
Odilbek Qodirov | Sheʼrlar 🇺🇿
Hurmatli obunachilar bir masalada yordamingiz kerak. Bu moddiy(pul) yordam emas. Telegram orqali 2 minut vaqt sarflaysiz. Imkoni borlar
@qodirov_odilbek
ga yozing.
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
#premyera
#mp3
YOMONAM SEVAMAN
🎙
Bahriddin Zuhriddinov
✍
Odilbek Qodirov
Bastakor: Shaxzod Ismatov
Yangi qoʻshigʻimiz sizlar uchun
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Ixtiyor Sulaymonov dan yangi qoʻshiq
Odilbek Qodirov sheʼri
TUR OʻRNINGDAN ISHNI QIL
(dangasalarga yuborib qoʻyamiz)
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Ertaga 18:00 da Bahriddin Zuhriddinov dan premyera tarona.
Odilbek Qodirov sheʼri
Shahzod Ismatov musiqasi bilan
YOMONAM SEVAMAN
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Borardim toʻyinga
🎙
Davronbek
✍
Odilbek Qodirov
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
📜
VATAN BAYROG‘I
🎙
𝐙𝐢𝐧𝐧𝐮𝐫𝐚
She‘r muallifi: Odilbek Qodirov
BAYRAM MUBORAK O‘ZBEKISTON
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Barchangizni ushbu kun bilan tabriklayman aziz yurtdoshlar.
O‘ZBEKISTON BAYROG'I
Butun yurt iftixori, g'ururi ham o‘zingsan.
Musaffo osmon ostin huzuri ham o‘zingsan.
Jahonda g‘alabalar sururi ham o‘zingsan.
Ranglaring ko‘rk, go‘yo ko‘k, yashil, qizil-u oqi.
Mangu hilpirab turgin O'zbekiston bayrog‘i!
Temurdek shijoating, To‘marisdek shaxding bor.
Manguberdidek yurtga jonni tikar axding bor.
Mardlar uchun Yurtdeksan, shanisan, nomus-u or.
Buyukliging oldida, tinmas tanam titrog‘i.
Mangu hilpirab turgin O‘zbekiston bayrog'i!
Go‘yo madad, kelajakka yo‘l ocharsan, imkonsan.
Vatan degan yuraklarga ma'sul bo‘lgan ilk onsan.
Hilol oyni quchib turgan muqaddassan, Islomsan.
O'ttiz olti million xalqni o‘zing porlar chirog'i.
Mangu hilpirab turgin O‘zbekiston bayrog'i!
Mustaqil yurt, erkin bo‘lgan xur vatanda toj o‘zing.
O‘zligimdan darak berar o‘n ikkita yulduzing.
Har jabhadan ma'no erur tasvir bo‘lgan har izing.
Tarixdeksan, o‘zbegimning asli yaqin-yirog‘i.
Mangu hilpirab turgin O‘zbekiston bayrog'i!
Yurtim, bir farzandingman, xizmatingdaman xalqim.
Duo qil, rozi etay, niyyatingdaman xalqim.
Ramzlarim xalq, yurt yuzi, yod etmasam yo‘q xaqqim.
Ko‘rsam g'ururim jo‘shar, jo‘shar qalb iftixori.
Yana bir yosh muborak O‘zbekiston bayrog'i!
✍
Odilbek Qodirov
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
#premyera
#mp3
XOJIM MANI
🎙
Mamurjon Ibaydullaev
✍
Odilbek Qodirov
Yana bir toʻy bob qoʻshiq premyerasi sizlar uchun. Onalarimizni oʻyinga taklif qilamiz
😉
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
СЕНСИЗ АЗОБЛАРДА ҚОЛДИ ЮРАГИМ
🖌
Одилбек Қодиров.
🎤
Музаффар Ҳафизович.
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
ONAJONIM JON ONAM
Duosi qalqon onam,
Siz mehrga kon onam.
Chiroyligim yagonam,
Onajonim jon onam.
Hayotimsiz jon rishtam,
Oilam der sarishtam.
Xudo bergan farishtam,
Onajonim jon onam.
Soʻzlari dardga dorim,
Fayzim mening madorim.
Siz gullagan bahorim,
Onajonim jon onam.
Bori meni boyligim,
Poyi jannat joyligim.
Oʻzimni chiroyligim,
Onajonim jon onam.
Koʻzim nuri chirogʻim,
Yomonlikdan yirogʻim.
Hammadan yaxshirogʻim,
Onajonim jon onam.
Maʼlumdir buyukligi,
Ham joni kuyukligi.
Dadamni suyukligi,
Onajonim jon onam.
Siz bor joʻshqin shaxtimiz,
Tillolardan taxtimiz.
Hammamizning baxtimiz,
Onajonim jon onam.
✍
Odilbek Qodirov
❤️
𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 |
𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