Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O'zMU | Rasmiy kanal

nuu_uz
Özbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali Rasmiy sayt: nuu.uz 📲 facebook.com/nationaluniversityuzbekistan 📲 instagram.com/nuu.uz 📲 youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan
Подписчики
16 241
24 часа
-21
30 дней
-642
Просмотры
2 242
ER
13,8%
Посты (30д)
181
Символов в посте
1 249
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 15:31
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA “YURTIM QADRIYATLARI” TANLOVI O‘TKAZILDI
🔺
O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida
“Yurtim qadriyatlari”
tanlovi o‘tkazildi.
🔺
Unda fakultetlar talabalari o‘z jamoalari bilan ishtirok etib, milliy merosimizning boyligi va o‘ziga xosligini namoyish etdilar.
🔺
Tanlov davomida ishtirokchi jamoalar yurtimizning boy tarixi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari va madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan chiqishlari bilan o‘zaro bellashdilar.
🏆
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin
— “Sharqona” jamoasi, Fizika fakulteti;
🥈
2-o‘rin
— “Guliston qizlari” jamoasi, Xorijiy filologiya fakulteti;
🥉
3-o‘rin
— “Zabarjad” jamoasi, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti.
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 28, 15:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoir, adib va jurnalistlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 28, 13:58
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

O‘zMUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🇺🇿
Bugun, 28-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoir, adib va jurnalistlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor
Tunis Hojiyev
ochib berdi.
⏺
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, jurnalist
Dadaxon Yoqubov,
shoirlar
Yahyoxon Fayoz
va
Shodi Otamurod,
shuningdek, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti dotsenti
To‘lqin Eshbek
ishtirok etdi.
⏺
Uchrashuv davomida mehmonlar zamonaviy adabiy jarayonlar, badiiy tafakkur, milliy adabiyotning ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Batafsil
👉
nuu.uz
👉
На русском
👉
In English
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 28, 11:11
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

O‘zMU vakillari Italiyada kiberxavfsizlik ta’limini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda
🇮🇹
Joriy yilning 26–30-oktabr kunlari Italiyaning Pisa shahridagi Sant’Anna oliy tadqiqotlar maktabida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida xalqaro ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ham ishtirok etmoqda.
🇺🇿
Tadbirda Yevropa va Markaziy Osiyodagi hamkor oliy ta’lim muassasalari, tegishli vazirliklar vakillari hamda sanoat ekspertlari ishtirokida kiberxavfsizlik sohasida mutaxassislar tayyorlash, ta’lim dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Madrid politexnika universiteti (Universidad Politécnica de Madrid — UPM), Antverpen universiteti (University of Antwerp — UAntwerp), Sant’Anna oliy tadqiqotlar maktabi (Scuola Superiore Sant’Anna — SSSA) va Buxarest milliy fan va texnologiya universiteti (National University of Science and Technology POLITEHNICA Bucharest — UNSTPB) mutaxassislari kiberxavfsizlik yo‘nalishida GLP talablari asosida ta’lim berish hamda laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish kompaniyalari ishtirokida kiberxavfsizlik tizimlariga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Batafsil
👉
nuu.uz
👉
На русском
👉
In English
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 28, 11:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#ma’rifat_ulashib
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan
Olmazor tumanidagi 16 va 24-maktablarda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, ijodkorlar
Yahyoxon Fayoz
,
Shodi Otamurod
bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 28, 10:39
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

“Ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalari uchun taqdimot o‘tkazildi
🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi mutaxassislari
tomonidan
“Ijtimoiy ish” yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun taqdimot
tashkil etildi.
📝
Taqdimotda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari,
ijtimoiy himoya tizimida qo‘llanilayotgan ilmiy asoslangan yondashuvlar hamda ularning amaliy ahamiyati
haqida ma’lumot berildi.
📰
Shuningdek,
ijtimoiy ish sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish,
dalillarga asoslangan yondashuvlardan foydalanish va bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
#IjtimoiyIsh
#Oliytalim
#Hamkorlik
#OTM
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 28, 10:29
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#ma’rifat_ulashib
Maktablarda adib va yoshlar uchrashuvlari tashkil etildi
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan
Olmazor tumanidagi 16 va 24-maktablarda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, ijodkorlar
Yahyoxon Fayoz
,
Shodi Otamurod
bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
📰
Dastlab ushbu maktablarda mehmon ijodkorlar, universitet mas’ullari va maktablar rahbariyati ishtirokida
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari
bo‘lib o‘tdi.
⏺
Uchrashuvlar davomida adiblar tomonidan maktab o‘quvchilariga vatanparvarlik, adabiyot va ilmga muhabbat qo‘yish, katta marralar sari dadil harakat qilish, oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish kabi mavzularda taklif va tavsiyalar berildi. Tadbir o‘quvchilar bilan muloqot shaklida davom etdi.
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 28, 10:29
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

October 28, 10:08
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi. Unda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, ta’lim va fan vazirlari, 500 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliygoh rahbarlari hamda mingdan ziyod ekspert ishtirok etmoqda.
Forumning ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdim.
Davlatimiz rahbari qutlovida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik mustahkamlanayotgani ta’kidlandi. Qariyb 85 million aholiga ega mintaqamizning eng katta boyligi esa bilimga intilayotgan yosh avloddir.
“Ana shu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuchga aylantirishda eng samarali yo‘l – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir”,
– deyiladi murojaatda.
Prezidentimiz O‘zbekistonda ta’lim islohotlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini qayd etgan. Yaqinda maktabgacha va maktab ta’limi, kasbiy va oliy ta’lim hamda ilm-fan boshqaruvi yagona tizimga birlashtirildi. Bundan maqsad – bolaning dastlabki bilim olishidan yetuk mutaxassis va olim bo‘lib shakllanishigacha bo‘lgan bosqichlar uzviyligini ta’minlash.
Murojaatda ta’lim yoshlarni mustaqil fikrlash, ijod qilish va umri davomida o‘rganishga tayyorlashi zarurligi ta’kidlangan. O‘qituvchi va murabbiylarning rolini oshirish, maktab, texnikum, universitet hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ayniqsa, qizlar, chekka hududlardagi bolalar va alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish muhim vazifalar sifatida ko‘rsatildi.
Prezidentimiz sun’iy intellekt va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish, universitetlar o‘rtasidagi qo‘shma dasturlar va tadqiqotlarni ko‘paytirish, talaba hamda olimlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoni ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdek strategik maqsad yo‘lida forumda amaliy takliflar ilgari surilishiga ishonch bildirdi.
—
В Ташкенте начал работу Международный образовательный форум Центральной Азии. В нем участвуют представители более 40 стран, в том числе министры образования и науки, около 500 руководителей узбекистанских и зарубежных вузов и свыше тысячи экспертов.
На церемонии открытия форума зачитал послание Президента Шавката Мирзиёева к участникам мероприятия.
В приветствии главы нашего государства отмечено укрепление взаимного доверия, добрососедства и партнерства между странами Центральной Азии. Главное богатство региона при населении около 85 миллионов человек – молодое поколение, стремящееся к знаниям.
«Самый действенный путь к превращению этого огромного демографического потенциала в мощную интеллектуальную силу – качественное современное образование и воспитание»,
– говорится в обращении.
Президент нашей страны отметил, что реформы образования в Узбекистане стали одним из приоритетов государственной политики. Недавно управление дошкольным, школьным, профессиональным и высшим образованием, а также наукой объединено в единую систему. Цель – обеспечить преемственность всех этапов: от получения ребенком первых знаний до становления квалифицированного специалиста и ученого.
Подчеркнуто, что образование должно готовить молодежь к самостоятельному мышлению, творчеству и обучению на протяжении всей жизни. Среди важных задач названы повышение роли педагогов и наставников, укрепление сотрудничества между школами, техникумами, университетами и производством, расширение возможностей для девочек, детей из отдаленных районов и молодых людей с особыми образовательными потребностями.
Глава нашего государства выразил уверенность, что на форуме будут выдвинуты практические предложения, служащие стратегической цели – превратить Центральную Азию в общее интеллектуальное пространство, объединяющее просвещение, высокие технологии и инновации.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 28, 07:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni özaro işonç va döstlik diyoriga, ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga aylantirişdir.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi iştirokçilariga
tabrik yölladi.
Asrlar davomida bir mintaqada yaşab kelayotgan Markaziy Osiyo xalqlari bugungi kunda yanada hamjihat bölib, köplab dolzarb muammolarni birgalikda hal etayotgani barçamizni albatta xursand qiladi.
Bu haqda söz yuritganda, mamlakatlarimiz örtasida özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va amaliy şeriklik muhiti mustahkamlanib, mintaqamiz jahon miqyosida kuçli mavqega ega bölib borayotganini ta’kidlaş lozim.
Bu borada ta’lim böyiça hamkorlik ğoyat muhim ekani, davlatlarimizning kelgusi taraqqiyoti şu sohadagi intiliş va islohotlarimiz samarasiga boğliqligini barçamiz yaxşi tuşunamiz.
Tabiiyki, biz ta’lim yönalişida ham buyuk alloma va mutafakkirlarimiz merosiga tayanamiz. Bunday boy ma’rifiy an’analarni bugungi texnologik davr talablari bilan uyğunlaştiriş böyiça katta imkoniyatlarga egamiz.
Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8 foizga ösişi prognoz qilinmoqda. Bu mintaqamiz jadal rivojlanayotgan va yuksak istiqbolli hududlardan biriga aylanib borayotganidan dalolatdir.
Heç şubhasiz, qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqamizning bebaho boyligi bu – bilimga çanqoq, katta orzu-intilişlar bilan yaşayotgan yoş avlodimizdir. Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiyadir.
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram