
OQDARYO YOSHLARI
⚡️
III Butunjahon parashaxmat olimpiadasiga start berildi!
Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi musobaqa mutlaq rekord bilan boshlanmoqda: unda jami 41 ta jamoa va 205 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bunday nufuzli global tadbirning mamlakatimizda o‘tkazilayotgani yurtimizda inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar yaratishga berilayotgan e'tiborning yorqin isbotidir.
Barcha ishtirokchilarga chin dildan omad va yorqin g‘alabalar tilayman!
#Parashaxmat
#ChessOlympiad2026
#Uzbekistan
#Samarqand
@alisher_sadullaev
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning
15-sentyabr
kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Batafsil ma’lumot —
turnirning rasmiy saytida
.
#ChessOlympiad2026
#Uzbekistan
@alisher_sadullaev
Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi.
Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
To‘liq nutq — videoda.
#12IPU
#Samarqand
@alisher_sadullaev
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod tashkil etadi.
@alisher_sadullaev
Yaponiya bugungi madaniyatga qanday erishgan?
Yaponiyaning
toza ko‘chalari, tartibli jamiyati va o‘ziga xos turmush tarzi
haqida gap ketganda, ko‘pincha bu xalqning yuksak madaniyati bilan izohlanadi. Ammo
ularda ham doim bunday tartib bo‘lmagan.
Ko‘pchilik havas qiladigan
yapon madaniyatining ortida yillar davomida ishlagan butun boshli tizim
turibdi.
Ya’ni, jamiyatdan madaniyat talab qilishning o‘zi yetarli bo‘lmagan.
Qoida ham bo‘lgan, nazorat ham, javobgarlik ham.
Shu bilan birga, odamlarning
o‘z hududi va jamoat joylariga munosabatini o‘zgartiradigan mexanizmlar
yaratilgan.
Bu masala O‘zbekiston uchun ham dolzarb.
Ko‘chani tozalashga qancha kuch va mablag‘ sarflanmasin, uni iflos qilish odat bo‘lib qolaversa, muammo yana qaytib kelaveradi.
Yaponiya odamlarni tozalik va tartibga qanday o‘rgatgan — batafsil videoda.
@alisher_sadullaev
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti:
birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
@alisher_sadullaev
@ibratfarzandlari
ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi?
Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz.
Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan?
Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar?
Izoh qoldiring.
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni
“35 000 tashabbus”
loyihasiga yuboring.
Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish!
📅
1–31-avgust
Yuborish:
tashabbus.yito.uz
O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi
Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi.
G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi.
Hoziroq
yoshfermer.uz
orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar
31-avgustgacha
qabul qilinadi.
⚡️
Strategik kuch — 2026
🇺🇿
Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi.
An’anaga aylangan
“Strategik kuch”
hujjatli filmini Agentlikning
YouTube
sahifasida tomosha qiling!
📹
https://youtu.be/JrinMz-0oCw