
Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar
📣
⚠️
📣
Ёзги семестрда ўқиётган талабалар диққатига!
2025-2026 ўқув йили
Кундузги
Кечки
Масофавий
Сиртқи
Магистратура
👉
🔍
Хемисда шахсий қайдномалар яратилди, Рейтинг дафтарчадан баҳоларни қўйилганлигини текшириб олиш керак.
Ҳар бир фан ўқитувчисидан шахсий қайдномадан баҳойингизни қўйилганлигини аниқлаштиринг.
Шахсий қайдномада кўрсатилган муддатгача баҳоларингизни қўйдиршингиз керак.
👉
🔍
Ёзги семестрда ўқиган фанларингиздан олган баҳоларингиз Хемис тизимига қўйилмагунча деканатга хабар бериб туришингиз лозим.
Qadrli O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari, aziz hamkasblar!
Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyomi —
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik bayrami
bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Yurtimizda hamisha tinchlik va barqarorlik hukm sursin, xalqimiz farovon, oilalarimiz qut-barakali, farzandlarimiz baxtli bo‘lishsin!
Mustaqillik — bu avvalo milliy g‘urur va o‘zligimizni anglash, qadriyatlarimiz va muqaddas an’analarimizning qaytarib berilishi, ilm va taraqqiyot yo‘lidagi buyuk parvozimizdir. Bugun erkin va ozod Vatanimizda milliy istiqlol bayrami butun mamlakatimiz bo‘ylab yuksak kayfiyat va baland ruh bilan nishonlanmoqda. Bu yilgi qutlug‘ bayramimizni barchamiz katta shodiyona bilan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
degan hayotbaxsh va ulug‘vor shior ostida kutib olmoqdamiz. Zero, hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q”
.
Bugun biz mamlakat taraqqiyotining mutlaqo yangi bosqichiga —
milliy yuksalish davriga
qadam qo‘ydik. Ushbu mas’uliyatli va tarixiy pallada oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar rivoji mamlakatimiz ravnaqi va istiqboli uchun eng hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Davlatimiz rahbari aytganlaridek,
“Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimiz uchun bizga bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan, mustaqil fikriga ega bo‘lgan yangi avlod mutaxassislari kerak”
.
Mana shunday yuksak vazifalar va ulug‘vor g‘oyalar bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan jamoamiz tufayli oliygohimizda ulkan o‘zgarishlar va muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmoqda. Bugungi kunda
O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy salohiyatning izchil oshib borayotgani
, zamonaviy standartlarga mos ravishda barpo etilayotgan
yangi binolar, talabalar turar joylari hamda eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan ilmiy-o‘quv laboratoriyalarining qurilib, foydalanishga topshirilayotgani
— muqaddas istiqlolimiz bergan buyuk imkoniyatlar hamda muhtaram Prezidentimizning oliy ta’lim sohasida olib borayotgan oqilona siyosatining yaqqol amaliy namunasidir.
Bir asrlik poydevorga ega O‘zbekiston Milliy universiteti bugungi kunda dunyo universitetlarining nufuzli reytinglaridan munosib o‘rin egallab kelmoqda. Ammo biz erishilgan bu natijalar bilan cheklanib qolmaymiz! O‘z oldimizga yanada ulug‘vor va uzoqni ko‘zlagan yangi marralarni qo‘ymoqdamiz. Ishonchimiz komilki, jamoamizning yuksak intellektual salohiyati, tashabbuskorligi va mustahkam birdamligi evaziga
O‘zbekiston Milliy universiteti tez fursatda
xalqaro miqyosda o‘zining yetakchilik mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Universitetimiz ravnaqi, ilm-fan rivoji va Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida qilayotgan har bir
fidokorona mehnatingiz va jasoratingiz uchun
barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Sizlarni va oila a’zolaringizni muqaddas bayram — O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman!
Xonadonlaringizga doimo tinchlik-omonlik, dasturxonlaringizga baraka, mas’uliyatli va sharafli
ilmiy hamda pedagogik faoliyatingizga yuksak zafarlar yor bo‘lsin!
Jonajon Vatanimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Inom MADJIDOV
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🇺🇿
Bundan roppa-rosa 35 yil avval, 1991-yil, 31-avgust:
“Men shu bugundan e’tiboran 1-sentabrni Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif etaman!” – Islom Abdugʻaniyevich Karimov
@Ulugbek_Tukhtayev
https://www.instagram.com/reel/Dcqu0f4ChGk/?igsi=N2NpaWR2NmRvdDF0
#natija
#oʻqishnikoʻchirish
⚡️
O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun
transfer.edu.uz
platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga
o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash)
yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga
o’qishni ko’chirish bo‘yicha
yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅
Talabalar o‘z arizalari natijasini
transfer.edu.uz
platformasidagi
shaxsiy kabineti
orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar
o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga
murojaat qilishlari lozim.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
|
#bizning_manzil
🇺🇿
O'zbekiston Milliy universiteti talabalar turar joylari manzillari
:
📍
1-sonli talabalar turar joyi
📍
2-sonli talabalar turar joyi
📍
3-sonli talabalar turar joyi
📍
4-sonli talabalar turar joyi
📍
5-sonli talabalar turar joyi
📍
6-sonli talabalar turar joyi
📍
7-sonli talabalar turar joyi
📍
9-sonli talabalar turar joyi
📍
12-sonli talabalar turar joyi
📍
14-sonli talabalar turar joyi
📍
16-sonli talabalar turar joyi
📍
18-sonli talabalar turar joyi
⏺
Biz shu yerdamiz:
🕊
Telegram
🌐
Instagram
📢
Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da
boshlanadi
2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.
