Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

FC NEFTCHI

pfcneftchi_uz
Official channel FC Neftchi Fergana\Uzbekistan. • http://fcneftchi.uz • https://instagram.com/pfcneftchi_uz • https://youtube.com/c/pfkneftchi_uz • http://facebook.com/neftchi1962
Подписчики
37 670
24 часа
683
30 дней
2 066
Просмотры
14 180
ER
37,64%
Посты (30д)
648
Символов в посте
386
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
October 26, 16:42
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎥
▶️
NEFTCHI – AL ITTIHOD: UCHRASHUVIDAN SOʻNG MATBUOT ANJUMANI
Jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov “Neftchi” – “Al Ittihod” uchrashuvi soʻng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
🎞
➡️
https://youtu.be/Fw8T5Aqoy1g?si=kj86EB3_dAoRcvLJ

October 26, 16:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

QO‘SHIB BERILGAN DAQIQALARDAGI ALAMLI MAG‘LUBIYAT
Uchrashuv jamoamizning faol hujumlari bilan boshlandi va vakillarimiz raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Mehmonlar esa dastlabki daqiqalardanoq katta bosim ostida himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Kutilganidek, ushbu bosim tez orada o‘z samarasini berdi: 16-daqiqada burchak to‘pi uzatilayotgan vaziyatda mehmonlar himoyachisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va bosh hakam ikkilanishlarsiz penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Jamshid Iskanderov imkoniyatdan qoyilmaqom tarzda foydalanib, hisobni ochdi – 1:0!
Urilgan goldan so‘ng ham futbolchilarimiz tempni tushirishmadi va 27-daqiqada darvozani yana bir bor ishg‘ol etishdi. Biroq bu vaziyatda qanot hakami ofsayd qayd etgani bois gol inobatga olinmadi. Shundan keyin mehmonlar vaziyatni o‘nglash uchun katta kuch bilan oldinga tashlanishdi va 34-daqqiqada darvozamizga gol urib, muvozanatni tiklashdi – 1:1.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng vakillarimiz tushkunlikka tushmay, hujumkorlikni davom ettirishdi. Ammo yo‘llangan zarbalarga biroz aniqlik yetishmadi va birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan mehmonlar darvozamiz oldida bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Biroq ularning urinishlari samarasiz yakunlandi. Shundan so‘ng tashabbusni o‘z qo‘liga olgan jamoamiz ketma-ket hujumlar seriyasini tashkil qildi. Vakillarimizning bosimi natijasida to‘p bir necha bor raqib darvoza ustuniga tegib qaytdi. O‘yin nazoratini to‘liq o‘zida ushlab turgan futbolchilarimiz gol urishga juda yaqin kelishgandi, ammo ko‘plab vaziyatlarda vakillarimizga biroz omad yetishmadi.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa kutilmagan voqea yuz berdi: qarshi hujumga o‘tgan mehmonlar xavfli nuqtada jarima to‘pi ishlab olishdi. Standart vaziyatni aniq amalga oshirgan Youssef En-Nesyri mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2. Ushbu dramatik goldan so‘ng hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi va vakillarimiz achinarli mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘lishdi.
AFK CHAMPIONS LEAGUE ELIT
26 oktyabr 3-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni soat 18:45
"NEFTCHI" 1:2
"AL-ITTIHAD"
Gollar:
Jamshid Iskanderov, 17' pen (1:1), Houssem Eddine 34' (1:1), Youssef En-Nesyri, 90+1'(1:2)
Bosh hakam:
Adham Makhadmen (Iordaniya)
Yordamchi hakamlar:
Mohammad Alkalaf, Ahmad Moannes Alroalle (Iordaniya)
Zaxira hakami:
Mohammad Ghabayen (Iordaniya)
VAR:
Khamis Al-Marri (Qatar)
AVAR:
Juma Al-Burshaid (Qatar)
Nazoratchi:
Esmaeil Safiri (Eron)
Komissar:
Rashid Al-Dosari (Qatar)
“Neftchi”:
1.Botirali Ergashev, 3.Michel Augusto, 4.Bojan Ciger(20.Anvarjon G‘ofurov,46'), 7.Abrorbek Ismoilov(9.Xurshid G‘iyosov,79'), 8.Vladimir Jovovich(31.Yan Sasse, 46'), 10.Jamshid Iskanderov, 22.Alisher Odilov(6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev,70'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao 77.Francisco Jurani Ferreira, 88.Markus Forss(11.Asilbek Jumayev, 87')
Zaxira futbolchilari:
45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Pulatov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 17.Azizbek Murotov, 19.Azizbek Erimbetov, 27.Nurbek Sarsenbayev
,
71.Bilolxon Toshmirzayev
Bosh murabbiy :
Islombek Ismoilov
🟢
@pfcneftchi_uz

October 26, 15:41

90+4' Uchrashuv yakunlandi.
Afsuski mag‘lubiyat 1:2

October 26, 15:38

Uchrashuvga 4-daqiqa qo‘shib berildi

October 26, 15:37

90+1' Gol muallifi Youssef En-Nesyri

October 26, 15:36

Zarba amalga oshirildi va gol.
Mehmonlar ikkinchi to‘pni kiritishdi

October 26, 15:35

90' Mehmonlar jarima zarbasini ishlab olishdi.

October 26, 15:31

87' Markus Forss maydonni tark etdi. Asilbek Jumayev o‘yinga qo‘shildi

October 26, 15:30

85' Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirmoqda. Noaniq

October 26, 15:25

79' Jamoamizda navbatdagi o‘zgarish. Abrorbek Ismoilov o‘rniga Xurshid G‘iyosov o‘yinga qo‘shildi