Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

navoiyyoshlari_yi
Navoiy yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. ©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi 📝 @yoshlargayordamchi_bot
Подписчики
2 795
24 часа
-5
30 дней
-72
Просмотры
215
ER
7,69%
Посты (30д)
72
Символов в посте
1 097
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 12, 05:10
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“BIZ GIYOНVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — XATIRCHIDA YOSHLAR SOG‘LOM HAYOT TARZI YO‘LIDA BIRLASHDI
Xatirchi tumani Jaloyir MFY hududidagi “Lochin” sport majmuasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida keng ko‘lamli sport-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat sport boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda tuman tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy ta’siridan ogoh etish, ularning ayanchli oqibatlarini tushuntirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Tadbir davomida yoshlar uchun sport, ma’rifiy va madaniy yo‘nalishlarda turli tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, boks, qo‘l jangi, karate, futbol, vorkaut, gimnastika, voleybol va stritbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 14:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👍
👍
👍
👍
👍
#vakansiya
“Navoiyazot” AJ boshqaruv raisining (yoshlar masalalari bo‘yicha)
maslahatchisi bo‘sh ish o‘rniga tanlov asosida ishga taklif etadi!
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish
✔️
30 yoshdan oshmagan bo‘lish
.
✔️
Rahbarlik lavozimlarida yoki jamoalarni boshqarish bo‘yicha yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy jamoatchilik faoliyati sohasida kamida
3 yil ish tajribasiga
ega bo‘lish.
✔️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari hamda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni chuqur bilish;
✔️
Korxona yoshlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, istiqbolli rivojlantirish dasturlarini tayyorlash hamda monitoring qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
✔️
Strategik va tizimli fikrlash, muammolarni tahlil qilish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish;
✔️
Loyihalarni boshqarish, taqdimotlar tayyorlash va muzokaralar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
✔️
Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, Power Point) hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan ishlashni mukammal bilish;
✔️
Davlat tilini mukammal bilish, rus  va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi;
✔️
Yetakchilik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, yuqori darajadagi muloqot va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
✔️
Jamoa bilan samarali ishlash, yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish hamda ularning muammolarini o‘rganib, amaliy takliflar ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish;
Nomzodlar korxonaning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
🔵
Ma’lumotnoma (obyektivka) va rezyume;
🔵
Pasport nusxasi;
🔵
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
🔵
Sertifikatlar va malaka oshirish hujjatlari nusxalari (mavjud bo‘lsa);
🔵
Mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
🔵
Tavsiyanoma (mavjud bo‘lsa).
🗓
Nomzodlarning hujjatlari
2026-yil 23-sentyabrgacha
qabul qilinadi.
☎️
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
(99) 278-78-53






#вакансия
АО «Navoiyazot» объявляет конкурс на вакантную должность советника председателя правления по вопросам молодёжи.
Требования к кандидатам:
✔️
Наличие высшего образования;
✔️
Кандидат должен быть
не старше 30 лет
.
✔️
Опыт работы не менее
3 лет
в руководящих должностях либо в сфере молодежной политики, духовно-просветительской и общественной деятельности, а также управления коллективами;
✔️
Знание указов и постановлений Президента Республики Узбекистан, а также нормативно-правовых актов, регулирующих государственную молодежную политику;
✔️
Наличие навыков разработки и реализации молодежной политики предприятия, подготовки программ перспективного развития и осуществления их мониторинга;
✔️
Способность к стратегическому и системному мышлению, анализу проблем и выработке практических решений;
✔️
Навыки управления проектами, подготовки презентаций и ведения переговоров;
✔️
Отличное владение программами Microsoft Office (Word, Excel, Power Point), а также современными цифровыми технологиями;
✔️
Свободное владение государственным языком; знание русского и английского языков является преимуществом;
✔️
Наличие лидерских качеств, инициативности, ответственности, высоких коммуникативных и организаторских способностей;
✔️
Умение эффективно работать в команде, выстраивать открытый диалог с молодыми работниками, изучать их проблемы и разрабатывать практические предложения по их решению.
Кандидаты должны представить в Управление по работе с персоналом предприятия следующие документы:
🔵
Анкета (объективка) и резюме;
🔵
Копия паспорта;
🔵
Копия диплома о высшем образовании;
🔵
Копии сертификатов и документов о повышении квалификации (при наличии);
🔵
Копии документов, подтверждающих трудовую деятельность;
🔵
Рекомендательное письмо (при наличии).
🗓
Прием документов осуществляется до
23 сентября 2026 года
включительно.
☎️
Дополнительная информация по телефону:
(99) 278-78-53
📱
Присоединяйтесь по ссылке:
https://t.me/navoiyazot_uz
Следите за нами
⬇️
🌐
Web-site
🌐
instagram
|
🌐
facebook
|
🌐
youtube

