
Norin tuman Maktabgacha va Maktab talimi rasmiy kanali.
Norin tumani 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Baxtli bolalik” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, bolajonlarning beg‘ubor qalbi, iste’dodi va quvonchi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bayram ko‘tarinki ruhda, quvonch va shodlikka boy tarzda o‘tdi.
Barchamizga ayonki, bolalar — bizning kelajagimiz. Ularning sog‘lom, barkamol va baxtli ulg‘ayishi yo‘lida zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish har birimizning eng ezgu vazifamizdir.
Mazkur tadbir ham aynan shu ezgu maqsadlar yo‘lida tashkil etilib, bolalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Норин тумани 21-ДМТТда “Хайр боғчам, салом мактаб” байрам тадбири ўтказилди
25 май куни Норин туманидаги 21-ДМТТда “Хайр боғчам, салом мактаб” номли байрам тадбири бўлиб ўтди. Тадбир кўтаринки руҳда, байрамона муҳитда юқори савияда ташкил этилди.
Мазкур тадбирда мактабга тайёрлов гуруҳи болажонлари фаол иштирок этиб, ўзларининг турли чиқишлари, шеър ва қўшиқлари орқали йиғилганларга унутилмас таассурот ва байрамона кайфият улашдилар.
Тадбир якунида болажонлар фахрий ёрлиқлар ҳамда эсдалик совғалар билан тақдирландилар. Бундай тадбирлар болаларни мактаб ҳаётига пухта тайёрлаш, уларда билим олишга бўлган қизиқишни янада оширишга хизмат қилади.
#diqqat_eʼlon
#QABUL2026
✅
NORIN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2026-2027-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!
🎓
Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga
2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda
my.gov.uz
hamda
ariza.piima.uz
saytlari orqali amalga oshiriladi.
TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR
⚫️
oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;
⚫️
tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);
⚫️
ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;
⚫️
bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktabning:
⚫️
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga 48 nafar;
⚫️
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga 24 nafar;
⚫️
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga 24 nafar;
⚫️
shuningdek, 8-9-10 sinflarning mavjud bo‘sh o‘rinlariga o‘quvchilar qabul qilinadi.
☎️
Bog'lanish uchun
:
+998937758984
+998945010691
🎫
Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2026 .
Facebook
|
Telegram
|
You Tube
|
Instagram
KhIMIO 2026: SARALASH SINOVLARI OʻTKAZILDI
!
⚡️
Fan olimpiadalari markazi
tomonidan
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida
ishtirok etuvchi informatika
Terma jamoaga nomzodlarni saralash
bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Norin tuman maktabgacha va maktab taʻlimi bo''limiga qarashli
20-sonli umumta'lim maktab
ining
8-sinf
o'quvchisi
Shokirov Akbarjon Akmaljon o'g'li
Matematika va Informatika Xalqaro olimpiadasida jami
69.0
ball bilan
12-o'rin
da saralash bosqichiga o'tdi.
Ushbu saralashning natijalariga ko’ra
46 nafar
ishtirokchi saralab olindi.
➡️
Saralashda ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar darajasidagi
murakkab topshiriqlar
taqdim etilib, ularni bajarish uchun
5 soat
vaqt ajratildi.
Ma'lumot uchun:
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasi
kunlari
1-7-iyun
kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz,
saralashning ushbu bosqichi
g‘oliblari intensiv o‘quv mashg‘ulotlarda
ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Ёш истеъдод — Нориндан халқаро имкониятлар сари қадам
Норин тумани 2-сонли мактабнинг 11-синф ўқувчиси Зокиржонов Нодирбек Аброрбек ўғли яна бир муҳим ютуққа эришди — у муддатидан олдин талабалик мақомига эга бўлди.
У Рақамли иқтисодиёт ва агротехнологиялар университетида “Агробанк” ҳамкорлигида амалга оширилаётган “Coventry University” халқаро дастури доирасида 4 йиллик грант соҳибларидан бири сифатида танланди.
Мазкур грант ўқиш контракти, ётоқхона харажатлари ва “Агробанк”да амалиёт ўташ имкониятини ўз ичига олади.
“Coventry University” халқаро рейтингда 558-ўринни эгаллайди.
#Натижа
Бизнинг шундай фидойи устозларимиз бор!
Норин туманидаги 19-сонли Давлат мактабгача таълим ташкилоти тарбиячиси Қўчқарова Гулшода Ойбек қизи малака тоифа синовларида юқори натижа — 86 балл билан муваффақиятли иштирок этди.
У нафақат олий малака тоифасига эга бўлди, балки 70 фоизлик устамага ҳамда вазир жамғармаси номзодлигига тавсия этилди.
Бундай юксак ютуқ — устознинг меҳнати, билимга бўлган садоқати ва касбига бўлган юксак масъулияти самарасидир.
Устозимизга келгуси фаолиятида ҳам улкан омадлар, янги ютуқлар ва зафарлар тилаймиз.
#Ochiq_eshiklar_kuni
Norin tumanidagi 39-maktab bitiruvchilari NamDPIda
Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Norin tumanidagi 39-maktabning bitiruvchi yoshlari institutga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv binolari, auditoriyalar, amaliy va ilmiy faoliyat uchun mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ularga ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🏛
Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
YouTube
Bugun Norin tumanida
PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari
bo‘lib o‘tdi.
Unda tumandagi 17-maktabdan jami 25 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari faol ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun,
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study)
— bu bolalarning o‘qish savodxonligi darajasini xalqaro miqyosda baholovchi tadqiqot bo‘lib, o‘quvchilarning matnni tushunish va undan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlashga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot ta’lim tizimini takomillashtirish uchun muhim tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Mazkur baholash aynan bolalarning o‘qish rivojlanishidagi muhim bosqichda o‘tkaziladi:
— o‘qish uchun o‘rganishdan o‘rganish uchun o‘qishga o‘tish davrida.
Ushbu davrda o‘quvchilarning o‘qish yutuqlarini baholash ta’lim tizimi samaradorligini chuqurroq tushunish, mavjud muammolarni aniqlash hamda kelgusida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
⭐️
LOGOPEDIYA – TA’LIMDAGI TAMAL TOSH
✍️
agar u, vaqtida o‘z joyiga o‘rnatilmasa, natijalar ijobiy bo‘lmaydi.
🎚️
Haqiqatdan shundaymi?
Norin tumanining “Yashik” mahallasida joylashgan 38-DMTTda logoped-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan “Logopedik faoliyatda sensor integrasion yondashuvdan foydalanish usullari” nomli viloyat seminari
ushbu savolga javob axtardi. Unda sohaning tor doiradagi mutaxassislari ishtirok etdi.
💻
Seminar sho‘x bir raqs bilan boshlandi. Zero, logopediyaning tugal mazmuni shunday: taktil, muvozanat, nafas va harakat. Ularning uyg‘unlashuvi artikulyasion mashqlarni yanada osonlashtiradi.
↗️
Darvoqe, seminar uchun
“O‘yin orqali ravon nutq sari”, nomli rukn tanlanganligining o‘ziyoq, ko‘tarilayotgan masala maktabgacha ta’limga xos bo‘lgan o‘yin asosida hal etilishidan darak
edi.
➡️
Shunday ham bo‘ldi: musiqa sadosi ostida Shavkatbek, Gulnora, Imron, Robiya, Asqarjon singari “sayyoh”lar logoped ustozlari Gulmira Xolmatova bilan yo‘lga tushishdi. Ular “muvozanat yo‘lakchasi”dan o‘tib borishar ekan, bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinlar hosil qilishdi.
➡️
Jarayonlarda esa, tovushlar labaratoriyasida yuz bergan “artikulasion nosozlik” bartaraf etildi.
▶️
Eng muhimi, mazkur logopedik amaliyotda sensor integratsiya elementlaridan foydalanish usullari, maxsus mashqlar va metodik yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Ushbu yondashuv bolalarda nutq faoliyatini faollashtirish, diqqatni yig‘ish, muvozanatni saqlash, xotira va motor ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berdi. Natijada, sensor integratsiyaga asoslangan logopedik ishlar nutq nuqsonlarini samarali korreksiya qilishda muhim vosita ekanligi asoslab berildi.
↪️
Tashkilot logopedi Gulmira Xolmatova tashkil etgan ushbu amaliy mashg‘ulotning nazariy bilimlari ham uning o‘zi tomonidan taqdim etildi. Shu tariqa mavzu mazmuni “Sensor integratsiya nima?” degan savolning javobida tugal mohiyat kasb etdi.
💬
Unga ko‘ra, sensor integratsiya – bu inson organizmining turli sezgi tizimlari orqali (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teginish, vestibulyar va propriotseptiv sezgilar) kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, tartibga solish va ularni bir butun holatda qayta ishlash jarayoni ekanligi bayon etildi.
➡️
Soddaroq aytganda, sensor integratsiya – bu miyamizning tanamiz va atrof-muhitdan kelayotgan signallarni “tartibga solib”, ularga mos ravishda to‘g‘ri javob berish qobiliyati, deb aytildi.
↪️
Haqiqatdan ham seminarning amaliy mashg‘ulotlarida o‘yin o‘ynagan bolalar ta’mni, rangni, og‘irlik va yengillikni, hatto, mehr-muhabbatni xis etishdi. O‘rganishdi. Ularning qalbiga olamning dastlabki sirlari muhrlandi.
✅
Tadbir so‘ngida tuman MMTB boshlig‘i Farhod Pahritdinov bo‘lib o‘tgan seminar ishiga yuqori baho berdi. Tashkilot jamoasi va direktoriga rahmatlar aytdi.
😊
Saidolim ABDURAHMONOV, viloyat MMTB matbuot kotibi
✅
@press_Namangan_MMTB
🏫
Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)?
➖
Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi.
🔰
Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak?
Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l...
Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal?
➖
Sog‘lom rejim:
Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti!
➖
Vaqt tejalishi:
Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin.
➖
Xavfsizlik va xotirjamlik:
Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir.
➖
Ijtimoiy muhit va do‘stlar:
Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi.
Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima?
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin