Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Navoiy shahridagi Prezident maktabi

navoiypmuz
Admin 👉 @RayhonRaupova Murojaat uchun: 👉 +998792220102 🌐 http://t.me/navoiypmuz 🌐 https://www.facebook.com/groups/navoiypmuz 🌐 https://instagram.com/navoiy_ps 🌐 https://youtube.com/@navoiy_ps 👉 @navoiypmuz_bot
Подписчики
1 240
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
441
ER
0,31%
Посты (30д)
60
Символов в посте
895
December 10, 08:17
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🇺🇿
Davlat madhiyasiga ehtirom
Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ertalabki yig‘in bo‘lib o‘tdi. Tadbirni  tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi Abduraximov Husniddin olib bordi.
Yig‘inda o‘quvchilarga Davlat madhiyasining tarixi, mazmuni va uning Vatanga bo‘lgan hurmatni oshirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
🇺🇿
Respect for the National Anthem
Today, the Presidential School in Navoi held a morning assembly dedicated to the Day the National Anthem was adopted. The event was led by history and character education teacher Husniddin Abduraximov.
During the assembly, students were informed about the history and meaning of the National Anthem, as well as its importance in fostering respect and devotion to the Motherland. The event was conducted in a spirited atmosphere.
🔵
Telegram
🔵
Facebook
🔵
Instagram

December 08, 08:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Aziz yurtdoshlar!
Qadrli ustozlar!
Bugun 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundir.
Konstitutsiyamiz — davlatimiz barqarorligi, jamiyat rivoji va fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati hisoblanadi. U yurtimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjat sifatida barcha sohalar, jumladan ta’lim tizimidagi keng qamrovli islohotlarni izchil amalga oshirishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilishi va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biridir. Bu jarayonda ustoz va murabbiylarimizning fidoyiligi, mehnati va mas’uliyati jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shmoqda.
Sizga salomatlik, ish faoliyatingizda rivoj va yangi yutuqlar tilayman. Ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi hamjihatlik va hamkorligimiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shaversin!
E'zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Konstitutsiyamiz_33_yoshda
E’zoza Karimova

December 08, 03:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

8-dekabr — Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Hurmatli yurtdoshlar!
Bugun xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng ahamiyatli sanalardan biri —
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
ni nishonlamoqdamiz. Asosiy Qonunimiz – yurtimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz barqarorligi va har bir fuqaroning huquqini kafolatlaydigan mustahkam poydevordir.
Bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Konstitutsiya bizga erkin fikrlash, orzu qilish, yaratuvchan bo‘lish, eng muhimi, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish imkonini bergan buyuk hujjatdir.
Agentligimiz jamoasi uchun esa bu sana yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim – jamiyat ravnaqi va demokratik qadriyatlar mustahkamlanishining eng asosiy omillaridan biridir. Konstitutsiyamizda belgilangan
har bir bola sifatli ta’lim olishga haqli
degan tamoyil bizning kundalik faoliyatimizning bosh maqsadi va mas’uliyatidir.
Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun zamonaviy, adolatli va ochiq ta’lim tizimini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan har bir islohot, har bir tashabbus aynan Asosiy Qonunimizda o‘z aksini topgan yuksak g‘oyalarga tayanadi.
Shu muborak kunda barchangizga tinchlik, farovonlik, yangi marralar va bardavom rivoj tilaymiz.
Yurtimizning porloq kelajagi — bilimli, faol va ongli avlod qo‘lida. Biz esa ular uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishda davom etamiz.
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi
.
Bizni kuzatin
g
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

December 07, 14:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga
bayram tabrigi

Праздничное поздравление
народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

December 07, 13:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Baxtimiz_qomusi
#CIS_tashrifi
🇺🇿
Navoiy shahridagi Prezident maktabida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
kuni hamda CIS vakillarining tashrifi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda davlatimizning bosh Qomusi — Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🌍
O‘quvchilar tomonidan turli millatlar urf-odatlari va milliy raqslari namoyish etilib, madaniy xilma-xillikni aks ettirgan ushbu chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
🇺🇿
A ceremonial event was held at the Navoiy Presidential School
in honor of the Constitution Day of the Republic of Uzbekistan and the visit of the CIS representatives.
🌍
Students presented traditional customs and national dances of various cultures
, showcasing the beauty of cultural diversity. These vibrant performances left a strong impression on the guests.
🔵
Telegram
🔵
Facebook
🔵
Instagram

December 07, 05:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💙
#18kun
,
🤍
#18modda
👨‍👩‍👧
Ota-onaning mas’uliyati
📌
Bola tarbiyasi uchun asosiy javobgarlik ota-onalarga yuklatiladi.
Davlatlar ota-onalarga bu vazifani bajarishda yordam berishi kerak.
#MeningKunimMeningHuquqlarim
____
💙
День 18,
🤍
#статья18
👨‍👩‍👧‍👦
Ответственность родителей
📌
Родители несут основную ответственность за воспитание детей, а правительства должны помогать им в этом.
#МойДеньМоиПрава

December 05, 14:59
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram






Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Xorazm viloyati, Urganch shahrida yaqinda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganishlar davomida taʻlim maskanidagi zamonaviy infratuzilma, talabalar uchun qulay sharoitlarni tashkil etish bilan bogʻliq ishlarni koʻzdan kechirdi.
🔰
Xususan, zamonaviy oʻquv xonalari, faollar zali va oliygohda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Shuningdek, pedagoglar va talabalar bilan taʼlim sifatini oshirishda zamonaviy koʻnikmalarni qoʻllash, bugungi kun talablariga mos kasblarni egallashda ularning oʻrni xususida atroflicha muloqot olib bordi.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

December 05, 14:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Asosiy_olimpiada
Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
📊
Ma'lumot oʻrnida:
mazkur olimpiada 24-noyabr — 3-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi, unda 31 ming nafardan ortiq o
ʻ
quvchilar ishtirok etishdi.
🌐
Batafsil videolavhada
Fan olimpiadalari markazi
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal

December 05, 14:55
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

O‘zbek tili sertifikati bo‘yicha aprobatsiya imtihoni o‘tkazildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda uni xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda.
Davlatimiz rahbari soha mas’ullari oldiga o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun
o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lish
imkoniyatini yaratish vazifasini qoʻygan edi.
Ayni shu kunlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonining baholash mezonlari, topshiriqlar formati masalalari, umuman, imtihon uchun ishlab chiqilgan
“Uzbek language proficiency test” – “Oʻzbek tili bo‘yicha bilim darajasi testi”
platformasining ishlash mexanizmini tekshirib ko‘rish maqsadida aprobatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda.
Imtihon xalqaro CEFR mezonlari asosida
4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish)
bo‘yicha o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalarini qamrab olgan holda elektron shaklda tashkil etildi. Aprobatsiya jarayonida jami
379 nafar
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etdi.
Natijalar tahliliga ko‘ra, imtihon topshiriqlari mazmuni va formati, baholash mezonlari, imtihon davomiyligi hamda platforma funksional imkoniyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi.
Tilshunoslar, soha mutaxassislari, ziyolilar, pedagoglardan oʻz takliflarini bildirishi, jarayonda faol ishtirok etishini kutamiz. Buning uchun (95) 515-68-68 raqamlari yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.
@hilola_umarova

December 04, 10:30
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

📰
📰
📰
📰
📰
📰
📰
Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi xalqaro e’tirofda
!
Bugun
Agentlik direktori Sevara Shakirova YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastixo hamda YUNISEFning ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda
sifatli ta’limni rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim tizimiga integratsiya qilish va o‘zaro hamkorlik istiqbollari
muhokama qilindi.
2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yutuqlar yuzasidan ma’lumot berildi. YUNISEF vakillari O‘zbekiston ixtisoslashtirilgan maktablari va
Prezident maktablari faoliyati
ni yuqori baholadi.
🌿
Ekologik ta’lim yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.
2021-yildan buyon Agentlik maktablari xalqaro
Eco school
dasturida ishtirok etib kelmoqda. Bugunga qadar
8 ta maktab “Yashil bayroq” bilan taqdirlandi
hamda
50 dan ortiq issiqxona
barpo etildi.
Shuningdek, 50 dan ortiq chekka hududlardagi maktablarda
matematika ta’limiga sun’iy intellektni joriy etish dasturi
taqdim etildi.
Tomonlar O‘zbekistonning barcha hududlarida, ayniqsa chekka hududlarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Portal