🔰
Mazkur tartib poytaxtda
transport oqimini samarali tashkil etish
, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi
yuklamani kamaytirish
hamda taʼlim jarayonini yanada
maqbul tashkil etishga
qaratilgan.
➡️
Xususan, dars mashgʻulotlarining ertaroq boshlanishi oliy taʼlim tashkilotlariga qatnaydigan talabalar va professor-oʻqituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport vositalari oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.
⤵️
Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun
oʻquv kunini toʻgʻri rejalashtirish, mashgʻulotlar va boshqa oʻquv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga
xizmat qiladi.
❇️
Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida
Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar hamda talabalar
mazkur tartibni inobatga olishlari soʻraladi.
✅
Taʼlim tashkilotlarida oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, oʻquv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
☝️
Eslatib oʻtamiz,
mazkur tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab
Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi
oʻquv mashgʻulotlariga taalluqlidir.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
#Muhim
Talabalar qaysi sanadan boshlab o‘qishga chiqadi?
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavriat va magistraturaning tegishli ta’lim shakllari uchun 2026/2027-o‘quv yili quyidagi sanalardan boshlanadi:
⏺
Bakalavriat (kunduzgi):
➖
1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
➖
2-kurslar uchun — 10-sentyabr;
➖
3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi.
⏺
Bakalavriat (kechki):
➖
1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
➖
2-kurslar uchun — 10-sentyabr;
➖
3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi.
⏺
Bakalavriat (masofaviy):
➖
1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi;
➖
Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.
⏺
Bakalavriat (sirtqi):
➖
5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;
➖
4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;
➖
3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
____
⏺
Magistratura (kunduzgi):
➖
1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
➖
2-kurslar uchun — 10-sentyabr;
⏺
Magistratura (kechki):
➖
1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
➖
2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;
⏺
Magistratura (masofaviy):
➖
1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi;
➖
1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.
📰
Ma’lumot uchun:
birinchi kursga qabul qilingan bakalavriat
kunduzgi ta’lim shakli talabalari 3-sentyabrdan boshlab talabalar turar joyiga joylashish bilan bog‘liq masalalarini hal qilish uchun universitetga tashrif buyurishlari mumkin.
🕓
14-sentyabrdan boshlanadigan o‘quv jarayonlarida har bir fakultet va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantiriladigan dars jadvallari bo‘yicha
mashg‘ulotlarning boshlanish vaqtlarini
talabalar Hemis axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlaridan One ID orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
📣
⚠️
📣
Ёзги семестрда ўқиётган талабалар диққатига!
2025-2026 ўқув йили
Кундузги
Кечки
Масофавий
Сиртқи
Магистратура
👉
🔍
Хемисда шахсий қайдномалар яратилди, Рейтинг дафтарчадан баҳоларни қўйилганлигини текшириб олиш керак.
Ҳар бир фан ўқитувчисидан шахсий қайдномадан баҳойингизни қўйилганлигини аниқлаштиринг.
Шахсий қайдномада кўрсатилган муддатгача баҳоларингизни қўйдиршингиз керак.
👉
🔍
Ёзги семестрда ўқиган фанларингиздан олган баҳоларингиз Хемис тизимига қўйилмагунча деканатга хабар бериб туришингиз лозим.
#TalimGranti
#Natijalar
#QaytaTaqsimlash
2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi!
🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi
149-sonli qarori
bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, 2026/2027-o’quv yili
ikkinchi va uchinchi kurs
talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi va universitet Kengashi qarori bilan tasdiqlandi.
Ushbu jarayonda quyidagi muhim jihatlarga amal qilindi:
🗣
HEMIS axborot tizimi
orqali talabalarning GPA ko‘rsatkichlari yuklandi. Nizomga hamda Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, 2-kursdan 3-kursga o‘tadigan talabgorlarning GPA ko‘rsatkichlari umumiy ko‘rsatkichdan
joriy yillik GPA
ko‘rsatkichiga o‘tkazildi.
🗣
Universitet (OTM) grantiga da’vogarlik qilish uchun talabalardan joriy o‘quv yilida akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi
GPA 3,5 va undan yuqori
bo‘lishi talab etildi.
Kengash qaroriga ko‘ra, talabalar uchun grantlar quyidagi toifalar bo‘yicha tasdiqlandi:
⏺
To‘liq ta’lim granti;
⏺
To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti;
⏺
Qo‘shimcha davlat granti;
⏺
OTM (universitet) granti.
Natijalar bilan tanishing:
👉
Bakalavriat yo'nalishlari
👉
Magistratura mutaxassisliklari
📰
Apellyatsiya tartibi:
Ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab
48 soat davomida
universitetning rasmiy elektron pochtasi (grant_apelyatsiya@nuu.uz) orqali
apellyatsiya arizasini
yuborishlari mumkin. Apellyatsiya arizalari
3 kun muddat ichida
ko‘rib chiqiladi.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin