Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

OʻYNAB OʻRGANAMIZ | GULZODA HURMUHAMMEDOVA

oynab_organamiz
Bolani bezdirmasdan, Oʻynab oʻrgatamiz! 📌 Klubimiz: https://t.me/+SZB7jwb5teBkODk8 👉 Reklama: https://t.me/oynab_rek 📌 Murojaat uchun: @oynaborganamiz_adminBot 👉 YouTube https://youtube.com/@oynab_organamiz?si=VzLqyssn3T3ZO-JC
Подписчики
19 891
24 часа
-7
30 дней
-243
Просмотры
1 153
ER
5,8%
Посты (30д)
146
Символов в посте
620
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 12, 03:33

"MEN UDDALAY OLMAYMAN"
Perfeksionizm haqida koʻpchilik eshitgan boʻlsa kerak. Oʻzimizni chapani tilda "mukammallikka intilish" deyish mumkin. Lekin bu shunday mukammallikki, egasini charchatadi, dunyo goʻzalligidan toʻla bahramand boʻlolmaydi, ichida nimadir kam, nimadir notoʻliq.
🔝
Aslida, perfeksionizm agar toʻgʻri yoʻnaltirilsa, ijobiy sifat hisoblanadi. Lekin, koʻpincha uning tagida boshqa muammolar (hissiy bogʻlana olmaslik, koʻp tanqid eshitish, qabul qilinmaslik, ruhiy va jismoniy jazolar) yotgan boʻladi.
👆
Men avvallari bu holat faqat kattalarda kuzatiladi deb oʻylar ekanman. Baʼzi voqealar fikrim oʻzgarishiga sabab boʻldi.
1️⃣
Bolalar bilan bir joyga borgan edik. U yerda qizim tengi bir qiz yigʻlay boshladi, sababini soʻrasak, chizayotgan rasmi chiroyli chiqmayotgan ekan. Onasi va biz qanchalik harakat qilmaylik, rasm chiroyli ekanligiga koʻndirolmadik.
2️⃣
Qizlarim yozda gimnastika toʻgaragiga borishdi. Bir oydan soʻng vaqti bizga toʻgʻri kelmayotgani uchun dars soatini oʻzgartirib, boshqa guruhga qatnay boshladik. Eʼtibor bersam, 6 yoshlar atrofidagi bir qiz har dars yigʻladi. Sababini ustozidan soʻrab bildim. Murabbiy aytgan mashqni hali bajarmay turib, hali yoʻq muvaffaqiyatsizlik uchun bajara olmayman deb yigʻlar ekan. Qiziq.
🤔
Ikkala holatda ham qizlarim hayratga tushdi. Biron narsani bajara olmaslik uchun yigʻlash mumkinligini ular umuman tushunishmadi. Qayta qayta oʻsha voqealarni eslab, shunga ham yigʻlaydimi deb kulishadi.
🌧
Hali kichkinagina qizlarda qayerdan buncha mukammallika intilish, magʻlubiyatdan qoʻrqish shakllanib qolgan ekan?!
🌺
Men umuman perfeksionist emasman. Bolalarimni ham biron ishini natijasini emas, jarayondagi harakatini maqtayman. Agar fokusni faqat ishning natijasiga qaratsangiz, yo eng yaxshisini qila olmasligiga koʻzi yetib, oʻsha ishni umuman qilishga ham urinmay qoʻyadi, yo mukammallik ketidan quvib yuruvchi shaxsga aylanadi.
Bolangiz biron narsa yasayotgan yo chizayotgan boʻlsa, "Zoʻr chiqsin" , "Eng zoʻrini qilsang, qil, boʻlmasa qilmay qoʻyaver" deb miyasiga quymang. "MashaAlloh, shuni yasashga shuncha harakat qilyapsan, chiroyli chiqyapti ekan" deb eʼtiborni jarayonga qarataylik.
#tarbiya
Gulzoda Xurmuhammedova
Kanalga ulanish uchun
👇
👇
👇
©
@oynab_organamiz

September 11, 04:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum. Qadrli onajonlar, eski postlarni ham oʻqib turasizlarmi?
Boshqa kanallarga oʻxshab Kanal xaritasi yoki xazinasi tayyorlay olmayman. Toʻgʻrisini aytsam, birini yozsam, biri qolib ketadigandek, hammasi xazinadek tuyuladi menga, sizlarga qanday bilmadim
🙈
Shunday boʻlsa ham oʻzim yasagan baaaaaʼzilarini yubormoqchiman. Bularni avvallari yasab bergan edim. Hozir ham shugʻullanamizu, yosh oʻtibdimi bilmadim rasm video qilishga hafsala yoʻq, jarayondan zavqlanish kuchli.
Xullas, eski postlarga, fayllar boʻlimiga koʻz yugurtirib turing-a
🦋
🔴
Laminat salafan bilan dazmolda laminatlash.
🔴
Uy sharoitida plastilin tayyorlash
🔴
Lipuchkali mashgʻulot tayyorlash
🔴
Taʼlim burchagimiz
🔴
Olmali ingliz tili darsi
🔴
Arab harflari uchun avtobusli oʻyin
🔴
Shoshilinchda tayyorlangan mashgʻulot
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
🔻
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
TELEGRAM
📱
INSTAGRAM
🖥
YOU TUBE

September 10, 08:07

#sizga_va_ozimga
#eslatma
Toʻlaqonli oʻzingizni bolangizga bagʻishlamang!
Ha, toʻgʻri oʻqidingiz. Boringizni, joningizni bolangizga bermang. Nega unaqa deyapmiz? Hozir isbotlaymiz.
Tilingizda "Alloh uchun" deysiz-u, ichingizda baribir "bolam uchun" degan his boʻlishi mumkin. Oʻzingiz yemay yedirasiz, kiymay kiydirasiz, oʻqimay oʻqitasiz. Niyatingiz chindan Alloh uchun boʻlsa boshqa gap. Lekin har narsada oltin oʻrtalikni topish kerak. Bugun hamma narsadan kechgan onadan ertaga farzandi ham kechishi mumkin.
Nega bunday bo'ladi?
"Onamga bo'laveradi": O'ziga e'tibor bermay, hamma narsaning yaxshisini bolaga tutadigan onaning farzandi vaqt o'tib bunga o'rganadi. Uning nazarda onasining ehtiyojlari yo'qdek, hamma narsaga "chidaydigandek" tuyuladi.
Aybdorlik hissi: "Seni deb yoshligimni berdim, o'zimdan kechdim" deydigan ona bolada ulkan aybdorlik hissini shakllantiradi. Bola bir umr onasi oldida o'zini qarzdordek his qilib yashaydi.
Bola bularni sizdan soʻradimi? Oʻzingdan kech dedimi? Yoʻq!
Aslida, bolaga hamma narsadan kechadigan, charchagan va asabiy onaning aslo keragi yoʻq. Bolaga o'zini qadrlaydigan sog'lom ona kerak.
Chunki farzand amalingizdan andoza oladi:
O'g'il bolalar kelajakda ayollarga va o'z oilasiga qanday munosabatda bo'lishini aynan onaning o'z-o'ziga bo'lgan hurmati orqali o'rganadi.
Qiz bolalar esa ayol va ona obrazini sizdan oladi. Agar o'zingizdan kechib yashasangiz, qizingiz ham onalikni "qurbonlik" deb tushunadi yoki kelajakda o'z qadrini bilmaydigan ayolga aylanadi.
Bitmas-tuganmas ro'zg'or yumushlari va mas'uliyatlari ichida ham o'zligingizni yo'qotmang. O‘zingizga vaqt ajratishdan qochmang. Yaxshi bir kitob mutolaasi, toza havoda biroz sayr qilish xudbinlik emas, balki ichki quvvatingizni to'ldirish uchun zaruratdir.
O‘z ishingizni sevish va shaxsiy intizomingiz orqali farzandlaringizga eng zo‘r namuna bo‘ling. Bolangizni seving, unga ajoyib ta'lim bering, lekin bu yo‘lda o‘zingizdan qurbon yasamang.
Unutmang, baxtli bolalarni faqat baxtli onalargina tarbiyalay oladi!
@oynab_organamiz

September 09, 11:09
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#id91

September 09, 11:02

#id91

September 09, 11:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#id91

September 09, 11:01
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

September 09, 11:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#id58
Bugungi vazifalar bajarildi

8.09.2026

September 08, 15:03
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#sizga_va_ozimga
#eslatma
Bolalarni tarbiya qilish.... deganlar uchun.
@oynab_organamiz

September 08, 14:07

🌱
BOLA O‘YNASIN. GAPIRSIN. O‘RGANSIN. Bolalik — faqat partada o‘tirib, qoidalarni yodlash uchun emas... Biz bolaga bilimni og‘ir yuk qilib emas, qiziqish uyg‘otib berishni istaymiz.
💛
Shuning uchun ChattyKID’da darslar Teacher Navruz metodikasi asosida…