
O‘QITUVCHI
🔰
DAM BU DAMDIR, O‘ZGA DAMNI DAM DEMA
O'zbek xalqi g'alati. Dam olish kuni hech qachon dam olmaydi: uy tozalaydi, kir yuvadi, yer ag'daradi va hk.
Ta'tilda esa undan battar: uy quradi, ta'mirlaydi, to'y qiladi..
Savol tug'iladi: qachon dam olasan, xalqim?
Umrida sanatoriy nimaligini bilmagan, lekin 30-40 yillab ishlagan odamlar bor.
Tumanidan, viloyatidan, shahridan ham tashqariga chiqmagan, poyezd yoki samolyotni faqat kinolarda ko'rgan insonlar bor..
Puli yo'qmas, ishlab topadi, ammo biror yurtga borishni, safar-u sayohatni ortiqcha xarajat deb hisoblaydigan, "undan ko'ra shu pulni falon narsaga ishlatsam foydali emasmi" deb o'ylaydigan odamlar bor.
Ehtimol, u sizdirsiz, mendirman..
Ishoning, rizq Allohdan, och qolmaysiz, o'sha ish ham bitadi, ammo oltinga teng umringizni faqat ishxona, ro'zg'or tashvishlari uchungina qurbon qilavermang, ARZIMAYDI!!!
Sayohat qiling, u sizga mislsiz taassurot va zavq beradi; pulni hadeb tejayvermang, u axir sarflash uchun chiqarilgan )))
Hech bo'lmasa, bir kungina Zominga boring, jazirama paytda ayni muddao - saalqin, bahavo joy..
Xumsonga boring: archazor, tog'lar dilingizni yayratadi..
Iloj bo'lsa, sanatoriyga boring, ayollar, ovqat pishirishdan o'n kungina dam oling. Siz qilmang, siz uchun tayyorlab berishsin nonushta-tushlik-kechki ovqatni. Bugun nima ovqat qilsam ekan? degan asrning mangu savolini o'n kungina chetga surib qo'ying..
Erkaklar, bolalarni olib qolib, bir haftaga bo'lsa ham, dugonasi bilan dam olishga yuboring Chimyonga, Chortoqqa, Oqtoshga.. Biron yoqqa..
O'zingizga savol bering: Siz oxirgi marta QACHON dam olish uchun safar qilgansiz?
Qachon tong mahali bulbullar sayrog'ini eshitib shunchaki yoootgansiz hech qayerga shoshilmay?
Qachon tabiat qo'ynida toza havodan o'pkangizni to'ldirib nafas olib sayr qilgansiz?
Dengiz sohilida oyoqyalang qumda sayr qilgansiz, baliqlarni tomosha qilib zavqlangansiz?
Agar javob "hech qachon" bo'lsa, unda rejalashtiring. Keyingi hayotingiz yo'qki, orqaga sursangiz, dostonlarda aytilganiday:
"Dam bu damdir, o'zga damni dam dema"
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari
515 ta
texnikumning birida
kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha
o‘qish uchun
my.edu.uz
elektron platformasi orqali
1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn
ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
▪️
Platformaga:
🔹
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
🔹
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
✔️
Maʼlumot oʻrnida, joriy yil
139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti
asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shundan:
🔹
118 595 nafari
kunduzgi ta’lim shakliga;
🔹
20 650 nafari
dual ta’lim shakliga.
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
Ustama tayinlash uchun qilinayotgan ishlar shu kunlarda yakunlanishi kerak.
Vazirlar
Mahkamasining
823-sonli qarorining
12-bandida ustama tayinlash uchun ishchi guruh har yili
1-iyulga qadar
qaror qilishi kerakligi haqida yozilgan. Demak, 30-iyun qaror chiqarishning oxirgi kuni bo‘ladi.
Eslatma:
Ustama tayinlash haqidagi ishchi guruh qarori asosida maktab direktorining buyrug‘i ham chiqariladi.
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
Maktab bitiruvchilari uchun shahodatnoma yuklab olish bo'yicha videoyo'riqnoma
Manzil
:
https://e-shahodatnoma.uz/cert/search
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
MAKTABLARDA O’QUV YILI YAKUNIGA BAG’ISHLANGAN PEDAGOGIK KENGASHLAR BO’LIB O’TADI.
Unda quyidagi masalalar ko’rilishi lozim
🔹
O‘quv yilining yakuniy tahliliy hisoboti.
🔹
O‘quvchilarning yozgi ta'tilida dam olish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish masalasi.
🔹
9-11-sinf o‘quvchilarini yakuniy attestatsiya imtihonlariga qo‘yilishi.
🔹
1-10-sinf o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish to‘g‘risida.
Shuningdek Navbatdan tashqari masalalar
🔹
Ta’limga oid prezident farmonlari, yangi qabul qilingan qarorlar va hujjatlarning mazmun mohiyati va boshqalar.
Yig'lishni 26-may kuni o'tkazish tavsiya qilinadi
⚡️
IYUN OYIDA BO’LADIGAN OXIRGI PEDAGOGIK KENGASHDA
🔹
9-11-sinf o‘quvchilari uchun umumiy o‘rta ta’limni tugatganlik to‘g‘risidagi elektron attestat va shahodatnomalarini taqdim etish to‘g‘risida.
🔹
9-sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida.
🔹
823-sonli qarori asosida pedagog va xodimlarga ustamalar tayinlash.
Shuningdek Navbatdan tashqari masalalar
Yig'lishni 14-iyun kuni o'tkazish tavsiya qilinadi
❗️
Ushbu pedagogik kengash yig'ilish bayonnomasi va ma'ruzalarini sotib olish uchun quyidagi lichkaga yozing.
@hujjatlar_mutahasisi
@hujjatlar_mutahasisi
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
Endi OTM professor va o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarga 400 foizgacha ustama belgilash mumkin
Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan 26.08.2020 dagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan
Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi
quyidagi band bilan to‘ldirishdi:
“Bunda boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning
eng yuqori miqdori 400 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Zarur hollarda oliy ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning eng yuqori miqdori
oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan
mustaqil belgilanishi mumkin”.
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
USTAMA TAYINLSH BO'YICHA ISHCHI GURUH QARORI
Namuna sifatida, o'zgarish va qo'shimcha qo'shish tavsiya etiladi.
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
“Pullik sinf” deb notoʻgʻri talqin etilayotgan holatlar aslida qoʻshimcha bilimlar berish uchun tashkil etilayotgan taʼlim xizmatidir
Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda pullik sinflar ochilayotganligi xususida turli fikrlar bildirilmoqda.
“Pulli sinflar” boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy
munosabat bildirdi
:
Avvalo shuni maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida qatʼiy belgilab qoʻyilganidek,
"davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim olishni kafolatlaydi."
Shunga muvofiq, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablaridagi barcha darslar tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq bepul amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda “pullik sinf” deb notoʻgʻri talqin etilayotgan holatlar
aslida davlat umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarga oʻquv reja va davlat taʼlim standartlaridan tashqari qoʻshimcha bilimlar berish uchun tashkil etiladigan taʼlim xizmatidir.
Ushbu mezon Hukumatning
2019-yil 22-apreldagi 343-son qarori
bilan tasdiqlangan tegishli Nizomda alohida qayd etilgan.
Maktablarda tashkil etiladigan qoʻshimcha taʼlim xizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Pullik taʼlim xizmatlaridan topilgan byudjetdan tashqari mablagʻlarning
50 foizidan kam
boʻlmagan miqdori oʻqituvchilarga haq toʻlashga, qolgan qismi maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
E
ng muhimi, maktablarda tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlariga direktor va pedagoglar tomonidan oʻquvchilarni majburiy tartibda jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2025-2026-oʻquv yilida 738 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan va ularning barchasi oʻquv rejadagi fanlardan bepul oʻqitilishi kafolatlanadi.
Qoʻshimcha taʼlim xizmatlari, eng avvalo ota-onalarning tashabbusi, yaʼni ular oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida oʻquv yili boshlanganidan soʻng ixtiyoriylik asosida tashkil etilishi mumkin.
❗️
Shu oʻrinda barcha maktab direktorlarini ota-onalarni qoʻshimcha pullik taʼlim xizmatlariga majburiy tartibda jalb etmaslik haqida qatʼiy ogohlantiramiz.
Davlat taʼlim standartlaridagi darslar pul evaziga oʻqitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
AYRIM PEDAGOGLARGA ISH BERISHDA QO’SHIMCHA TALABLAR BELGILANDI.
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2025-yil 16-may kungi
159-sonli buyrug‘i bilan
“Umumiy oʻrta taʻlim maktabi xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari” yangitdan tasdiqlandi. Ushbu buyruqning 12-ilovasida ayrim pedagog xodimlarga nisbatan quyidagi tartib belgilandi.
🔹
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar kamida B2 darajadagi yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega boʻlishi shart.
🔹
Musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi kamida bitta musiqa cholgʻu asbobini chalish koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur.
🔹
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi yoshiga nisbatan Sport vazirligi tomonidan belgilangan jismoniy tayyorgarlik va sport sinovlarini bajara olish koʻnikmasiga ega boʻlishi talab etiladi.
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii
🔰
Imtihon javoblarini o‘quvchilarga bergan o‘qituvchi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi
Holat Ko‘kdala tumanidagi 35-maktabda sodir bo‘lgandi. Aniqlanishicha, o‘qituvchi davlat imtihoni boshlanishidan oldin javoblar nusxasini chiqarib, imtihonga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish uchun bitiruvchilarga tavsiya qilgan; qog‘ozlar kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchi shaxsga sotish uchun berilganini, agar xohlovchilar bo‘lsa xarid qilishi mumkinligini aytgan.
👉
https://kun.uz/60785977
📚
Hujjat Bot
O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda
👇
👇
👇
https://t.me/oqituvchii