиси мурожаатларингиз бўлса келиб қатнашишингиз мумкин.
🌟
Навбаҳор тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🤍
Veb Sayt
|

Telegram
|

Facebook
|
▪️
Instagram |
📹
YouTube

September 11, 02:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

СИЗ ҚИЛА ОЛАДИГАН 20 ИШ
Соғлом турмуш тарзига эришиш учун психологлар қуйидаги 20 та фойдали ишни кун тартибига киритишни тавсия этишган:
1. Доим бир хил вақтда ухланг, бир хил вақтда уйғонинг.
2. Нонушта, тушлик, кечки овқатни ҳар куни бир вақтда тановул қилинг.
3. Бир суткада 8 соатдан кўп ухламанг.
4. Ётишдан олдин бир оз пиёда юринг, тоза ҳаводан баҳраманд бўлинг.
5. Кун давомида камида 1,5 литр сув ичинг.
6. Ҳар куни мева-сабзавотлар енг.
7. Ётишдан олдин бир стакан қатиқ ичинг.
8. Кун давомида компьютердан 2 соатдан ортиқ фойдаланманг.
9. Ташқи кўринишингизга эътибор беринг.
10. Саҳарда югуринг ёки пиёда юринг.
11. Спорт билан шуғулланинг.
12. Табассум қилинг.
13. Ҳар куни 5 та янги сўз ўрганинг.
14. Ҳар куни уйингизни тартибга солинг, кераксиз нарсалардан воз кечинг.
15. Эрталабки бадантарбияни канда қилманг.
16. Ҳар куни янги нарса ўрганишга ҳаракат қилинг, бугунги кунингиз кечагисидан фарқ қилсин.
17. Ҳар куни камида 10-15 саҳифа китоб ўқинг.
18. Ўзингизда сабр-қаноат фазилатини шакллантиринг.
19. Инсонларга чиройли муомалада бўлинг.
20. Фақат яхши ният қилинг.

https://t.me/navbahor_tumani_axborot_xizmati

September 11, 00:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun, 11 sentabr
☀️
+31°...+23°, Ochiq havo
Hozir:
☁️
+26°,
↙️
6.1 m/s
Tong:
☁️
+26°
Kun:
☀️
+31°
Oqshom:
☀️
+28°
Namlik: 25%
Shamol: Shimoliy, 7.9 m/s
Bosim: 758 mm sim. ust.
Oy: Yangi oy
Quyosh chiqishi: 06:15
Quyosh botishi: 18:55
🌟
Navbahor tumani hokimligi
Axborot xizmati
🤍
Veb Sayt
|

Telegram
|

Facebook
|
▪️
Instagram |
📹
YouTube

September 10, 17:41
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

NAVBAHORDA IJTIMOIY REESTRDA TURGAN OILALAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI TAHLIL ETILDI
Navbahor tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi
Alisher Rashidov
boshchiligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda mahallalardagi mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan selektor yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlar, xususan,
kambag‘al oilalarni aniqlash, ijtimoiy reestrda turuvchi oilalar bilan manzilli ishlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish
borasida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, hududlarni rivojlantirish, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.
Yig‘ilish davomida joylarda olib borilayotgan ishlarning natijadorligi, mahallalar kesimida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda muammoli oilalar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy reestrda turuvchi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda har bir mahalla va mas’ul rahbarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, amalga oshirilayotgan ishlarning aniq natijadorligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
🌟
Navbahor tumani hokimligi
Axborot xizmati
🤍
Veb Sayt
|

Telegram
|

Facebook
|
▪️
Instagram |
📹
YouTube

September 10, 15:28
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

✈️
MIGRATSIYADAGI YOSHLAR BILAN ONLAYN MULOQOT TASHKIL ETILDI
✈️
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Navbahor tumani hokimligining katta majlislar zalida xorijiy davlatlarda mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan navbahorlik yoshlar bilan
tuman hokimi Alisher Rashidovning
onlayn muloqoti tashkil etildi.
🔍
Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan ochiq va samimiy suhbat davomida xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlarning bugungi kundagi ish faoliyati, yashash va mehnat sharoitlari, duch kelayotgan muammo hamda qiyinchiliklari haqida fikr almashildi.
🔵
Muloqot davomida yoshlarning murojaatlari va takliflari tinglanib, xorijda bo‘lib turgan davrida turli muammolarga duch kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tegishli tartibda o‘rganish va imkon qadar bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️
Shuningdek, xorijiy davlatlarda og‘ir mehnat yoki yashash sharoitiga duch kelayotgan, vataniga qaytishni istayotgan yoshlar uchun Navbahor tumanining o‘zida ham munosib ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari mavjudligi haqida tushuntirishlar berildi.
🌟
Bunday onlayn muloqotlar xorijda mehnat qilayotgan yoshlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning holidan xabar olish, muammolarini o‘rganish hamda zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkonini bermoqda.
➡️
Mazkur uchrashuv xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan navbahorlik yoshlar uchun manfaatli bo‘lib, ular bilan o‘zaro muloqot va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🌟
Navbahor tumani hokimligi
Axborot xizmati
🤍
Veb Sayt
|

Telegram
|

Facebook
|
▪️
Instagram |
📹
YouTube

September 10, 15:21
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
инвестиционных проектов по производству электроэнергии путем термической переработки отходов.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#yashiliqtisodiyot
#energetika
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X