Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ozodaxon blogi

ozodaxon_blogi
— NSP holder (3x) — Professor at Perfect University — PhD student at NUU — International Student at Comenius University (2022); — Translator and Copywriter at Grantlar.uz and @grantlar_namuna — Happily married ♥️ Aloqa uchun: @Ozodaxonga_bot
Подписчики
1 660
24 часа
-10
30 дней
-40
Просмотры
1 083
ER
65,24%
Посты (30д)
7
Символов в посте
581
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDСтуденты за рубежом
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 10, 12:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📢
A great opportunity for English language teachers!
School-Champions Project
recruits new teachers to lead Continuing Professional Development in their communities!
🇬🇧
In collaboration with the Ministry of Preschool and School Education of the Republic of Uzbekistan and the Norwich Institute for Language Education (UK), British Council has been running the ‘Continuing professional development (CPD) of teachers at schools in Uzbekistan’ project in more than 200 schools and is now pleased to announce the next open call for new schools and school-based CPD Champions.
📚
📌
If you:
- currently teach English at a secondary school
- are eager to implement a new model of continuing professional development at your schools!
🤝
then this opportunity is for you! Join us in empowering teachers and shaping a better learning environment at your schools!
📅
Schools and English language teachers interested in participating in this project are invited to apply by 30 June 2026, 23.00 (Uzbek time)
🔗
Find out more about the project:
https://bit.ly/4g3AjMz
📝
Submit your application:
https://bit.ly/4xCaWbl

Only shortlisted candidates will be invited for an interview. Don’t miss your chance to become a leader of change at your school!
🔵
|
🔵
British Council Uzbekistan

June 10, 11:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Til kurslariga marhamat
Yozda INGLIZ, NEMIS, XITOY tillarini o’rganish istagidagi barcha
talabalar uchun til kurslarini taklif etamiz.
Darslar sizning darajangizga mos guruhda mahalliy va xorijlik ustozlar tomonidan olib boriladi.
Manzil: Beruniy metroga yaqin.
Batafsil ma’lumot uchun telegramdan yozing:
@Doston9706
#tavsiya
@Ozodaxon_blogi

June 04, 05:07

26-may — hayitdan bir kun avval doktoranturam bo’yicha chet tili imtihonim bo’lishi kerak edi.
Oilaviy sabablarga ko’ra, viloyatga ketishga majbur edim shu kuni, Allohga tavakkal qildim va ketdim, imtihonga kirmadim.
Ichimda shunaqa xiralik bo’ldi, o’zimni bir ishni uddalamagandek his qildim, imtihongayam bormaydimi odam deb yetib olguncha o’ylab keldim.
Uyga borib telegramni ochsam, Prezidentimiz farmon chiqarganlar: tayanch doktorantlar chet tilidan malakaviy imtihon topshirishi bekor qilinsin. (Manba PF-98)
Doktoranturaga kirish tartiblari ham o’zgardi, dissertatsiya himoyasi davrigacha ham ancha yengilliklar e’lon qilindi.
Men esa Alloh meni buncha yaxshi ko’radi deb shukr qildim. Farmonni doktoranturaga topshirmoqchi bo’lganlar o’qib chiqing
☺️
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.05.2026 yildagi PF-98-son
https://lex.uz/uz/docs/-8236683
@Ozodaxon_blogi

June 03, 12:26
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ba’zida nimadirlar yozgim kelib qoladi. Chunki botga ko’pdan ko’p Ozoda opa sizdan hayotiy narsalarni ham o’rganyapmiz, rahmat, kabi ma’nolarda xabarlar kelib turadi.
Ichimdagi bir narsa esa “nima qilasan yozib, shunday ham baxtlisan, hamma bilishi shartmi?”, deydi. Rostini aytsam, odam o’zini baxtli his qilganda shu vaziyatlarni kimgadir aytishga ham qizg’onar ekan.
Shaxsiy hayot shaxsiyligicha qolishi kerak. Instagramda post qilib sizni havasingizni keltiryotganlar asosan pul topish uchun qilyapti, desam ishonasizmi? Chunki post qilmasdan ham baxtli, baxtliroq bo’lish mumkin)
Tepadagi videoda judayam ma’noli gaplar gapirilibdi. Hayotda haqiqatan baxtli ekaningizni ko’rolmaydiganlar uchraydi, ba’zida sezmay ham qolasiz. Shaxsiy hayotingiz ayniqsa, (bo’lajak) turmush o’rtog’ingiz haqida kimdir so’rasa, shunchaki, “Alhamdullillah, yaxshi”, deng, yetadi. Video haqida fikringiz uchun izohlar ochiq.
@Ozodaxon_blogi

May 29, 17:29
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

Namangan xalqaro gullar festivali
@Ozodaxon_blogi

May 29, 16:49
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Marg’ilon, Farg’ona
Oilaviy sayohat boshqacha-da, ayniqsa ona shahringda)
Samarqandliklaram Marg’ilonda aylanadigan bo’pketdi:)
@Ozodaxon_blogi

May 18, 17:48

#request
To'liq ingliz tilida yozishadigan ommaviy Telegram guruhlarini bilasizmi, biror konferensiya uchun ochilgan bo'lsa ham, speaking o'stirish uchun bo'lsa ham, scholarshipga topshirish uchun bo'lsa ham. Muhimi to'liq ingliz tilida yozishadigani kerak. Izohda link berib keting
🙏

May 09, 18:38
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

Odatda NSP mentorlik kursida onlayn ishlaganimiz uchun ayrim ishtirokchilarning tashqi ko’rinishini ham bilmasligim mumkin.
Lekin shu ikkala qizni yaxshi taniyman, Zilola va Durdona bilan 2022-2023-yillar ishlaganmiz, adashmasam. Avvaldan o’zini ustida ishlaydigan qizlar edi. Hozir ikkalasiyam kuchayib birini qabuliga faqat oldindan yozilib kirasiz, 2-sini esa katta o’quv markazi bor, direktor.
NSP yutib Yevropaga borib o’qib ancha insight bilan kelishgan, haligacha eslab zavqlanishadi. Ularni bugun hayotda 1-marta ko’rdim, juda kuchli qizlar, hayotda birga yashasa odam zerikmaydi bular bilan, ilmli, keng fikrli.
Bu postdagi rasmdan ilhom oldik va takrorladik:
https://t.me/Ozodaxon_blogi/339
. Toshkentdagi ta’m ham yomonmas-u, Chexiyaniki boshqacha edi.
Aytgancha, Jazz festivalga qiziqsangiz Amir Temur metrodan chiqqanda bo’lyapti. Alibekni muxlislari ertaga boringlar)
@Ozodaxon_blogi

May 07, 15:15
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Fransuz allyansi
Ishdan keyin aylanib shu yerga borgandim, mehmondo’stlik qilishayotgan ekan. Nuqul tayyor tekin ovqatga borib qolaman-ey)
Suhbat klubiga borgandim, har xil yoshlilar bor, taxminan 65 yoshli amaki ham kelgan ekan. Vaqtlarini g’iybatlarga, bekorchilikka sarflagandan ancha yaxshi. Hamma muammolar bekorchilikdan kelib chiqadi. Maksimal band bo’ling.
Kirish bepul, hech qanday registratsiya ham shartmas. Har hafta Payshanba 18:30 da. Fransuz tilini kamida boshlang’ich daraja bilishingiz kerak)
@Ozodaxon_blogi

May 07, 12:32
Файлы недоступны
1
4
Открыть в Telegram

Bugun shu guruh bilan oxirgi darsimiz edi. Darsdan keyin tezda yig’ilib piknikka borishga qaror qildik. Bunaqa oson yig’ilamiz deb o’ylamagandim.
2-kurslar bilan 1 semestr davomida “Madaniyatlararo muloqot” fanidan ma’ruza va seminar darslari o’tib tugalladik. Haqiqiy zavq bilan o’rganishdi, qadrli guruh bo’lib qolishdi men uchun ham
♥️
Piknikda Mafia, Truth/Dare, Volleyball kabi o’yinlar tashkilladik. Ajoyib talabalar barchasi, hali video tayyor bo’lsa yana qo’shib qo’yaman postga
☺️
@Ozodaxon_blogi