Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

niuedu_uz
NIU rasmiy kanali 🌍 Zamonaviy ta’lim | Innovatsion imkoniyatlar 🎓 Bakalavriat | Magistratura | Ikkinchi mutaxassislik 📞 Biz bilan bog’laning: ☎️ 55 555 55 85 @niuedu_admin
Подписчики
9 866
24 часа
-7
30 дней
-225
Просмотры
934
ER
9,47%
Посты (30д)
134
Символов в посте
1 023
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 29, 00:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Космоснинг мураккаблиги билан таққослаганда, бизнинг дунёмиз ёмғир чувалчангининг миясига ўхшайди.
Харуки Мураками
Биз ҳаммамиз бир сайёрада учиб кетяпмиз - биз битта кеманинг экипажимиз.
Антуан де Сент-Экзюпери
Бу инсон учун кичик бир қадам, инсоният учун улкан сакрашдир.
Нил Армстронг
Такрор ва такрор юлдузларга кўтарилишдан олдин, инсон Ерда яшашни ўрганиши керак.
Клиффорд Саймак
@quantum577

October 28, 16:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 28, 14:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📚
2026-yil 27-oktabrda Navoiy innovatsiyalar universitetida
“Evrika”
intellektual klubining navbatdagi forumi bo‘lib o‘tdi.
🎓
Forumda
professor Aziz Ilyasov
“
Talabalar tayyorlagan ko‘rgazmali ta’lim vositalarining amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishdagi ahamiyati
” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
🔬
Ma’ruzada
yosh tadqiqotchilarning mustaqil izlanish va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish,
nazariya va amaliyot uyg‘unligi (birinchi tibbiy yordam, arterial qon bosimini o‘lchash, qondagi glyukoza miqdorini aniqlash), ko‘rgazmali ta’lim vositalarini yaratish
muammolari tahlil qilindi.
💬
Forum
faol interaksiya va ilmiy munozara
formatida bo‘lib o‘tdi.
“Evrika”
intellektual klubi

October 28, 11:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 28, 07:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Леонардо да Винчининг еттита ҳаётий тамойили:
📌
Curiosita
- бу ҳаётга тўйиб бўлмайдиган қизиқувчан ёндашув ва узлуксиз ўрганиш учун тинимсиз изланиш.
📌
Dimostrazione
- тажриба, қатъият ва хатолардан ўрганишга тайёрлик орқали билимларни синаб кўриш.
📌
Sensazione
- тажрибани жонлантириш воситаси сифатида ҳисларни, айниқса кўришни доимий равишда такомиллаштириш.
📌
Sfumato
- парадокс ва ноаниқликни қабул қилишга тайёрлик.
📌
Arte / Scienza
- фан ва санъат, мантиқ ва тасаввур ўртасидаги мувозанатни ривожлантириш.
📌
Corporalita
- нафислик, жисмоний шакл ва мувозанатни тарбиялаш.
📌
Connessione
- барча нарса ва ҳодисаларнинг ўзаро боғлиқлигини тан олиш ва қадрлаш.
Майкл Гелб,
“Леонардо да Винчи каби ўйланг: ҳар куни даҳолик йўлида етти қадам” (Michael Gelb, “Think Like Leonardo da Vinci: Seven Steps to Genius Every Day”).
@Andragogika_LLL

October 28, 01:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Фибоначчи кетма-кетлиги
табиатнинг қандай яратилишини тушунишнинг калити бўлиб чиқади ва атомлар, молекулалар, кристаллар, қобиқлар, қуёш ва галактикаларнинг уйғунлигини яратадиган ва сфераларнинг ҳамма жойда мавжуд бўлган коинот мусиқасининг бир қисмидир.
Гай Мерчи. Ҳаётнинг еттита сири: фан ва фалсафани ўрганиш
.
@quantum577

October 27, 13:43
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi Gretsiyada bo‘lib o‘tgan
CONFLUENCE.RU
xalqaro forumida ishtirok etdi
2026-yil 16–18-oktabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida rus tili, madaniyati va karyera masalalariga bag‘ishlangan
CONFLUENCE.RU
xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro ilmiy-ma’rifiy anjumanda Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Biksaliyeva Rimma O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi.
Saloniki shahar munitsipaliteti homiyligida tashkil etilgan forum turli mamlakatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, ta’lim va madaniyat muassasalari vakillarini birlashtirdi. Tadbirning asosiy maqsadi rus tilini o‘qitish, rus adabiyotini o‘rganish, madaniyatlararo muloqot va zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Forum doirasida rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari, yangi metodik yondashuvlar, ikki tillilik muammolari, adabiyotshunoslik tadqiqotlari hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar amaliy tajriba almashish va kasbiy hamkorlikning yangi shakllarini izlashga alohida e’tibor qaratdilar.
17-oktabr kuni Rimma Biksaliyeva ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi, shuningdek, forumning mavzuli seksiyalaridan birida moderatorlik vazifasini bajardi. Seksiya yig‘ilishida ishtirokchilar o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalarini taqdim etdilar, rus tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qildilar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish hamda mualliflik metodikalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba almashdilar.
Ilmiy munozara alohida qiziqish uyg‘otdi. Uning davomida o‘qituvchilar o‘zlari yaratgan o‘quv-uslubiy ishlanmalarni taqdim etib, ularni amaliyotda qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritdilar va hamkasblarining savollariga javob berdilar. Muhokamalar turli mamlakatlar mutaxassislarining ta’lim sohasidagi tajribalarini qiyoslash hamda kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti vakilining xalqaro forumdagi ishtiroki oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish, yangi kasbiy aloqalarni o‘rnatish va akademik hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday xalqaro tadbirlar O‘zbekiston tadqiqotchilarining jahon ilmiy-ta’lim makoniga integratsiyalashuviga, shuningdek, rus tili, adabiyoti va madaniyati sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Forumning rasmiy sayti:\
[
https://russianword.gr/confluence/
](https://russianword.gr/confluence/)
Forum dasturi:\
[
https://russianword.gr/confluence/программа/
](https://russianword.gr/confluence/программа/)
«Russkiy mir» portalidagi ma’lumot:\
[
https://russkiymir.ru/events/349701/
](https://russkiymir.ru/events/349701/)

October 27, 09:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 27, 09:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 27, 08:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#KUN_TALABASI
🗣
Toshqulov Asror Azamat o‘g‘li 19 yosh
🔵
Navoiy viloyat Navbaxor tumanida tug‘ilgan.
📌
Hozirda Navoiy innovatsiyalar universiteti 2-bosqich talabasi!
✅
Navoiy innovatsiyalar universitetining Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori.
✅
Iqtidorli talabalar guruhi a‘zosi.
✅
Yigirmadan ortiq she‘rlar muallifi.
✅
Do'stlik bayroği gazetasida bir nechta she‘rlari chiqqan.
✅
Navoiy radiosida bir necha marotaba eshittirishlar olib borgan.
✅
Yoshlar tashabbuslari marafoni doirasida tashkil etilgan yoshlar yetakchilari forumi hamda ijodkor yetakchi ko‘rik tanlovida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat sohibi.
📌
Hayotdagi shiori:Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intil, ezgulik qil, maqsading sari dadil qadam tashla va hech qachon orzularingdan voz kechma!”
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook