
Toshkent viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi
Dual ta’lim tizimining asosiy afzalligi shundaki, o‘quvchilar ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab, tanlagan kasbi bo‘yicha zarur tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning kelgusida ish topish imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy mahoratini oshirish va mehnat bozoriga tezroq moslashishiga xizmat qiladi,
— dedi muloqot davomida shahar hokimi Alisher Rayimov.
Shu bilan birga, ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish hamda yoshlarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bunday yondashuv hudud iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratadi.
Angren shahrida dual ta’lim qamrovini kengaytirish va ta’lim bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yoshlar bandligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Zero, puxta bilim va amaliy tajribaga ega yoshlar — hududning iqtisodiy rivoji va kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
#Angren
#DualTalim
#KasbiyTalim
#YoshlarBandligi
#MalakaliKadrlar
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱
DUAL TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
YO‘LIDA
Angren shahrida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash hamda kelgusida ularning bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun Angren shahar hokimi
Alisher Raiymov
shahardagi kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq muloqot davomida texnikumlar rahbarlari tomonidan dual ta’lim tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar yuzasidan taqdimotlar bo‘ldi.
Shuningdek, ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda shahar hokimi o‘rinbosari
Azizbek Parpiyev
ham ishtirok etdi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱
Dual ta’lim: nazariya va amaliyot uyg‘unligi
Angren shahrida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda dual ta’lim tizimi muhim o‘rin tutmoqda.
Mazkur ta’lim shakli o‘quvchilarga nazariy bilimlarni egallash bilan birga, bevosita ishlab chiqarish jarayonida amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.
Joriy yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, Angren shahridagi 5 ta kasbiy ta’lim tashkilotida jami 4 119 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shundan 1 256 nafari dual ta’lim shaklida kasb-hunar egallamoqda. Bu umumiy o‘quvchilar sonining 30,5 foizini tashkil etadi.
Shahardagi kasbiy ta’lim tashkilotlari kesimida dual ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichlari ham turlicha. Jumladan, Angren shahar 1-son texnikumida 86 nafar, 2-son texnikumida 352 nafar, 3-son texnikumida 341 nafar, 4-son texnikumida 178 nafar o‘quvchi dual ta’lim asosida tahsil olmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyati pedagogika texnikumida 299 nafar o‘quvchi mazkur ta’lim shakliga jalb etilgan.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱
“Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲
Bizni kuzatib boring:
👇
🌐
Sayt
I
💬
Telegram
I
Facebook
📱
I
YouTube
|
📱
O‘zbekiston xalqiga bayram
tabrigi
—
Праздничное
поздравление
народу Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida tashkil etilgan “Kasblar shaharchasi” faoliyati bilan
tanishdi.
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X
#Qonunçilik_yangiliklar
#Taʼlim_huquqi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Prezident qarori qabul qilindi
🔰
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”
2026-yil 19-oktabrdagi PQ–380-son qarori qabul qilindi.
❇️
Qaror bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etişning
asosiy yönalişlari, taşkiliy tuzilmasi hamda tizim oldidagi ustuvor vazifalar
belgilandi.
⏺️
Qarorga muvofiq, ta’limning barça bosqiçlarini qamrab olgan yagona
davlat siyosatini amalga oşiriş, ta’lim mazmuni va sifatini takomillaştiriş, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş hamda ta’lim tizimida samarali boşqaruvni yölga qöyiş
nazarda tutilgan.
▶️
Şuningdek, qaror bilan:
🔹
aholi murojaatlari, şikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qiliş, ularni tezkor körib çiqiş hamda tegişli taşkilotlarga yönaltiriş maqsadida
“Call-markaz”
;
🔹
aholi hamda ta’lim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlaş, ta’lim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot oliş hamda tahlil qiliş maqsadida
qayta aloqa tizimi
.
👥
Ta’lim va ilm-fan vaziri huzurida ta’lim oluvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillaridan iborat
Ta’lim böyiça jamoatçilik kengaşi
taşkil etiladi.
🏛
Vazirlik hay’ati
vazir (hay’at raisi), uning örinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, şuningdek, yetakçi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan
15 nafar
a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
💼
Vazirga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga
2027-yil 1-fevralga qadar
xodimlarni töğridan töğri suhbat asosida işga qabul qiliş vakolati beriladi.
📋
Bundan taşqari:
➖
Prezident Administratsiyasi huzurida
Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz ta’lim strategiyasini işlab çiqiş
böyiça maxsus işçi guruh taşkil etiladi;
➖
Vazirlik huzurida
Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Ta’lim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi
taşkil etiladi;
➖
Vazirlik huzurida
Bilim va malakalarni baholaş agentligi
taşkil qilinmoqda, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika ta’lim markazi faoliyati
tugatilmoqda.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#tayinlov
Mirzayev Manuçexr Boborahimoviç Ta’lim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
Bizni kuzating
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
X
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni
imzoladi
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:
🔵
O‘ o‘ → Ö ö
🔵
G‘ g‘ → Ğ ğ
🔵
Sh sh → Ş ş
🔵
Ch ch → Ç ç
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.
“Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi”, — dedi u.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
🇺🇿
“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!”
21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Olmaliq shahar 2-son texnikumida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida chellenj o‘tkazildi.
Chellenjdan ko‘zlangan maqsad — ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni oshirish, o‘zbek tilining go‘zalligi va boyligini keng targ‘ib etish, yoshlarni sof o‘zbek tilida so‘zlashishga undash hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Ona tilimiz — millatimiz g‘ururi, o‘zligimiz timsoli! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish barchamizning burchimizdir.
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! Doimo qalblarimizda, so‘zlarimizda va hayotimizda yashna!
✅
T
oshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Bizni kuzating
👍
Telegram
™️
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube
🌐
Web sayt