
NUROTA24 | TEZKOR XABARLARI
🛡
ZIRH BOT’da
yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli
ZIRH BOT
uchun yangi
Anti-Spam
himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️
Yoqish:
/antispam
⚠️
Eslatma:
Funksiya hozircha
BETA
bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa,
@zirh_support
ga yozing.
➕
Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐
WEBSAYT
|
🌐
TELEGRAM
|
🛡
ZIRH BOT
👉
Нурота хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+S5fxfgVHP
NhiNTRi
📍
Nurota tumanidagi Chashma majmuasiga sayohat qiling!
🕌
Nurota tumanining eng qadimiy va muqaddas maskanlaridan biri bo‘lgan
Chashma majmuasi
bugun ham minglab sayyohlar va ziyoratchilarni o‘ziga chorlab kelmoqda.
💧
Muqaddas chashma suvi, asrlar davomida saqlanib qolgan tarixiy obidalar hamda betakror, sokin muhit bu yerga tashrif buyurgan har bir inson qalbiga taskin va xotirjamlik baxsh etadi.
🌿
Chashma majmuasi nafaqat tarixiy meros, balki ma'naviy qadriyatlarimizning yorqin timsoli hamdir. Bu yerda ajdodlarimiz qoldirgan boy meros bilan yaqindan tanishish, tabiat bag‘rida maroqli hordiq chiqarish va unutilmas taassurotlar olish mumkin.
✨
Siz ham Nurotaga tashrif buyuring va Chashma majmuasining betakror tarixiy hamda ma'naviy muhitini o‘z ko‘zingiz bilan kashf eting!
#Axborot24
| 26.07.2026
Yerdan samarali foydalanishda yangicha yondashuv
📍
"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Mamlakatimizda davom etayotgan
"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi"
doirasida Nurota tumani
"Qizilcha"
mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Mahalla hududlarini yanada obod va fayzli qilish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida ko‘chalar tartibga keltirilmoqda, ariq-zovurlar tozalanmoqda, daraxtlarga ishlov berilib, hududlar chiqindilardan xoli etilmoqda.
🏆
NAVOIY VILOYATI FUTBOL BO‘YICHA 2-LIGA MUSOBAQASI
NUROTA 6:3 UCHQUDUQ
📍
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan Nurota tumanida qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari Ravshan Namazov, Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Shokirjon Sadinov shuningdek, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni agrar tarmoqqa keng jalb etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta'minlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
📸
Jarayondan lavhalar
🌟
Dehibaland mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Mahallada ichki yo‘llar ta'mirlanib, piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha obyektlarini obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
🌟
Bugungi kunda barcha ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Asosiy maqsad — mahalla aholisiga zamonaviy, qulay va obod yashash muhitini yaratishdir.
📍
Quyida Dehibaland mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
⚕️Nurotada onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari tanqidiy tahlil qilindi
Nurota tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Bobomurodova rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida fertil yoshdagi ayollar bilan ishlash, ularni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish va profilaktik tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi. Mazkur yo‘nalishda natijadorligi past bo‘lgan 13-oilaviy poliklinika, Sentob oilaviy shifokorlik punkti, Papanay hamda Jilontamg‘ali oilaviy shifokorlik punktlari va boshqa ayrim davolash-profilaktika muassasalari faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Mas’ul rahbarlar, patronaj hamshiralari va doyalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, ularga xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Xalqaro ekspertlar Nurota tumanining rivojlanish istiqbollarini o‘rgandi
Nurota tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” hamda “O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” dasturlari doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Azamat Fayziyev xalqaro konsultantlar bilan muzokaralar olib borib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud infratuzilma holati va hududni kompleks rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Muloqot davomida zamonaviy shaharsozlik yechimlarini joriy etish, infratuzilmani takomillashtirish, hududning investitsion jozibadorligini oshirish hamda fazoviy rivojlanish rejalari va master-rejalarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur hamkorlik hududning barqaror rivojlanishi, aholining yashash sifati va investitsion salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik
📍
Dehibaland mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahalla sifatida tanlab olingan Dehibaland mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida mahallada ichki yo‘llarni ta'mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va ijtimoiy soha obyektlarini obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tuman hokimi mutasaddilar, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida shtab yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.