Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

ochun_uz
🌐 OCHUN.UZ saytining rasmiy Telegram kanali Murojaat va takliflar uchun: @Ochun_Uzgamurojaat Facebook facebook.com/profile.php?i Instagram instagram.com/ochunuz YouTube youtube.com/channel/UCPh4VJhpvzxyIMRrniF2e_g Tel +99899 129 21 29
Подписчики
7 420
24 часа
-135
30 дней
-3 001
Просмотры
606
ER
8,17%
Посты (30д)
94
Символов в посте
528
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 13:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
G‘IJDUVON TUMANIDA 180 O‘RINLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
bizga obuna bo‘ling

October 26, 13:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Kinomatografiya agentligi tugatiladi — prezident
Kino sohasida davlat siyosatini yuritish vakolati Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi. “O‘zbekfilm”ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi bo‘lgan “O‘zbekfilm” tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi “O‘zbekfilm milliy kinokompaniyasi” tashkil etiladi.
bizga obuna bo‘ling

October 26, 07:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Soliqchi  tadbirkorga jazodan oldin maslahat, muammodan oldin yechim bermoqda!
Mo‘may pul topaman deb qonunni chetlab o‘tish oson tuyulishi mumkin. Ammo bugungi oson yo‘l ertangi katta muammoga aylanmasin! Oxir-oqibat, topgan foydangizdan ko‘ra zararingiz ko‘proq bo‘lib qolishi mumkin.
Yashirin iqtisodiyot
— bu shunchaki qoidani buzish emas, balki o‘z biznesingizni xavf ostiga qo‘yishdir.
Ayniqsa, fiskal belgilar, avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha talablarga beparvo qarash ham qonunbuzarlikka olib kelishi mumkin.
Shunday ekan, soliqdan qochish evaziga ko‘proq daromad topish deb yillar davomida mehnat qilib qurgan biznesingizni xavf ostiga qo‘ymang.
Chunki soliqdan qochib topilgan foyda emas,
qonuniy yo‘l bilan topilgan daromad barakali bo‘ladi.
Buning oqibatlari va tadbirkorlarni nimalar kutayotganini esa videorolikni oxirigacha ko‘rib, o‘zingiz xulosa qiling.
bizga obuna bo‘ling

October 26, 06:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Samarqandda bir gektardan 80-90 sentnerdan paxta olinmoqda
Bunga “Shinjon” nomli agrotexnologiya yordamida erishilmoqda. Bunday yangicha amaliyot Kattaqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligida sinab ko‘rildi. Natijada, oldingi yillarga nisbatan xarajat kamayib, hosildorlik oshdi.
bizga obuna bo‘ling

October 25, 07:44
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Buxorodagi xonadonda qalbaki pullar va giyohvandlik vositalari saqlangani aniqlandi
Vobkent tumanidagi xonadondan 3 mln so‘mdan ortiq qalbaki banknotalar, marixuanaga o‘xshash modda va 7 tup kannabis o‘simligi
topildi
.
bizga obuna bo‘ling

October 25, 01:20
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“Choshtepa” bekatida poyezd va metro o‘rtasida transport almashinuvi yo‘lga qo‘yildi
Endi yo‘lovchilar bekat orqali shaharlararo elektropoyezddan tushib, metroga qulay tarzda o‘tishi
mumkin
.
bizga obuna bo‘ling

October 24, 12:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qoraqalpog‘istonda avtomashinaning orqa o‘rindig‘i ostidan 23 dona o‘q-dori topildi
“Dovut-ota” chegara bojxona postida Gruziyadan Tojikistonga ketayotgan yuk avtomobiliga ortilgan BMW tekshirilganda, uning orqa o‘rindig‘i ostidan 23 dona 9 millimetrli patron
aniqlangan
.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ochun.uz

October 24, 10:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Andijonda chegaradan olib chiqilayotgan 20 ming dollar aniqlandi
Xonobod chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan avtomobil tekshirilganda, bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 20 ming dollar naqd pul
topilgan
.
bizga obuna bo‘ling

October 24, 05:59
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Toshkentning Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi
Suv havzasi 90 sotixlik dam olish maskanida joylashadi. Uning atrofida sayr yo‘laklari tashkil etilib, mavjud 66 tup daraxt saqlab qolinishi
rejalashtirilgan
.
bizga obuna bo‘ling

October 23, 14:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2030 - yil 1-yanvardan tibbiyot va farmasevtika faoliyati bilan faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin
❗️
Hukumatning 2026 yil 19 oktyabrdagi 577-son qarori bilan Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
🗓
Qarorga ko‘ra, 2030 yil 1 yanvardan boshlab tibbiyot va farmasevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi muayyan mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shaxslarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha tibbiy yoki farmasevtika kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.
Vakolatli organ — Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi.
📅
2027 yil 1 iyuldan 2030 yil 1 yanvarga qadar tibbiyot va farmasevtika xodimlari mutaxassisligi bo‘yicha ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga ko‘ra yoki malaka toifasini berish jarayonida avtomatik ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20 yillik ish staji va ilmiy darajaga ega xodimlar maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Biroq murojaat sanasiga qadar mutaxassisligi bo‘yicha uch yil yoki undan ortiq vaqt davomida uzluksiz kasbiy faoliyatni amalga oshirmagan xodimlar bundan mustasno.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat qilish mumkin. Elektron arizalar dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, sutkasiga 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Vakolatli organ taqdim etilgan so‘rovnomani 5 ish kuni ichida o‘rganib, talabgorni maxsus imtihonga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Uni Tibbiyot va farmasevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri orqali tekshirish mumkin. Guvohnomaning qog‘oz shaklidagi asl nusxasi yoki dublikati berilmaydi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xodimlar kasbiy faoliyatini davom ettirish uchun har besh yilda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
‼️
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
bizga obuna bo‘ling