
OQDARYO_UZ | Rasmiy kanal
KUN HIKMATI:
Baʼzilar Yaponiyani ilg‘or g‘oyalarni o‘g‘irlashda ayblashadi. Lekin men bu fikrda emasman. Menimcha ular innovatsiyalarni qayta kashf qiladilar. Yaponlar kashf qilingan narsalarni olib, uni mufassal o‘rganishadi. Baʼzida ular yangi texnologiyalarni ularning kashfiyotchilaridan ham yaxshiroq tushunadilar.
Stiv Jobs
__________
КУН ҲИКМАТИ:
Баъзилар Японияни илғор ғояларни ўғирлашда айблашади. Лекин мен бу фикрда эмасман. Менимча улар инновацияларни қайта кашф қиладилар. Японлар кашф қилинган нарсаларни олиб, уни муфассал ўрганишади. Баъзида улар янги технологияларни уларнинг кашфиётчиларидан ҳам яхшироқ тушунадилар.
Стив Жобс
2️⃣
7️⃣
🧡
🧡
🧡
🧡
🧡
🧡
🧡
🌞
BUGUN 27-OKTABR GO‘ZAL SESHANBA TONGI MUBORAK BO‘LSIN!
🍂
🍂
💫
Boshlangan yangi kun barchamiz uchun omadli o‘tsin.
Bugungi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat va ezgu amallar tark etmasin!
🍂
©️
Kanalga ulanish:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
🏥
Moyqovoq oilaviy poliklinikasining yangi binosi foydalanishga topshirishga tayyorlanmoqda
Oqdaryo tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Oqdaryo tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i
Tozagul Xoliqova
tumandagi Moyqovoq oilaviy poliklinikasi uchun Invest dasturi asosida qurilayotgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda binoni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yangi binoni joriy yil noyabr oyida — Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
©️
Kanalga ulanish:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
🧹
MAHALLA RAISLARIGA SANITARIYA-GIGIYENA TAVSIYANOMALAR BERILDI
Aholi salomatligini muhofaza qilish, mahallalarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini,noqonuniy chiqondixonalarni bartaraf etilishini ta'minlash maqsadida mahalla raislariga Sanepidqo'm Oqdaryo tuman bo'limi xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena bo'yicha tavsiyanomalar berildi.
📌
Tadbir davomida hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, maishiy chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish, ichimlik suvi tozaligiga e'tibor qaratish hamda aholi o'rtasida sanitariya madaniyatini oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.
✅
Tozalik-salomatlik garovi
!
©️
Kanalga ulanish:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
#Brifing
🔵
“Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida
❗️
Mavzu yuzasidan tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Abram Abduvaliyev axborot beradi.
©️
Kanalga ulaniş:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
OQDARYO MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Oqdaryo tumani bo‘limi mas’ullari tomonidan Oqdaryo mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida jami 15 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan
6 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi
, 4 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qolgan 5 nafar fuqaroning murojaatlari yuzasidan tegishli joylarga chiqib o‘rganish ishlari olib borilishi va zarur tushuntirishlar berilishi bildirildi.
Sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlashdan iborat.
©️
Kanalga ulanish:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI
Oqdaryo tumanining Mustaqillik mahallasida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.
Bugun mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldida bunyod etilgan bolalar maydonchasi keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirildi.
Yangi maydoncha mahalla bolalariga quvonch ulashib, ularning ochiq havoda maroqli vaqt o‘tkazishi va tengdoshlari bilan birga o‘ynashi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Bunday ezgu ishlar mahallalarimiz obodligini yanada oshirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
©️
Kanalga ulanish:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Nigoh" körsatuvida aholi uçun muhim kadastr yangiliklari e’lon qilindi!
📺
Samarqand viloyat teleradiokanali tomonidan töğridan-töğri efirga uzatiladigan
"Nigoh" körsatuvida
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boşqarmalari rahbarlari
F.Xudayqulov
va
R.Xatamov
iştirok etişdi.
👉
Körsatuvda nimalar muhokama qilindi?
🔹
Kadastr sohasidagi sönggi ijobiy islohotlar;
🔹
“Özboşimçalik bilan egallab olingan yer va binolarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi Qonun mazmuni va uning aholi uçun beradigan huquqiy imkoniyatlari;
🔹
Jonli efir vaqtida fuqarolardan tuşgan savollarga mutasaddilarning javoblari va amaliy tavsiyalari berildi.
🎞
Körsatuvni töliq holatda rasmiy
YouTube
sahifamiz orqali tomoşa qilişingiz mumkin:
👉
https://youtu.be/GzZEqV2P9tk
#Kadastr_Samarqand
#OAV_biz_haqimizda
#Nigoh_körsatuvi
Rasmiy sahifalarimiz
👇
✅
Telegram
📹
YouTube
💬
Facebook
NAVRO‘Z MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ko‘p qavatli uylar hovlilarida aholi, ayniqsa, bolalar uchun qulay dam olish maskanlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Oqdaryo tumanining Navro‘z mahallasidagi ko‘p qavatli turarjoylar hovlisida bo‘sh turgan yer maydonida zamonaviy bolalar maydonchasi barpo etildi.
Bugun Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosari Charos Ortiqova, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Xalimjon Davronov hamda mahalla faollari ishtirokida mazkur bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Endilikda bolajonlar ushbu maskanda maroqli vaqt o‘tkazish, tengdoshlari bilan o‘ynash va mazmunli hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yangi maydoncha mahalla ahliga, ayniqsa, bolajonlarga quvonch ulashib, hududning yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.
©️
Kanalga ulanish:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
🖐
“Besh tashabbus” olimpiadasi: mini-futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Bugun Oqdaryo tumanida
“Besh tashabbus”
olimpiadasi doirasida Umum ta'lim maktablarida tahsil olayotgan 10-11 sinf o'quvchilari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha tuman bosqichi finali musobaqa o‘tkazildi.
Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy kechgan
musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Musobaqa o'quvchilarning sport mahoratini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
©️
Kanalga ulanish:
👇
👇
👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati