
Naxalov | AI Blog π₯
Rasman Apple pay va Googlr pay ishlay boshladi bugun ishlatib ko'rdim
π₯³
π¨
1 300 dan ortiq 3D modellar to'plami ochiq manbada bepul e'lon qilindi!
Scenario platformasi AI vositalari orqali yaratilgan 39 GB hajmdagi ulkan 3D modellar bazasini Hugging Face'da mutlaqo bepul (CC BY 4.0 litsenziyasi ostida) taqdim etdi:
β’ 8K gacha teksturaga ega tayyor GLB modellari va to'liq Blender fayllari;
β’ Har bir model uchun boshlang'ich rasmlar, generatsiya promptlari va sozlamalari ham to'liq ochiqlangan;
β’ Modellar Hitem3D, Meshy, Rodin, Tripo hamda Claude va GPT 3D vositalari yordamida shakllantirilgan.
Geymdev, animatsiya va 3D dizayn bilan shug'ullanuvchilar uchun ajoyib resurs.
π
Hugging Face
@naxalov
Hozir bu kulgili ko'rinmayapti: bekordan-bekorga aynan qo'yga 'jem' berishga urg'u berilmadi.
@naxalov
Hozir koβp sohalarda sunβiy intellektning kuchi asta-sekin namoyon boβlayotganini koβryapman. Bunga bir misol:
Koβplab montajchilar Claude Code ularning videolarini juda qisqa vaqt ichida tayyorlab berayotganini va motion grafikalarni soniyalar ichida yaratayotganini koβrib quvonishmoqda.
Dasturchilar ham boshida Claude Codeβdan foydalanishni boshlaganlarida xuddi shunday xursand boβlishgan edi, biroq ularning bu quvonchi uzoqqa choβzilmadi.
Yillar davomida Β«Instagram uchun video qilamanΒ» deb doim keyinga surardim, bahonalar esa qalashib yotardi.
Yaqinda Β«Claude for MotionΒ» chiqib, unda qilingan ishlarni koβrib yurganimda bir fikr tinchlik bermadi: Β«Buni albatta sinab koβrish kerakΒ». Va nihoyat, kecha start berdim. Bunga eng katta turtki β kuchli raqobat boβldi.
Qizigβi, oβzim sunβiy intellekt sohasida ishlasam ham, undan deyarli foydalanmasdim. Bu videoni esa toβliq Claude yordamida yaratishga 2 kun ketdi: son-sanoqsiz iteratsiyalar, hatto limitlarim ham tugab qoldi.
Bu safar tomogβim ogβriganiga ham qaramay, oβzimga hech qanday bahona qoldirmasdan ishga kirishdim. Xullas, boshlab oldik natijasini birgalikda koβramiz!
@naxalov
π€
F2G-Pose β bitta rasmdan buyumlarning 6D holati va 3D shaklini aniqlovchi ochiq model!
Fudan universiteti tadqiqotchilari robototexnika va fazoviy hisoblash uchun mo'ljallangan yangi ochiq kodli
F2G-Pose
sun'iy intellekt modelini taqdim etdi.
U bitta RGB-D (chuqurlikka ega) tasvir asosida buyumning fazodagi aniq holatini bir zumda hisoblaydi:
β’ Ob'ektning 6D fazoviy koordinatasi, real o'lchami va to'liq 3D shaklini bitta inferensiyada bir vaqtda chiqaradi;
β’ Real vaqt rejimida 28 FPS tezlikda ishlaydi;
β’ Robotlarga buyumlarni to'siqlar orasidan aniq ko'rish va avtonom ushlash (manipulation / grasping) imkonini beradi.
Loyiha to'liq bepul va ochiq kodli:
π
GitHub
|
Loyiha sahifasi
@naxalov
Gemini 4 Argon bitta 2D rasm asosida 3D gotika soborini yaratdi DeepMind yangi agentlik tajribani namoyish qildi
Google DeepMind bitta tasvir va Blender MCP (Model Context Protocol) integratsiyasi orqali 3D sahnani avtonom yaratish jarayonini ko'rsatdi. Antigravity muhitida ishlayotgan Gemini 4 Argon modeli sahnani noldan modellashtirishni to'liq o'z zimmasiga oladi.
Agent inson aralashuvisiz bino geometriyasini bosqichma-bosqich qurgandan so'ng, unga teksturalar beradi va yoritish parametrlarini sozlaydi. Bu yondashuv AI agentlariga 3D dasturlar ichida mustaqil ravishda murakkab fazoviy modellarni shakllantirish imkonini beradi.
Samarqanddagi Registon maydoni me'moriy obidalarni ham bitta rasm orqali 3D shaklga o'tkazib ko'rish qiziq bo'lardi.
@naxalov
π
Moonshot AI yangi flagman modeli β Kimi K3.1 Pro'ni taqdim etdi!
Model 2.8 trillion parametrli MoE (104B faol) arxitekturasiga hamda ulkan 1 million tokenli kontekst oynasiga ega. U murakkab loyihalarni to'liq kodlash, parametrik 3D modellashtirish va chuqur tahliliy vazifalarni bajarishga mo'ljallangan:
β’ Terminal-Bench 4.0 kodlash testida 65.7% natija ko'rsatib, GPT-6 Astra'dan o'zib ketdi va Claude Opus 5.5 darajasiga yaqinlashdi.
β’ 2β3 barobar tezroq ishlaydigan Kimi K3.1 Pro Highspeed versiyasi ham taqdim etildi.
β’ Eng muhimi, modelning to'liq ochiq (open-weight) parametrlari 4-noyabr kuni ommaga e'lon qilinadi.
Hozirda
Kimi.ai
va Kimi Code orqali sinab ko'rish mumkin.
π
Rasmiy sayt
|
YouTube
@naxalov
βοΈ
OpenAI modellari endi Google Cloud'da!
Google Cloud o'zining Model Garden (Β«AI App StoreΒ») katalogiga OpenAI modellari hamda Codex agent tizimlarini qo'shdi.
Endi Google Cloud bir platformaning o'zida
Gemini
,
Claude
va
GPT
modellarini birgalikda taqdim etuvchi yagona yirik bulut provayderiga aylandi.
π
Google Cloud Blog
@naxalov
β‘οΈ
Arduino'ni brauzerda 3D sxemalar orqali noldan o'rganing!
β’
Hech qanday detallar sotib olish shart emas:
brauzerning o'zida 3D Arduino Uno va breadboard sxemalari mavjud.
β’
Bosqichma-bosqich darslar:
LED chiroqlarni yoqish, tugmalarni bosish, ultratovushli masofa datchiklarini ulash va motorlarni boshqarish kabi amaliy loyihalar.
β’
kod muharriri:
yozilgan C++ kodini brauzerda to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirib, natijani real vaqtda ko'rish mumkin.
Boshlovchilar va robototexnikaga qiziquvchilar uchun ajoyib bepul simulyator.
π
Sinab ko'rish:
Learn Arduino
#Arduino
#Hardware
#Dasturlash
#Ta
'lim
@naxalov