Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

OzodaTemurova 6급 | Koreys va Arab tili

ozodatemurova_kacademy
Murojaat: @TemurovaOzoda Instagram: https://www.instagram.com/k_academy_korean?i 💡 K-Academy - "Ilmdan ortig'ini ulashamiz" Yo'nalishlar: Bepul darslar TOPIK darslari K-Speaking club K-Intervyu Quiz on Korea K-Zakovat EPS darslari
Подписчики
2 730
24 часа
-2
30 дней
-29
Просмотры
812
ER
29,74%
Посты (30д)
18
Символов в посте
694
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЯзыковое обучение
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 02:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌸
BUSA Women Book Club
Baxt uzoqda emas. U ko'pincha uyimizning ostonasida, yaqinlarimizning tabassumida, bir-birimizga aytgan iliq so'zda yashaydi. Faqat uni ko’ra bilish va asray bilish kerak.
Shu bois oktabr oyida birgalikda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning
"Baxtiyor oila"
kitobini o'qishga qaror qildik.
📖
Bu kitob oila deb atalmish muqaddas qo'rg'onni qanday qilib mehr, hurmat va sabr bilan qurish haqida. Unda er-xotin orasidagi munosabat, ota-ona va farzand rishtasi, xonadonga baraka va osoyishtalik olib kiradigan qadriyatlar haqida so'z boradi. Har bir sahifasi qalbga yaqin, har bir fikri hayotga yo'l ko'rsatadi.
📅
Sana:
8-noyabr
⏰
Vaqt:
13:00
📍
Manzil:
Space & Mood
📝
Ro'yxatdan o'tish havolasi:
https://forms.gle/HNUiW1CFq9bmckp7A
Vatandan uzoqda bo'lsak ham, qalbimizdagi qadriyatlarni birga asraylik. Kitob o'qib, fikr almashib, bir-birimizdan o'rganaylik.
🤍
Barcha opa-singillarimizni kutib qolamiz!
🌷
BUSA – kuch birlikda!
💪
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

October 22, 05:44

📢
Diqqat, ota-onalar! Bolalar uchun bepul ingliz tili darsi
Biz bolalar uchun sun'iy intellekt (AI) o'qituvchi bilan ingliz tilini o'rganish saytini yaratyapmiz. Hozir saytni sinab ko'rish bosqichidamiz va bizga yordamchi kichik o'quvchilar kerak!
🙌
👧
👦
Kimlar kerak:
- Koreys tilini tushunadigan bolalar (darslar koreys tilida tushuntiriladi)
- Ingliz tilini endi o'rganmoqchi bo'lganlar (boshlang'ich daraja, alifbodan boshlanadi)
- Taxminan boshlang'ich sinf yoshidagi bolalar
💻
Dars qanday o'tadi:
- Kompyuter yoki planshetda, uyda turib
- AI o'qituvchi so'z aytadi, bola takrorlaydi, o'yinlar o'ynaydi, harflarni yozishni mashq qiladi
- Mikrofon bo'lishi shart (bola gapirib javob beradi)
🎁
Bepul! Buning evaziga bizga fikringizni aytsangiz bas: nima yoqdi, nima tushunarsiz bo'ldi, qayer qiyin bo'ldi.
🔒
Bolaning ovozi va shaxsiy ma'lumotlari hech kimga berilmaydi.
📩
Qatnashmoqchi bo'lsangiz, telegramdan yozing
@nazarovaalo
Sizga kirish uchun login va parol beramiz.

October 20, 06:10

Kunduz soat 14:00/15:00 da koreys tili o'qimoqchilar uchun guruh ochdik.
Kechasi ishlaydiganlar uchun yaxshi imkoniyat. Boshqa kunduz kunga guruh ochmasligimiz mumkin.
Kunlari
: seshanba payshanba shanba
Soati
: 15:00 Koreya (11:00 Uzb vaqtida)
Murojaat:
@temurovaozoda

October 19, 04:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

(2A 7-unit namuna dars)
Bizda qabuli ochiq darslar haqida
😊
● 1B va 2A guruhlar
●
Ayollar guruhi | Yanvar TOPIK
Kunlari: dushanba chorshanba juma
Soati: 11:00 (Koreya) 7:00 (Uzb vaqtida
●
Ayollar guruhi | 2A dan
Kunlari: dushanba chorshanba juma
Soati: 13:30 (Koreya) 9:30 (Uzb vaqtida)
●
Yanvar TOPIK | N73 guruh
Kunlari: seshanba payshanba shanba
Soati: 20:00 (Koreya) 16:00 (Uzb vaqtida)
Darsda
:
● maxsus lug'at yodlatish darslari
● ilmni oson tushunish usullari
● kuchli raqobat
● samimiy jamoa
● aniq tizim
● qattiqqo'l muhit mavjud
To'lovi: 60.000 won
O'zbekistondagilar uchun 350 ming so'm
Murojaat:
@temurovaozoda

October 18, 03:28

TOPIK ga kiruvchi o'quvchilarimizga duo:
Butun olamlar murabbiyi bo'lgan zotga hamdlar bo'lsin. Ikki olam sarvari Muhammad salallohu alayhi vasallamga salovatu durudlar bo'lsin. Sahobalar va mukammal saodat yo'lini bizga yetib kelishida hissasi tegganlarga Allohimni shafoati, rahmati, jannati va jamoli nasib qilsin.
Dengizlardan ko'p gunohlarimizni o'zi mag'firat etishiga muhtojmiz. Shafoati bilan nasibador etsin.
Xayrli amal ustidagi barchaga nusrat bersin. Kasallarga shifo, sino'v ustidagilarga yengillik, mashaqqatdagilarga kuch-quvvat bersin.
Duo so'rab yozgan har bir umidvorga Alloh Taolo ilmda natijalar nasib ettirsin. Harakatidan ortig'ini berishidan ham umidvormiz. 2-3 oy davomida o'qiganlarini tiliga, aqliga va amaliga yuzlashtirsin. Yuqori natijalarga ilashtirsin.
Ilmga sadoqatli, ahdga vafoli, xayrli yo'llari oson, Jannat yo'lida intizomli bo'lish nasib qilsin.
Adashgan holda topib o'z yo'liga boshlagan Zotga hamdlar bo'lsin. Oxirgi Rasuli Muhammad salallohu alayhi vassallamga durudu savolatlar bo'lsin"
Duoimiz qabul bo'ladigan insonmiz deyolmaymiz. Lekin qudrati va shafoati cheksiz zotdan faqat umid qilamiz.

October 07, 12:12

Assalomu alaykum.
Koreya 10 yildan ortiq vaqtdan beri yashayman, asosan tarjimonlik qilaman.
Bugun 5- yoki 6-marta voice fishing jinoyati bo’yicha tergovda tarjimada bo’ldim. Bugungisida qamoqxonada sudini kutib yotgan yigit tergov qilindi.
Arziman 50-60 ming von uchun tanimagan odamni ko’rsatmalari asosida pulni bir joydan (우편함-pochta qutisi) boshqa joyga (공원, 계단 밑-park, zinalarni tagi) oborib qo’yish ishlarini qilib, 6 oydan beri sudni kutib yotibdi.
Bilmagandim, boshqa qilmayman, uzr degan degan gaplar qonun oldida o’tmaydi afsuski.
Iltimos, arzimagan pul uchun risk qilmang, gulday umrizni xazon qilmang.
(Tergovchi o’zbeklar ko’p guruhlarga shunaqa e’lon qo’yib berishimni so’radi. O’zim yosh yosh yigitlarga Ichim achib ketganidan yozdim)
Nilufar Abullayeva

October 07, 02:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Namuna dars (52 ssigi 1-unit)
Bizda qabuli ochiq darslar haqida
😊
●
Ayollar guruhi | Yanvar TOPIK
Kunlari: dushanba chorshanba juma
Soati: 11:00 (Koreya) 7:00 (Uzb vaqtida
●
Ayollar guruhi | 1A dan
Kunlari: dushanba chorshanba juma
Soati: 13:30 (Koreya) 9:30 (Uzb vaqtida)
●
Yanvar TOPIK | N73 guruh
Kunlari: seshanba payshanba shanba
Soati: 20:00 (Koreya) 16:00 (Uzb vaqtida)
Darsda:
● maxsus lug'at yodlatish darslari
● ilmni oson tushunish usullari
● kuchli raqobat
● samimiy jamoa
● aniq tizim
● qattiqqo'l muhit mavjud
To'lovi: 60.000 won
O'zbekistondagilar uchun 350 ming so'm
Murojaat:
@temurovaozoda

October 07, 02:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Dekretdagi ustoz uchun o'quvchilaridan zarra yaxshi so'z eshitishi katta yutuq !
Nega ? Chunki dekretdagi ayolni faqat tuqqan ayolgina tushunadi. Bunda kechalari uhlamaslik, ovqatini yeyolmasdan och yurish, vazni
52kg dan 38kg
tushib qolgan ustoz uchun o'z ustida ishlashga vaqt yo'qligi va boshqa asabiyliklar ichida o'z ishi — dars o'tishlarini sifatini bir maromda ushlab qolish juda qiyin.
Lekin shunda ham tolibi ilmlar norozi emasligiga qoyil. Menimcha bu ulardagi faqat yaxshilikni ko'rish va qayerda bo'lsa ham foydali ilm topa bilish sababidan bo'lsa kerak.
Ustoz:
@temurovaozoda

October 06, 02:36
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Busa Zakovat bellashuvida 1-o'rin va 600.000 won pul mukofoti !
(13-sentabr)
3 kishilik jamoa 8 ta 6 kishilik jamoalar bilan ilm musobaqasidagi nomimiz "Ozod Falastin" bo'lib shu nomning o'rni oliy darajada bo'lishiga harakat qildik.
Va har doimgidek Alloh Taolo bermasa olim bo'lsak ham botin-u zohirimiz bo'sh qolardi.
BUSA loyihasiga esa eng adolatli va eng qadriyatli bardavom ishlari uchun ming rahmat !
@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

October 06, 02:28
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

Mawlid musobaqasi 30-avgust > mukofot 1200$ lik telefon
Cheongju Islom markazi
tomonidan o'tkazilgan "Mawlid bayrami" da siyratdan va Qur'on oyatlaridan o'tgazilgan musobaqada 1-o'rin !
Masjid imomi Ayman Ustozga va bu mukofotga himmat qo'shgan barchaga rahmat. Ilm uchun qo'llarini ochgan mukofot egalariga mukofotlari ortig'icha nasib etsin !
Alloh Taoloning fazlidan bo'lgan ne'matlarimizga behisob shukr bo'lsin. Bizni dunyo-yu oxiratga foydali ilm va oliy himmatga yo'naltirsin.
@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"