Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI

navoiy_viloyat_mmtb
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali 🌍 Veb sayt: navai.uzedu.uz Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3 Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/ Ishonch telefoni: 792201281
Подписчики
5 759
24 часа
2
30 дней
-53
Просмотры
878
ER
15,25%
Посты (30д)
348
Символов в посте
895
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 04:32
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
“Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥
Ustozingiz bilan bog‘liq
unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz
yoki
ezgu tilaklaringizni
qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲
Videoda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini
belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy
sahifalarida ulashiladi.
🎉
“Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 11, 03:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Kun_iqtibosi
Barcha to‘siqlar va qiyinchiliklar - bu biz yuqoriga qarab ko‘tariladigan zinapoyadir.
✍️
Fridrix Nitsshe
🇺🇿
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 10, 17:35
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida umumta’lim maktablarida
"Payshanba - yoshlar kuni”
doirasida
"Rahbar va yoshlar"
uchrashuvlari tashkil etildi.
Navbahor va Tomdi tumanlarida hududiy bo‘lim boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning orzu va maqsadlari, kasb tanlash borasidagi qarashlari, ta’lim olish istaklari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashildi.
Muloqotlar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, kasb va kelajak rejalariga oid masalalar yuzasidan atroflicha javob oldilar.
🎥
Fotolavhalarda — Navbahor va Tomdi tumanlaridagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlaridan jarayonlar aks etgan.
🇺🇿
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 10, 15:15
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#brifing
Mavzu: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar

Joriy yil davomida vazirlik tizimiga jami 36 650 ta murojaat kelib tushgan hamda ularning 17 306 tasi ijobiy hal etilgan, 16 mingtaga yaqin murojaatlarga huquqiy va boshqa turdagi tushuntirishlar berib oʻtilgan.
👉
Murojaatlarning asosiy qismi:

taʼlim sohasi xodimlari kasbiy faoliyati;

bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablariga joylashtirish;

maktab faoliyati;

xodimning ishga kirishi yoki oʻz ish oʻrniga tiklanishi;

ish haqi, ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni hisoblash.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati vakillari tomonidan hududlarda 17 ta sayyor qabul tashkil etildi va 521 nafar fuqaroning murojaatlari yuzma-yuz qabul qilindi.
👉
Vazirlik Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali ham fuqarolarning 42 mingdan ortiq telefon qoʻngʻiroqlariga tezkor javob berildi.

Tizimdagi korrupsiyaviy holatlar boʻyicha murojaat qilish uchun
@mmtv_anticorbot
maxsus telegram-boti, ishga joylashish va boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha
ish.uzedu.uz
,
vacancy.argos.uz
elektron platformalari faoliyat yuritmoqda.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 10, 14:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 10, 11:51
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

INKLYUZIV TA’LIM: SIFAT VA QULAY MUHIT — DOIMIY E’TIBORDA
🔺
Har bir bola uchun teng ta’lim imkoniyatini yaratish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun munosib ta’lim muhitini shakllantirish — inklyuziv ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
🔹
Shu maqsadda boshqarma boshlig‘ining 2026-yil 7-sentabr kuni o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Karmana tumanidagi inklyuziv ta’lim tashkil etilgan maktablarda o‘rganish ishlari olib borildi.
📍
Jumladan, 2-, 5- va 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, korreksion ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda pedagoglarning faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.
▶️
O‘rganish davomida maktablarda to‘siqsiz va qulay ta’lim muhitining yaratilganligi, korreksion xonalarning jihozlanish va foydalanish holati, maxsus pedagoglarning faoliyati, o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligi, ish hujjatlarining belgilangan tartibda yuritilishi tahlil qilindi.
🔺
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🇺🇿
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 10, 11:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔰
DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar
www.dxxtmhal.uz
sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari
mumkin
.
🇺🇿
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 10, 10:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#OAV_NIGOHIDA
📺
“Assalom, Yangi kun”
📎
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi
Nargiza Qurbonova
bilan suhbat.
🎙
Suhbat davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritiladi.
🇺🇿
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 10, 09:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Homilador yoki yosh bolasi bor ayollar attestatsiya sinovlarida qatnashish uchun ariza berolmaydi, deb eshitdim, shu toʻgʻrimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan
“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”
gi
Nizom
talablariga koʻra:

pedagoglar ikki turdagi — majburiy va ixtiyoriy
(navbatdan tashqari)
shaklda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
👉
Nizomga asosan:

homilador ayollar
(homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);

homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar
(taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);

uch yoshgacha bolalari bor ayollar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
🔹
Eʼtibor qaratish lozimki,
yuqorida keltirilgan toifadagi pedagoglar faqat majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi, ixtiyoriy attestatsiyada qatnashish istagidagi
barcha pedagog ayollar sinovlarda qatnashish uchun oʻrnatilgan tartibda ariza berishlari mumkin.
👉
Maʼlumot uchun:
amaldagi tartibga koʻra, malaka toifasini oshirish uchun oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan pedagog kadrlarning:

malaka toifasi tushirilmaydi va ularga
amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha;

sinov natijalariga koʻra malaka toifasi oshirilgan pedagoglarga
oshirilgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.
❗️
Eʼtibor bering!
Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bor ayollarni majburiy attestatsiyadan ozod qilishdan asosiy maqsad, mazkur ayollarning va farzandlari salomatligini asrash, ularni ortiqcha ovoragarchilikdan himoya qilishdir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 10, 08:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

❗️
Barcha darsliklar 2031-yilgacha to’liq yangi alifboga o’tkaziladi
,
bunga qo’shimcha xarajat ketmaydi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyevning ma’lum qilishicha, qonun
2027-yildan
kuchga kirsa,
1-sinf
darsliklari yangi alifboda chop etiladi.
Amaldagi tartibga ko’ra, 1-sinf darsliklari shundoq ham
har yili
qayta chop etiladi. 2-4-sinflar uchun darsliklar
har 3 yilda
yangilanishi kerak. 5-11-sinflar uchun esa
har 5 yilda
darsliklar yangilanadi.
Shunday qilib,
2031-yilgacha
darsliklar o’z navbati kelganda toʻliq yangi alifboda nashr etiladi. Buning uchun
qoʻshimcha mablagʻ talab etilmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, yangi alifbo kuchga kirgan taqdirda ham, barcha darsliklar muddatidan avval bittada qayta chop etilmaydi. Barchasi qonunchilikda belgilangan navbati kelgandagina
almashadi.
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube