
OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati
E’LON
❗️
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
❗️
2026-yil 27-oktyabr kuni soat 14:00 da Oltinko‘l tumani hokimligida
tuman hokimi
Otavulloxon Rasulov
ning tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar, imtiyozli kreditlar olish hamda tuman markazida joylashgan Yoshlar sanoat zonasidan bo‘lib to‘lash sharti asosida ishlab chiqarish maydonlarini ajratish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Barcha tadbirkorlar va ishbilarmonlarni sayyor qabulda ishtirok etishga taklif etamiz.
✍🏻
Oltinko‘l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#infografika
Oltinko’l tumani hokimi va hokim o
’
rinbosarlarining shaxsiy qabullari natijalari statistikasi
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Oltinko’l tumani hokimi va hokim o'rinbosarlari tomonidan o'tkazilayotgan
jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining
murojaatlarini qabul qilish jadvali bilan tanishing.
Ushbu qabullar
OLTINKO’L tumani hokimligi Xalq qabulxonasi
binosida o‘tkaziladi.
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
🏆
ANDIJONDA "YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTIQBOLLI KADRLARI" TOP–100 TANLOVIGA START BERILDI
👍
Siz tashabbuskor, bilimli va o‘z salohiyatiga ishongan mutaxassismisiz?
Unda
Andijon viloyati
da o'tkaziladigan
"Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari" TOP–100
tanlovida ishtirok eting va kelajak rahbarlari safidan munosib o‘rin egallang!
👍
Tanlov ishtirokchilari:
Andijon viloyati
da faoliyat olib borayotgan
20–40 yosh
dagi davlat organlari, mahalliy ijro hokimliklari, nodavlat va xususiy sektor tashkilotlari, ta'lim muassasalari,
"Mahalla yettiligi"
hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar.
👍
Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
- Malaka talablari asosida saralash;
- Bilim test sinovi;
- Esse bosqichi;
- Yakuniy suhbat.
👍
G‘oliblar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
* Malaka oshirish kurslari;
* Xorijiy stajirovka imkoniyatlari;
* Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilish va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar.
Ro‘yxatdan o‘tish:
2026-yil
27-oktabrdan 5-noyabr
ga qadar.
Hujjatlar qabuli:
2026-yil
5-noyabr
soat
23:59 da
yakunlanadi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:
my.bsa.uz
elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
(
✅
Ariza topshirish jarayonida o'zingizga mos mutaxassislik bo'yicha nominatsiyani tanlang)
Murojaat uchun:
(+998 74) 223-23-34
Qo‘shimcha ma'lumot:
(+998 74) 223-23-37
Tanlov haqida batafsil ma'lumot videorolikda.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang
!
TOP–100 safidan o‘rin oling va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
Андижон вилоятида фермерлар учун семинар ташкил этилди
2026 йил 23 октябрь куни Франция тараққиёт агентлиги (ФТА) иштирокидаги лойиҳа доирасида Андижон вилоятида фермерлар ва соҳа вакиллари иштирокида семинар ўтказилди.
Тадбир давомида иштирокчиларга чорвачилик, паррандачилик ва балиқчиликни ривожлантириш, ишлаб чиқариш қувватларини кенгайтириш, эскирган техникаларни янгилаш ҳамда қуёш панелларини харид қилиш учун
100 минг еврогача кредит ва 40 минг еврогача грант
ажратиш имкониятлари ҳақида маълумот берилди.
Шунингдек, кредит олиш шартлари, гаров таъминоти, маблағлардан мақсадли фойдаланиш ва лойиҳа талаблари юзасидан тушунтиришлар берилди. Иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларга мутахассислардан жавоб олдилар.
Мазкур семинарлар фермерларни молиявий қўллаб-қувватлаш имкониятлари ҳақида хабардор қилиш, замонавий технологияларни жорий этиш ва чорвачилик соҳасини барқарор ривожлантиришга қаратилган.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
➖
➖
➖
В Андижанской области организован семинар для фермеров
23 октября 2026 года в Андижанской области в рамках проекта при участии Французского агентства развития (ФАР) состоялся семинар с участием фермеров и представителей отрасли.
В ходе мероприятия участникам была представлена информация о возможностях предоставления
кредитов на сумму до 100 тысяч евро и грантов на сумму до 40 тысяч евро
для развития животноводства, птицеводства и рыбоводства, расширения производственных мощностей, обновления устаревшей техники, а также приобретения солнечных панелей.
Кроме того, были разъяснены условия получения кредитов, требования к залоговому обеспечению, порядок целевого использования средств и основные требования проекта. Участники получили ответы специалистов на интересующие их вопросы.
Данные семинары направлены на информирование фермеров о возможностях финансовой поддержки, внедрение современных технологий и содействие устойчивому развитию животноводческой отрасли.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
Işsiz fuqarolar bandligini taʼminlaş masalalari muhokama qilindi
Bugun Oltinköl tumani hokimi hamda Andijon viloyati soliq boşqarmasi boşligʻi boşçiligida tuman mutasaddi taşkilotlari rahbarlari va mahalla yettiligi iştirokida kengaytirilgan hisobot yigʻilişi boʻlib ötdi.
Yigʻilişda Kambagʻallik reyestriga kiritilgan oilalardagi işsiz fuqarolarni iş bilan taʼminlaş, ularning bandligini taʼminlaş uçun biriktirilgan masʼullarning faoliyati hamda belgilangan vazifalar ijrosi atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan işlar, mavjud muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. Yakunda fuqarolar bandligini taʼminlaş işlarini samarali taşkil etiş, mavjud muammolarni bartaraf etiş hamda ijro intizomini kuçaytiriş boʻyiça tegişli vazifalar belgilab olindi.
✍🏻
Oltinko‘l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
Oltinko‘lda ichki ishlar xodimlari sharaflandi
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Oltinko‘l tumanida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimi, IIB boshlig‘i, soha xodimlari va faxriylar ishtirok etdi. Tadbirda ichki ishlar xodimlarining jamoat tartibi, fuqarolar osoyishtaligi va yurt tinchligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi.
Shuningdek, tizim faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Reyestriga kiritilgan oilalarga 39 ta tikuv mashinasi bepul tarqatildi
Oltinko‘l tumanida Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida 39 ta tikuv mashinasi bepul tarqatildi.
Tashabbus oilalarning qo‘shimcha daromad manbaini yaratish va turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
«Prezident olimpiadasi» respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar va murabbiylar bilan
uchrashuv o‘tkazildi
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
«PREZIDENT OLIMPIADASI»: 10 NAFAR OLTINKO‘LLIK YOSH SPORTCHI RESPUBLIKA BOSQICHIDA ISHTIROK ETADI
Bugun Andijon shahrida «Prezident olimpiadasi» sport musobaqalarining Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan viloyat terma jamoasi a’zolari va ularning murabbiylarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada Oltinko‘l tumanidan 10 nafar yosh sportchi hamda 4 nafar murabbiy ishtirok etadi.
Yosh sportchilarimizga Respublika bosqichida omad va yuksak natijalar tilaymiz!
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|