Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAVBAXOR24 | TEZKOR XABARLARI

navbaxor_navbahor_24
NAVBAXOR24 - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! ⚡ Reklama xizmat: @ReklamaAgent_Info 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Подписчики
1 493
24 часа
-53
30 дней
-887
Просмотры
225
ER
15,07%
Посты (30д)
17
Символов в посте
1 266
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
July 29, 18:45
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🇺🇿
NAVBAHOR TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI
👤
Joriy yilning 29-iyul kuni Navbahor tumani hokimligida tuman hududidagi barcha davlat tashkilotlari, korxona va muassasalar rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda amaldagi qonunchilik talablariga soʻzsiz rioya etish masalalariga bagʻishlangan muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov, tuman prokurori B. Isoqov, tuman Davlat xavfsizlik xizmati boʻlimi rahbari M. Toʻrayev hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi B. Qurbonov boshchiligida tumandagi barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdilar.
🔝
Tadbir davomida davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, rahbar hamda xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
👍
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlar talablari, shuningdek tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, xizmat va ijro intizomi hamda boshqa lokal hujjatlar talablariga qatʼiy rioya etish zarurligi alohida taʼkidlandi.
🫥
Muhokamalar davomida korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yoʻlida foydalanishga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilish, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida va qonuniy tartibda koʻrib chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
🔎
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani qayd etilib, har bir rahbar oʻz jamoasida halollik, masʼuliyat va qonunga hurmat muhitini qaror toptirishi, xodimlar oʻrtasida profilaktik tushuntirish ishlarini muntazam olib borishi, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda har qanday huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrishi lozimligi taʼkidlandi.
🎹
Yigʻilish yakunida barcha tashkilot va muassasalar rahbarlariga xizmat va ijro intizomini yanada kuchaytirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish, qonunchilik talablariga ogʻishmay amal qilish hamda belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazorat ostiga olish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
⚙️
Mazkur yigʻilish davlat organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, halollik va qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda aholiga sifatli va masʼuliyatli davlat xizmatlarini koʻrsatishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

July 27, 16:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🛡
ZIRH BOT’da
yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli
ZIRH BOT
uchun yangi
Anti-Spam
himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️
Yoqish:
/antispam
⚠️
Eslatma:
Funksiya hozircha
BETA
bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa,
@zirh_support
ga yozing.

Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐
WEBSAYT
|
🌐
TELEGRAM
|
🛡
ZIRH BOT
👉
Навбаҳор хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+Jzmy_Lz_s
LZmOWJi

July 27, 10:56
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#adliya_xabari
❗️
❗️
❗️
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida
xotin-qizlarga huquqiy ko
mak berish bo
yicha yangi rejalar muhokamasi
➡️
O
zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan "Ayollar daftari"ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko
rsatishga doir berilgan topshiriqlari ijrosini ta
minlash yuzasidan Navbahor tumani adliya bo
limi, viloyat kasaba uyushmasi, xotin-qizlar bo
limi, mahalla ettiligi tomonidan "Huquqiy maslahat beramiz" shiori ostida xotin -qizlar o
rtasida ochiq muloqot "Oq oltin" mahallasida tashkil etildi.
🤍
Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko
rsatildi.
🇺🇿
Shu munosabat bilan, Xotin-qizlar uchun imtiyozli kredit ajratish, ayollar tadbirkorligi, ularning mehnatda kamsitilishini ta
qiqlash, ish vaqtidan tashqari ishlash, homilaqorlik va tug
ish ta
tillari berish tartibi, aliment undirish, ular uchun qonunchilikda belgilangan qo`shimcha kafolatlar hususuda ham amaliy yordam berilmoqda.

July 26, 16:19
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
🎉
#
БУГУН_ТУҒИЛГАН_КУН
💐
Бугун Навбаҳор туман ҳокимининг биринчи ўринбосари, иқтисодиёт ва молия бўлими бошлиғи Жумабоев Мурод Соибназаровичнинг таваллуд топган куни.
🎉
Шу муносабат билан Мурод Соибназаровични таваллуд айёми билан самимий муборакбод этамиз. Унга мустаҳкам соғлик, узоқ умр, оилавий бахт-саодат, масъулиятли ва шарафли меҳнат фаолиятида улкан ютуқлар, янги зафарлар ҳамда эзгу ишларида омад ва муваффақиятлар тилаймиз.

July 25, 15:40
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
“Меҳнатобод”да йиғилиб қолган муаммолар жойида ўрганилди: ўзгаришлар вилоят ҳокимининг шахсан назоратида!
Раҳбарнинг энг муҳим вазифаси — одамлар орасида бўлиш, уларнинг дардини эшитиш ва муаммога ечим топиш.
Навбаҳор туманининг “Қалқонота” маҳалласидаги “Меҳнатобод” қишлоғида бўлиб ўтган мулоқот ҳам ана шу мақсадга қаратилди. Вилоят ҳокими Нормат Турсунов хонадонма-хонадон юриб, аҳоли билан очиқ суҳбатлашди.
Ҳоким ташрифини эшитган қишлоқ аҳолиси ўзларини қийнаб келаётган масалаларни билдириш учун йиғилди. Чунки йиллар давомида ечимини кутаётган муаммолар бор эди. Айниқса, экин экиш учун суғориш суви етишмаслиги, ишсизлик, томорқалардан унумли фойдаланиш имкониятларининг чеклангани, маҳалладаги айрим масалаларга етарлича эътибор қаратилмагани ҳақида мурожаатлар билдирилди.
Суҳбатлар давомида айрим муаммоларнинг узоқ вақт давомида сақланиб қолгани, "маҳалла еттилиги”нинг аҳоли билан ишлаш, мавжуд муаммоларни олдиндан аниқлаш ва ечим топиш борасидаги фаолияти талаб даражасида эмаслиги танқид қилинди.
“Муаммо кабинетда ўтириб эмас, одамлар орасига кириб ҳал қилинади. Аҳоли раҳбар билан учрашганда йиллар давомида йиғилиб қолган масалаларини айтса, бу жойлардаги ишларни янада кучайтириш кераклигини кўрсатади”, — дея масъулларга қатъий вазифалар белгилаб берилди.
Учрашувда билдирилган ҳар бир мурожаат бўйича аниқ чора-тадбирлар белгиланди. Сув таъминотини яхшилаш, томорқалардан самарали фойдаланиш учун шароит яратиш, ишсиз аҳолини банд қилиш, даромадли лойиҳаларни йўлга қўйиш бўйича мутасаддиларга топшириқлар берилди.
Энг муҳими, “Меҳнатобод”даги жараёнлар шахсан вилоят ҳокими назоратига олинди. Бу қишлоқ ҳам бошқа обод маҳаллалар каби замонавий, файзли, яшилликка бурканган, аҳолиси муносиб шароитларда яшайдиган масканга айланиши керак.
Чунки обод ҳудуд аввало йўл ёки бинолардан эмас, унда яшаётган инсоннинг қадри, дардига қулоқ тутиладиган муҳитдан бошланади.

July 24, 17:59
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
📍
QIZILOY MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA HASHAR ISHLARI O‘RGANILDI
💎
Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov
mutasaddi rahbarlar hamda mahalla yettiligi ishtirokida Qiziloy mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va hashar ishlari bilan tanishdi.
🔘
Tashrif davomida mahalla hududining sanitariya holati, ko‘chalar va jamoat joylarini obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi xonadonlari atroflarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash, ariq-zovurlarni tozalash hamda mahalla hududida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hashar tadbirlarini sifatli tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
⭐️
Bundan tashqari, mahalla nuroniylari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, aholini obodonlashtirish va hashar tadbirlarida faol ishtirok etishga jalb etish muhimligi ta'kidlandi. Bu kabi ezgu tashabbuslar mahalla fayzi va ozodaligini ta'minlash, aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
🐤
Ta'kidlanganidek, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayramini munosib kutib olish, mahallalarda bayramona muhit yaratish va aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashishga qaratilgan. Shu bois barcha mas'ullar hamda fuqarolar ushbu xayrli ishlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.

July 23, 16:21
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🔣
Навбаҳор тумани Қизилой маҳалласида ажрим ёқасидаги низоли оилалар ўрганилди
🔣
Навбаҳор тумани ҳокими ўринбосари, оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Г. Эргашева ва масуллар томонидан Қизилой МФЙда ажрим ёқасида турган низоли оилалар ҳолати ўрганилди. Ушбу ўрганиш жараёнида оилалардаги муаммолар, келишмовчиликлар ва уларнинг келиб чиқиш сабаблари атрофлича таҳлил қилинди.
⭕️
Суҳбатлар давомида томонларни тинглаш, ўзаро тушунишни тиклаш ва оилавий муносабатларни мустаҳкамлашга қаратилган тушунтириш ишлари олиб борилди. Шунингдек, муаммоли ҳолатларни бартараф этиш бўйича амалий тавсиялар берилди.
➡️
Мазкур ишлардан кўзланган асосий мақсад — оилаларни сақлаб қолиш, ажримларнинг олдини олиш ҳамда соғлом ижтимоий муҳитни таъминлашдан иборат.

July 22, 16:02
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

⭐️
Navbahor tumani hokimi o‘rinbosari Zafar G‘ulomov navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi
🦁
Bugun 22-iyul kuni Navbahor tumani hokimining o‘rinbosari Zafar G‘ulomov tomonidan tumandagi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
🦁
Tuman Xalq qabulxonasi binosida tashkil etilgan qabul davomida fuqarolar uy-joy, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari bilan ishtirok etdilar.

Qabul jarayonida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar ijroga olinib, ularning bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatildi.
💵
Bunday shaxsiy qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

July 21, 16:20
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

🅰️
🅰️
🅰️
🅰️
🅰️
🅰️
🅰️
👍
Navbahor tumanida kichik sanoat zonasidagi loyihalar jadallashtiriladi
👍
Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov
Qorajon mahallasi hududida joylashgan kichik sanoat zonasida bo‘lib, bu yerda faoliyat boshlash arafasida turgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
👍
Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, ularga ajratilgan yer maydonlarida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda loyihalarni qisqa muddatlarda yakunlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
👍
Tuman hokimi tadbirkorlarga ajratilgan yer maydonlarida qurilish va montaj ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlab, korxonalarni tez fursatda ishga tushirish zarurligini ta’kidladi. Qayd etilganidek, bunday loyihalarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish hajmining oshishi va tuman iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
👍
Shuningdek, Navbahor tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish, investorlar hamda tadbirkorlarning muammolarini tezkor hal etish yuzasidan barcha mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
👍
Uchrashuv yakunida tuman hokimi mutasaddilarga tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur infratuzilma masalalarini o‘z vaqtida hal etish hamda barcha loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Ta’kidlanganidek, har bir muvaffaqiyatli loyiha Navbahor tumanining sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

July 16, 18:19
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🌸
🌸
🌸
🌸
🌸
🌸
🌸
🌸
Atlas — milliyligimiz timsoli
Navbahor tumani Saroy MFY da atlas tadbiri oʻtkazildi.Atlas — o'zbek xalqining milliy matolaridan biri bo'lib, o'zining yorqin ranglari va nafis naqshlari bilan ajralib turadi. U asrlar davomida xalqimizning didi, madaniyati va qadriyatlarini o'zida mujassam etib kelgan. Ayniqsa, Farg'ona va Marg'ilonda to'qilgan atlaslar dunyoga mashhur.
Atlasdan milliy liboslar, ko'ylaklar va turli bezak buyumlari tayyorlanadi. Bayramlar, to'ylar va tantanali marosimlarda atlas kiyish milliy an'analarimizning muhim qismi hisoblanadi. Bugungi kunda ham atlas zamonaviy moda bilan uyg'unlashib, o'z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
Atlas — xalqimizning boy madaniy merosi, milliy g'ururi va o'zligimizni aks ettiruvchi bebaho qadriyatdir. Uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning burchimizdir.