September 11, 14:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Zakovat intellektual klubi" NNT va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamkorligida Birinchi liga kuzgi mavsumini e‘lon qilamiz.
Birinchi liga NZK Professional ligasiga yo‘llanma beruvchi liga hisoblanib, kuzgi mavsum 10 ta turni o‘z ichiga oladi.
Birinchi ligada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar jamoa tuzgan holda kamida 4, ko‘pi bilan 8 kishilik tarkib bilan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bilimdonlar esa alohida jamoalarga biriktiriladi. Jamoa tarkibida boshqa hudud ligalari o‘yinchilari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavsum yakuni bo‘yicha eng yuqori ikki o‘rinni egallagan jamoalar Professional ligaga yo‘llanma oladi va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadilar.
Birinchi liganing 1-tur o‘yini 12-sentabr kuni soat 16:00 da Navoiy shahridagi Yoshlar markazida start oladi. Shu kunga qadar jamoalar
@Navoiy_koordinator
manzilidan ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi.
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 11:03
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Ogohlik
Kelajakni zararli illatlar emas, bilim va bunyodkorlik belgilaydi!
Bugun NDKTUda “Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida bugungi kunda jamiyat xavfsizligi va yoshlar salomatligiga jiddiy tahdid solayotgan illatlarga qarshi kurashish, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlik va psixotrop vositalarining noqonuniy targ‘iboti va tarqatilishining oldini olish, yoshlarning turli yot ta’sirlarga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 11:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

# Profilaktika
“Diqqat, bolalar” tadbiri hamda “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida Navoiy viloyati hududida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
👥
Yoshlar ittifoqi mas’ul xodimlari ishtirokida Karmana tumanidagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan yo‘lning qatnov qismidan xavfsiz o‘tish borasida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
👥
Shu bilan birga, Navoiy shahridagi 2-sonli maktabda ham moped, skuter, velosipedni xavfsiz boshqarish, to‘g‘ri manyovrni amalga oshirish tartibi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 10:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#yo
'lovchi
#Navoiy
🙋‍♂️
“Yo‘lovchi” loyihasi doirasida Navoiy viloyati hududida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 11, 04:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 10, 13:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚠️
“Yo‘lovchi - Yangi odat” ijtimoiy loyihasi.
..
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini oshirish, piyodalar xavfsizligini ta'minlash hamda yo‘llarda o‘zaro hurmat muhitini shakllantirishga qaratilgan
“Yo‘lovchi”
ijtimoiy loyihasining targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 10, 13:52
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🎓
YOSHLAR MARKAZIDA 1-BOSQICH TALABALARI UCHUN “TANISHTIRUV HAFTALIGI” DAVOM ETMOQDA
🔘
Barcha Oliy ta'lim muassasalari yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-bosqich talabalari uchun “
Tanishtiruv
haftaligi
” doirasida navbatdagi tadbir Yoshlar markazida tashkil etildi. Unda talaba-yoshlar Yoshlar markazida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
🔘
Shuningdek, talabalarga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, "Yo'lovchi loyihasi", tanlovlar va tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 10, 11:44
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

“Vatan uchun xizmat - eng oliy baxt” mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Vatanga sadoqat — yurakdagi tuyg‘u, unga xizmat qilish esa sharafli burchdir!
Yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat, yurt tinchligi va osoyishtaligiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga ruhlantirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida
“Vatan uchun xizmat - eng oliy baxt”
mavzusida
"Rahbar va yoshlar"
uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, har bir fuqaroning jamiyat oldidagi burchi hamda Vatan taraqqiyotiga qo‘shilayotgan munosib hissalar haqida fikr bildirdilar.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook