Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Oxu - Tibbiyot

oxu_tibbiyot
Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti rasmiy kanali. • Davolash ishi • Stomatologiya • Farmatsevtika • Pediatriya ishi • Oliy hamshiralik ishi Tibbiyotga doir yangiliklar, loyihalar va e’lonlar shu yerda!
Подписчики
3 752
24 часа
3
30 дней
-158
Просмотры
784
ER
20,9%
Посты (30д)
219
Символов в посте
958
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 26, 14:37
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#OXU
#Joketime
Buyaqqa kel..
🔗
TELEGRAM

October 26, 10:18
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🩺
“SO‘Z SHIFOKORLARI” INTELLEKTUAL LOYIHASI
💙
Osiyo xalqaro universiteti Tibbiyot fakulteti 5-bino 1-bosqich rus guruhlari talabalari o‘rtasida
“So‘z shifokorlari”
intellektual loyihasi tashkil etildi.
🧠
Mazkur loyiha talabalarning bilim va salohiyatini namoyon etish, nutq madaniyatini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
✨
Bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlari, topqirligi va zukkoliklarini namoyish etib, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🎓
Bilimli yoshlar — kelajak bunyodkorlari!
#OsiyoXalqaroUniversiteti
#TibbiyotFakulteti
🌐
Tibbiyot

October 26, 08:05
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#OXU
#Zakovat
#TibbiyotFakulteti
🧠
🏆
“ZAKOVAT” — FINAL BOSQICHI!
Osiyo Xalqaro Universitetining 2-binosida Tibbiyot fakulteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⚡
Bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va zukkoliklarini namoyon etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
💙
“Zakovat” — bilim, tafakkur va intilishlar maydoni!
🌐
Telegram

October 26, 07:59

Ayni damda Osiyo xalqaro Unversititening 2-binosida Zakovat intelektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtmoqda

October 26, 07:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 25, 18:26
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#OXU
#TibbiyotFakulteti
#MediaJamoasi
#MediaClub
🎬
NOYABR
— YANGI G‘OYALAR, YANGI LOYIHALAR VA YANGI KADRLAR OYI!
✨
💙
Osiyo Xalqaro Universiteti
Tibbiyot fakultetining 2–3-bino Media jamoasi
uchun har bir kun — yangi imkoniyat, har bir kadr esa yangi tarixdir.
🌟
Noyabr oyi davomida media jamoamiz universitet hayotidagi eng yorqin lahzalarni tasvirga muhrlash, talabalarning yutuqlarini keng yoritish hamda ijodkorlik va kreativlikni yanada rivojlantirish yo‘lida faoliyat olib boradi.
🎥
Bu yerda kamera shunchaki texnika emas — u voqealarni hikoyaga aylantiruvchi vosita.
📷
Har bir surat — xotira.
🏷
Har bir videolavha — mehnat va mahorat mahsuli.
🤝
Media jamoasi safida tashabbuskor, izlanuvchan va kreativ fikrlaydigan talabalar bir maqsad yo‘lida jam bo‘ladi. Bu jamoada g‘oyalar qadrlanadi, iste’dod qo‘llab-quvvatlanadi va har bir a’zo o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
💡
Agar siz media olamiga qiziqsangiz, yangi bilim va tajribalarni egallashni istasangiz hamda universitet hayotining faol ishtirokchisiga aylanishni maqsad qilgan bo‘lsangiz — bizning safimizga qo‘shiling!
✨
Media jamoasi — bu ijod, mas’uliyat va ilhom birlashadigan maskan.
📲
Murojaat va ma’lumot uchun:
@oxumanaviyat_2
💙
Tibbiyot fakulteti 2–3-bino Media jamoasi bilan yorqin lahzalarni birgalikda yarataylik!
🎬
📸
✨
🔗
TELEGRAM

October 25, 15:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#OXU
#IlmBilanErishilganYutuq
💙
🎓
Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari ilm-fan, xalqaro olimpiadalar, innovatsion loyihalar va jamoat faoliyatidagi natijalari bilan universitet faxriga aylanib kelmoqda. Ularning yutuqlari — intilish va imkoniyatlarni natijaga aylantirishning yorqin namunasidir!
🌟
TALABALARIMIZNING YUTUQLARI BILAN TANISHING!
🏆
1. Odilov Azim Jamil o‘g‘li
🥇
100 foizlik va 75 foizlik ta’lim grantlari sohibi, 36 marotaba Rektor stipendiyasi sovrindori. Xalqaro universitetlarda amaliyot o‘tagan, ilmiy ishlar tahririda qatnashgan hamda xalqaro olimpiada va konferensiyalarda yutuqlarga erishgan.
🏆
2. Berdiyorova Gulziyra Ziyomiddinovna
📚
30 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va monografiyalar muallifi. Rektor stipendiyasi va Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibasi, xalqaro va respublika olimpiadalari g‘olibi hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi sovrindori. Payariq tumani Yoshlar ittifoqi sardori sifatida ham faoliyat yuritadi.
🏆
3. Shovlayev Suhayl
🩺
Xalqaro olimpiada ishtirokchisi, Ibn Sino tibbiyot institutida endoskopik jarrohlik bo‘yicha diplom sohibi. Xorijiy stajirovka g‘olibi va Rektor stipendiyasi sohibi sifatida ilmiy hamda kasbiy rivojlanishga intilmoqda.
🏆
4. Qosimov Sirojbek
🎬
“Eng kreativ video” tanlovida faxrli 1-o‘rin sohibi. “Kasbim — mening faxrim” tanlovida ham 1-o‘rinni egallab, 2 000 000 so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘lgan. “Avitsenna izdoshlari — 2026” xalqaro onlayn fan olimpiadasining anatomiya yo‘nalishida ishtirok etgan va universitet Volontyorlar assotsiatsiyasi faoliyatida tashabbuskorligi bilan ajralib turadi.
🏆
5. Abuov Aybek Allayarovich
💡
“BlindDose” innovatsion loyihasi muallifi. “Yilning eng faol talabasi” va “Yilning eng faol ixtirochi-innovatori” nominatsiyalari g‘olibi, xalqaro tibbiyot musobaqalari sovrindori hamda volontyorlik tashabbuslari yetakchilaridan biri. Tibbiyot va zamonaviy texnologiyalarni birlashtirish orqali insonlarga foyda keltirishni maqsad qilgan.
🏆
6. Axtamov Ramziddin Asliddinovich
📚
2026–2027-o‘quv yili uchun 50 foizlik ta’lim granti sohibi va 15 ga yaqin Rektor stipendiyasi sovrindori. 20 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va ilmiy ishlar muallifi. Xalqaro va respublika olimpiadalari hamda ilmiy anjumanlarda qatnashib, sovrinli natijalarga erishgan. “Treasure of Knowledge: Infectious Diseases and Phthisiology” xalqaro olimpiadasida III darajali diplom bilan taqdirlangan.
🏆
7. Abdurahmonov Shoxjahon O‘tkirjonovich
🎓
2026–2027-o‘quv yili uchun 100 foizlik ta’lim granti sohibi va 15 martadan ortiq Rektor stipendiyasi sovrindori. 15 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy ishlar muallifi. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy anjumanlari va olimpiadalarida yutuqlarga erishgan. “Fundamental Med Triada”, “Hippocrat Cup”, “Medical Prime” va “MedLiga” kabi loyihalarning tashabbuskorlaridan biri.
🏆
8. Raxmonov Komiljon
🌟
18-DAV-23 guruhi talabasi. “Yil talabasi — 2023” tanlovining mutlaq g‘olibi, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” va “Eng yaxshi volontyor” tanlovlari sovrindori. Ikki o‘quv yili uchun 100 foizlik ta’lim grantiga sazovor bo‘lgan, 15 marotaba Rektor stipendiyasini qo‘lga kiritgan. Xalqaro tibbiyot olimpiadalari va ilmiy anjumanlarda qatnashgan hamda “Tibbiyotcha bellashamiz” intellektual loyihasining asoschisi va muallifi.
🚀
BU YUTUQLAR — BOSHLANISHI, OLDINDA ESA YANADA ULKAN MARRALAR BOR!
Ushbu talabalar misolida ko‘ramizki, universitet hayotidagi imkoniyatlar ilmiy izlanish, ijodkorlik, tashabbuskorlik va tinimsiz mehnat bilan uyg‘unlashganda katta natijalarga olib keladi.
💙
Aziz talabalar!
Siz ham ilmiy maqolalar yozing, xalqaro olimpiadalarda qatnashing, grant va stipendiyalar uchun intiling, yangi loyihalar yarating! Bugungi harakatingiz ertangi katta muvaffaqiyatingizga asos bo‘lishi mumkin.
💙
OXU — bilim, imkoniyat va yutuqlar maskani!
Ushbu talabalar OKTABR oyining eng yutuqli talabasi sifatida tanlab olindi agar siz ham ushbu burjakga qo'shilishni yoki ma'lumot olishni ishtasangiz uchun:
@oxumanaviyat_2
📱
Telegram

October 25, 08:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 14:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎬
E’LON! DIQQAT, TANLOV!
📢
🏛
OXU Tibbiyot fakulteti 5-bino talabalari uchun
📱
“KREATIV MOBILOGRAF — VIDEO ROLIKLAR TANLOVI”
🎥
🎯
Tanlov yo‘nalishlari:
🌿
Ekologiya va yashil makon
📚
Ta’lim va ilm-fan
🩺
Tibbiyot va sog‘lom turmush tarzi
🇺🇿
Milliy qadriyatlar va ma’naviyat
🏛
Universitet hayoti va talabalar ijodi
🏆
Tanlov shartlari:
🎬
Formati:HD
💡
Shakli:Vertikal (reels)
🌟
Ovoz formati: Erkin tanlov
Videoroliklarni jo’nating:
@yourasadoff
📍
Oxirgi muddat: 30-oktabr 2026-yil
🌐
Telegram

October 24, 13:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🧠
🩺
“TIBBIYOT UCHUN BIR QADAM” — BILIMLAR SARI NAVBATDAGI QADAM!
🎯
Osiyo xalqaro universitetida “Tibbiyot uchun bir qadam” intellektual o‘yinining 2-bosqich saralash bahsi bo‘lib o‘tdi!
🔬
Ushbu bosqichda talabalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati, tezkorligi va tibbiyotga oid savollarga javob berish mahoratini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir savol — yangi bilim, har bir javob esa g‘alaba sari tashlangan dadil qadam bo‘ldi!
🏆
Bellashuv davomida ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanma olish uchun o‘zaro bilim va tafakkur borasida kuch sinashdilar.
🩺
Buyuk shifokor bo‘lish yo‘li bilimdan boshlanadi. Har bir qadam — kelajakdagi buyuk maqsad sari!
🌐
Telegram