
ONA TILI - QALBIMDA
Tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra bir necha turlarga bólinadi
✅
Aniqlovchili birikma: Tobe soʻz hokim soʻzning belgisini aniqlab keladi (masalan: yangi bino).
✅
Toʻldiruvchili birikma: Tobe soʻz hokim soʻzdan anglashilgan harakatning obʼyektini koʻrsatadi (masalan: ukajonini sogʻinmoq).
✅
Hollatli birikma: Tobe soʻz harakatning bajarilish tarzi, joyi yoki vaqtini bildiradi (masalan: tez yugurmoq, uyda oʻtirmoq).
Bu qoidalarning barchasini yod olgan holatda tushunib olishingiz kerak. Chunki milliy sertifikat va dtm imtihonlarining koʻplab savollari shu asosida quriladi
@onatilibu
✅
Komakchilarning mano turlari.
Imtihonga kirishdan oldin, albatta, ko`rib chiqing. Savollar tushmoqda.
@onatilibu
✅
Ega koʻpincha ot va otlashgan boshqa soʻz turkumlari (substantivlashgan soʻzlar) orqali ifodalanadi.
Feʼl shakllari bilan ifodalanishi
✅
Feʼlning sof feʼl shakllari (zamon, mayl) ega boʻla olmaydi.
✅
Ega boʻlishi uchun feʼl harakat nomi yoki sifatdosh shaklida otlashishi kerak:
✅
Harakat nomi bilan: Oʻqish — miyani charxlaydi. / Yolgʻon gapirish — yomon odat.
✅
Sifatdosh bilan: Kechikkanlar eshik ortida kutib turishdi.
(-gan sifatdosh) / Aytar soʻzni aytish kerak.
(Bu yerda aytar soʻz birikma, lekin masalan: Chaqirilganlar zalga kirdi.)
@onatilibu
✅
Epifora — bu adabiyotda she'riy misralar yoki nasriy gaplarning oxirida ma'lum bir so'z, ibora yoki tovushlarning aynan takrorlanib kelishidir. Yunoncha "epiphora" so'zidan olingan bo'lib, "ortidan kelish" yoki "qo'shimcha" degan ma'nolarni anglatadi.
Ushbu atama asosan adabiyotshunoslikda qo'llanilsa-da, tibbiyot sohasida mutlaqo boshqa ma'noga ega.
✅
Adabiyotda epifora (badiiy san'at)
Adabiyotda epifora she'rning ta'sirchanligini oshirish, ohangdorlikni kuchaytirish va muayyan g'oyaga urg'u berish uchun xizmat qiladi.
✅
U adabiy nutqdagi takror turlaridan biri hisoblanadi.
Xususiyati: Misra boshida keladigan Anafora san'atiga tamoman ziddir (anafora boshida, epifora oxirida keladi).
Misol:Ko'zingdan aylanay, jonim vatanim,Bag'ringda ulg'aydi jonu vatanim.
@onatilibu
Mavzuga doir ma'lumotlar aytadi, keyin koptokcha soladi. Qalay, yoqdimi?
Sabzavotlar o‘rnida sonlar, amallar, taqqoslash belgilarini qilishingiz mumkin.
U yog'i o'zingizga bog'liq
Oʼquvchilsrning diqqatini jamlash va qoʼl motorikasini rivojlantirish uchun zoʼr metod