
Ona tili va adabiyoti | Izamov
⚡️
Toifa (Attestatsiya) imtihonlarida ishtirok etuvchi ustozlar uchun maxsus
Ushbu faylda kasb standartiga doir oʻzgarmas ma’lumotlar jamlandi. Bugundan boshlanuvchi Attestatsiya test sinovlarida sizga manfaati tegishi aniq! Imtihonlarda ustozlarga omad tilaymiz!
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
⚡️
So'zlarning yasalish tahlili bilan morfemik tahlili farqi
Morfemik tahlil
da so'z tarkibiylashtiriladi, ya'ni so'z necha qismga ajralsa, shuncha morfema mavjud bo'ladi.
Yasalish tahlili
da esa ketma - ket qo'shilgan so'z yasovchi qo'shimchali so'zlar uchun asos eng oxirgi so'z yasovchi qo'shimchadan oldingi qism deb olinadi!
✅
Farqlash uchun:
Bilimdon
- Bilim (yasalish asosi) + don (yasovchi vosita) =
yasalish tahliliga ko'ra
✅
Bilimdon
- Bil (yetakchi morfema) + im(ko'makchi morfema) + don(ko'makchi morfema) =
jami 3ta morfemaga ega so'z
✅
Qulay va oson usulda tushuntira oldim, deb o'ylayman! O'zingizda mavjud kamchilikni to'ldiring!
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
🙂
REKLAMA!
ESSE
BO‘YICHA BEPUL DARS
🎉
Dekabr kursimizga TEKINga qo‘shilish uchun ajoyib imkoniyat!
28-oktyabr
kuni
22:00
da
@shohboz_onatili
kanalida
ESSE
haqida
BEPUL
dars bo‘ladi! Darsda esse bo‘yicha
eng muhim tavsiyalar
ni beramiz va
oktyabr imtihonidagi esselar
ni muhokama qilamiz!
Esse darsida faol bo‘lganlardan
ayrim
o‘quvchilarni DEKABR imtihoni uchun ochiladigan 2 oylik kursimizga
TEKIN
ga qo‘shamiz!
❗️
Talab:
Ushbu postni 3 dan ortiq guruhga tarqating va skrinshotini
@shohbozlochin
ga tashlang!
🙂
Batafsil
: +998901178212 yoki
@shohbozlochin
@shohboz_onatili
❗️
MUHIM
Shu bilan ona (oʻzbek, rus va qoraqalpoq) tili va adabiyoti fanidan oktabr oyida oʻtkazilishi reja qilingan milliy sertifikat imtihonlari nihoyasiga yetdi. Imtihonlar
3 kun, 5 smenada
oʻtkazildi va unda
97 ming nafar
ga yaqin talabgorlar ishtirok etishdi. Xudo xohlasa, natijalar 21 ish kuni (
24-noyabr kuni) e’lon qilinadi
. Bu umumta’lim fanlaridan keyingi milliy sertifikat imtihonlari
26-27-28-dekabr kunlari oʻtkaziladi
, qishki imtihonlarga roʻyxatdan oʻtish esa
20-noyabr kuni ochiladi.
Kanalimiz va oʻquv kurslarimiz orqali talabgorlarga qoʻldan kelgancha yordamimizni va Alloh qodir qilguncha ilmimizni ulashdik. Alloh har biringizni mehnatingizga yarasha natijalar ila siylasin!
Aslida, faoliyatimiz repetitor tizimdan biroz ajralib turishini, bizning kanal fanga doir nazariyalarni, yangiliklarni, ma’lumotlarni va kerakli materiallarni oʻzida jamlagan elektron qoʻllanmadek har bir talabgorga xizmat qilishini xohlaymiz. Shu bois oldi-qochdi gaplarsiz, aniq ilmiy nazariyalarga tayangan holda, mas’uliyat bilan faoliyatimizni olib boryapmiz! Sizga manfaatli boʻlayotganidan mamnunmiz.
Tabiiyki, faoliyatimiz davom etadi va asosiy e’tibor keyingi mavsum imtihonlarga doir ma’lumotlar, loyihalar va darslar tashkil etishga qaratiladi.
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
❗️
Bugungi II smenada tushgan esse mavzusi hech kimning ehtimolida yoʻq, hatto tushiga ham kirmasdi bunday mavzu!
Toʻgʻri, buni faqat bir kishi bilardi —
esse mavzularini shakllantiruvchi testolog!
Yana bir bor shaffoflik bilan barchangizni tabriklayman!
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
⚡️
26-oktabr, II smena, esse mavzusi:
Ayrimlar ota-onalar bolalarining pulini nazarot qilishi kerakligini aytishsa, ba’zilar bolalar pulini mustaqil ishlatishi kerakligini aytishadi.
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
⚡️
Koʻchirma gapni oʻzlashtirma gapga aylantirish nazariyasi
Odatda, darak, undov va soʻroq gap shaklida ifodalangan koʻchirma gaplar oʻzlashtirma gapga aylantirilganda uyidagi qadamlarga tayaniladi:
1️⃣
Muallif gapi egasi
oʻzlashtirma gap egasi boʻladi;
2️⃣
Muallif gapi kesimi
koʻchirma gapning ifoda maqsadiga koʻra “
aytdi, tiladi, soʻradi
” soʻzlaridan biriga aylanib, gapning kesimi boʻladi;
3️⃣
Koʻchirma gap kesimi
oʻzlashtirma gapda vositasiz toʻldiruvchiga aylanadi.
4️⃣
Koʻchirma gap tarkibida I yoki II shaxsda ifoda etilgan olmoshlar
yoki
fe’llar III shaxs holida ifodalanadi
(odatda, olmoshlar tushirilishi ham mumkin).
5️⃣
Koʻchirma gap egasi
qaratqich aniqlovchi holida ifodalanishi yoki umuman ifodalanmasligi mumkin.
6️⃣
Koʻchirma gapdagi toʻldiruvch
i va
hol
oʻzlashtirma gapda nomustaqil hol va toʻldiruvchiga aylanadi.
7️⃣
Koʻchirma gap tarkibidagi undov
va
kirishlar
oʻzlashtirma gapda ifodalanmaydi.
8️⃣
Koʻchirma gap tarkibidagi undalmalar
gap ifoda maqsadiga koʻra
vositali toʻldiruvchi
holida keladi.
✅
Misollar:
Anvar dedi: “Bugungi darsda koʻproq amaliy mashqlar bajardik”. — Anvar bugungi darsda koʻproq amaliy mashqlar bajarishganini aytdi
✅
“Qizim, akang qayerda?” — dedi ota. — Ota qizidan akasining qayerdaligini soʻradi
✅
“Doʻstim, buning oxiri yaxshilikka olib bormaydi”, — dedi Rustam. — Rustam doʻstiga buning oxiri yaxshilikka olib bormasligini aytdi.
✅
Ona: “Umring uzoq boʻlsin, bolam”, — dedi. — Ona bolasiga umrining uzoq boʻlishini tiladi
✅
❗️
Odatda, ona tili grammatikasining eng soʻnggi bosqichida oʻtiladigan ushbu nazariya bugungi kunda ahamiyatli sanaladi.
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
❗️
MUHIM
Ayni paytda qishki milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov kursimizga qabul yopiq. Darslarni 21-oktabrdan boshladik. Shuning uchun hozirda kurs soʻrab murojaat qilayotgan talabgorlar murojaatlari qabul qilinmayapti. Yaqin kunlarda ikkinchi qisqa qabul ochish rejasi ham mavjud. Real va yuqori natija qayd etishni xohlovchi talabgorlar shundagina murojaat qilishi mumkin.
❗️
Eslatma
: Qishki milliy sertifikat imtihonlarida oʻzim ham ishtirok etishni reja qilyapman.
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
⚡️
26-oktyabr, I smena, 3-savol soʻzlar muqobilining notoʻgʻri koʻrsatilgani soʻralgan:
Progressiv-daraja
❌
— Ilgʻor
✅
Doklat — ma'ruza
✅
Kontekst — matn
✅
Problema — muammo
✅
✅
Javob
: Progressiv
✅
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov