
Peshku.uz πΊπΏ Π Π°ΡΠΌΠΈΠΉ ΠΊΠ°Π½Π°Π»ΠΈ.
DIQQAT EβLON:
2026 yil 27 oktabr kuni Peshku TETK hisobidagi elektr tarmoqlari va uskunalarini joriy ta'mirlash ishlari uchun P/st Yangibozor 35/10 kV dan chiquvchi F.Zandani 10 kV da havo elektr uzatish tarmog'ida Zandani MFY, Xorkash MFY, Boboxoji MFY hududlarida elektr energiyasida soat 09:00 dan 17:00 gacha uzilishlar kuzatilishini maβlum qilamiz.
Peshku tuman ETK sodir boβlgan ushbu vaqtinchalik uzilishlar uchun isteβmolchilardan uzur soβraydi.
βΎοΈ
Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
β
Telegram
|
β
Instagram
β‘οΈ
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toβgβrisidaΒ Oβzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni
qabul qilindi
.
Taqdirlanganlar orasida buxoroliklar ham bor.
π
II darajali βSalomatlikβ ordeni bilan
:
Elov Boymurod Dilmurodovich - Buxoro nogironligi boβlgan ayollar uchun βGβamxoβrlikβ markazi shifokor-terapevti
;
π
βJasoratβ medali bilan
:
Buribayeva Arailim Kidirovna
- Respublika tez tibbiy yordam markazining Peshku tumani boβlimi hamshirasi;
π
βShuhratβ medali bilan:
Axmedova Nargiza Maxmudovna
- Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali shoshilinch kardiologiya va terapiya boβlimi shifokor-kardiologi.
Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib koβrilgan viloyatdoshlarimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!
Buxoro.uz |
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
π
PESHKU TUMANIDA QONUNIYLIK VA OBODLIK β USTUVOR VAZIFA.
26-oktabr 2026-yil
πΉ
Peshku tumanidagi "Quchoq" MFY hududidan o'tuvchi markaziy yo'l bo'yida joylashgan savdo komplekslari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va maishiy xizmat ko'rsatish nuqtalarining holati atroflicha o'rganildi.
πΉ
O'rganish davomida qonuniylikka rioya etilishi va shaharsozlik meβyorlariga amal qilinish holatlari ustuvor yo'nalish sifatida belgilandi. Aholi va tadbirkorlar uchun qulay, xavfsiz hamda estetik muhit yaratish β bugungi kunning dolzarb talabidir.
πΉ
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Reklama to'g'risidagi qonun talablariga zid, noqonuniy o'rnatilgan targ'ibot vositalari, banner va lavhalar joyida bartaraf etildi. Bu esa hudud qiyofasini yaxshilash bilan birga, qonun ustuvorligini taβminlashga xizmat qilmoqda.
πΉ
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga tashqi reklama vositalarini joylashtirish va rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
πΉ
O'rganishlar
davom etmoqda.
β
Telegram
|
β
Instagram
Suyultirilgan gaz taβminotida qonuniylik va shaffoflikni taβminlash doimiy eβtiborda
βHududgaztaβminotβ aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda respublikamizdagi 3 million 730 mingdan ortiq aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan taβminlab kelmoqda.
Ushbu tizimni yanada rivojlantirish, taβminot barqarorligini oshirish, gazni xarid qilish va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada moliyaviy shaffoflikni taβminlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 326-son qarori bilan suyultirilgan gaz taβminotini isloh qilish, bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, sohada shaffoflikni taβminlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni davlat tomonidan moddiy qoβllab-quvvatlash boβyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va nazorat choralari kuchaytirilayotganiga qaramay, suyultirilgan gazni noqonuniy sotish hamda talon-toroj qilish bilan bogβliq holatlar ham uchrab turibdi. Bunday holatlarning oldini olish va qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida βHududgaztaβminotβ AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigβiga muvofiq, Jamiyatning Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilmoqda.
2025-yil va 2026-yilning dastlabki toβqqiz oyida 3 mingdan ortiq toβsatdan tekshiruv va reyd tadbirlari oβtkazilib, jami
1217 ta qoidabuzarlik aniqlangan
. Shu davrda suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga ixtisoslashgan
471 ta βbunkerβ aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qoβyilgan
.
Koβrilgan choralar natijasida qiymati taxminan
2 milliard soβmlik 193,6 tonna
suyultirilgan gaz hamda umumiy qiymati
8,7 milliard soβmlik 17 301 dona maishiy gaz ballonining noqonuniy sotilishi oldi olingan
.
2026-yilning toβqqiz oyidagi xizmat tekshiruvlari davomida
1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona maishiy gaz balloni talon-toroj qilingani aniqlangan
. Huquqiy baho berish uchun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida
19 ta jinoyat ishi qoβzgβatilgan
.
Ayni paytda Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan toβsatdan tekshiruv va reyd tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini oβrganish, qoidabuzarliklarga huquqiy baho berish hamda ularning takrorlanishiga yoβl qoβymaslik choralari koβrilmoqda.
Hurmatli isteβmolchilar! Agar aholi uchun moβljallangan suyultirilgan gazni noqonuniy sotish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, βHududgaztaβminotβ AJning quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni soβraymiz:
βοΈ
Ishonch telefoni:
+(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
π§
Elektron pochta manzili:
info@hududgaz.uz
π§
Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili:
antikorruptsiya@hududgaz.uz
π±
Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti:
t.me/hgt_antikor_bot
π¬
Facebook
|
π
Telegram
|
βΆοΈ
YouTube
|
π·
Instagram
|
π±
X
|
π
hududgaz.uz
π
PESHKU TUMANIDA YOSHLAR MARKAZI QURILISHI BILAN TANISHILDI
Peshku tumani Yangibozor mahallasida yoshlarning boβsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida barpo etilayotgan Yoshlar markazi binosi qurilishi bilan tuman hokimi Anvar Hamroyev hamda tuman prokurori yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha doirasida belgilangan vazifalar hamda ishlarning sifatli bajarilishiga eβtibor qaratildi. Masβullarga qurilish jarayonlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish va ishlarni oβz vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur loyiha yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda boβsh vaqtini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
π
Loyiha qiymati:
1 milliard 513 million 765 ming 583 soβm 20 tiyin.
Buyurtmachi:
Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi βYagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasiβ DM.
βΎοΈ
Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
β
Telegram
|
β
Instagram
π΄
Is gazi β koβrinmas xavf: oβzingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi β CO) β rangsiz, hidsiz va taβmsiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi koβpincha kech payqaladi. Is gazi yoqilgβining toβliq yonmasligi natijasida hosil boβladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va moβrilarning notoβgβri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki koβchma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab boβlishi mumkin.
βοΈ
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq boβlmang!
Bosh ogβrigβi, bosh aylanishi, holsizlik, koβngil aynishi, qusish, nafas qisishi va koβkrak sohasidagi ogβriq is gazidan zaharlanish belgisi boβlishi mumkin. Ogβir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo boβlsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
π
Zaharlanishning oldini olish uchun:
π·
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, moβri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
π·
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini taβminlang. Moβri va ventilyatsiya yoβllarini berkitib qoβymang.
π·
Koβchma generator, barbekyu va koβmir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
π·
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
π·
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar oβrnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
β
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
βοΈ
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga β toza havoga olib chiqing.
βοΈ
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qoβngβiroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
βοΈ
Jabrlangan shaxsni shifokor koβrigidan oβtkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
βοΈ
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
βοΈ
Unutmang: is gazining hidi yoβq, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish β oβzingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Peshku tumani hokimi va oβrinbosarlari tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jadvali.
βΎοΈ
Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
β
Telegram
|
β
Instagram
πΉ
Youtuber
π’
DIQQAT, EβLON!
26-oktyabr kuni Peshku tumani Yangibozor mahalla fuqarolar yigβini binosida Peshku tumani hokimining oΚ»rinbosari Sh.Xoβjaqulova boshchiligida sayyor qabul oβtkaziladi.
π
Sayyor qabul davomida hudud aholisi murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanadi.
πΉ
Manzil: Yangibozor MFY Yangibozor MFY binosida.
π
Saayor qabul vaqti: soat 16:00 da
Muammo va takliflari mavjud fuqarolarni sayyor qabulga taklif etamiz!
βΎοΈ
Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
β
Telegram
|
β
Instagram
πΉ
Youtube
DIQQAT EβLON:
2026 yil 26 oktabr kuni Peshku TETK hisobidagi elektr tarmoqlari va uskunalarini joriy ta'mirlash ishlari uchun P/st Peshku Tex Invest 35/10 kV, P/st Yangibozor 35/10 kV lardan chiquvchi F.Ofandar-2 10 kV, F.Buxoro 10 kV larda havo elektr uzatish tarmoqlarida Yangiobod MFY, Qoraqalpoq MFY, So'sana MFY, Maxallamirishkor MFY, Talisobun MFY hududlarida elektr energiyasida soat 09:00 dan 16:00 gacha uzilishlar kuzatilishini maβlum qilamiz.
Peshku tuman ETK sodir boβlgan ushbu vaqtinchalik uzilishlar uchun isteβmolchilardan uzur soβraydi.
βΎοΈ
Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
β
Telegram
|
β
Instagram
πΉ
Youtuber