Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!

pmfergana
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓 - The best international and local teachers 👩‍🏫 - Innovative Technologies 🖥 - New training methods 📚 - STEM Subjects 👨‍💻 - useful enrichment programmes 🎼 Murojaat: @pmferganabot
Подписчики
1 810
24 часа
30 дней
50
Просмотры
258
ER
14,25%
Посты (30д)
100
Символов в посте
818
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 16, 12:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
📚
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda
“Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining erishgan yutuqlarini e’tirof etish, ularning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini keng jamoatchilikka tanishtirish, shuningdek, yoshlar va investorlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.

Bugun Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida qabul qilinib, xalqaro olimpiadalar, ilmiy tanlovlar va innovatsion loyihalardagi muvaffaqiyatlari bilan Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyatini namoyon etmoqda.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 16, 04:20
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🖌
Ta’lim islohotlari samarasi iqtidorli yoshlar yutuqlarida aks etmoqda
🎓
Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida natijalar iqtidorli yoshlarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga grant asosida qabul qilinayotgani, innovatsion loyihalar va ilmiy izlanishlardagi yutuqlari buning amaliy tasdig‘idir.
Ana shunday yutuqlarga erishgan yoshlarni bir maydonga jamlagan “Bunyodkorlar sammiti: iqtidorlar – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi tadbir Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati, xorijiy hamkorlar, investorlar, pedagoglar hamda bitiruvchilar ishtirok etdi.
Batafsil

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining
rasmiy
sahifasida
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 15, 18:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#ijod_yoshlari
#tanlov_natijalari
🔔
"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI NATIJALARI EʼLON QILINDI
❗️
Tanlov natijalarini quyidagi havola orqali bilishingiz
mumkin.

Joriy yilning 5–6-iyun kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida
"Ijod yoshlari"
tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkazilgan edi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilida tanlovda ishtirok etgan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.
Tanlovda g‘oliblikni qoʻlga kiritgan 5-sinf o‘quvchilari 6-sinfda o‘qiyotgan yili tanlovning yakuniy bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ijod yoshlari” respublika tanlovi tashkil etildi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining "Ijod yoshlari"
platformasi
orqali
2026-yil 15-apreldan 4-mayga
qadar jami
7 844
nafar
5–6-sinf
oʻquvchilarining hujjatlari qabul qilindi. Ulardan
971 nafari
ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan edi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 15, 13:49
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

🟡
IT va sun’iy intellekt ta’limida yangi hamkorlik sari
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova AQShdan tashrif buyurgan ta’lim sohasi investori,
Luwo.ai
platformasi asoschisi va sobiq Google bosh muhandisi Taalaibek Djumabaev hamda loyiha PR direktori Anya Djumabaeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati, IT va informatika yo‘nalishlaridagi yutuqlar hamda istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi. Amerikalik ekspertlar O‘zbekistondagi ta’lim va IT sohasining salohiyatini yuqori baholab, mamlakatimizda investitsiya va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
🤝
Hamkorlik doirasida maktablarda zamonaviy IT va sun’iy intellekt dasturlarini joriy etish, xalqaro tajriba asosidagi qo‘shma ta’lim loyihalarini ishlab chiqish hamda global ta’lim hamjamiyatlari bilan aloqalarni mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Mazkur tashabbuslar iqtidorli o‘zbek yoshlari uchun raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt olamida yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 15, 13:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Hujjat topshirish yakunlanishiga atigi 5 kun qoldi!
Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro davlat universiteti talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
⚫️
Sun’iy intellekt
⚫️
Dron texnologiyalari muhandisligi
⚫️
Dasturiy ta’minot muhandisligi
⚫️
Amaliy matematika
⚫️
Kiberxavfsizlik
Hujjat topshirish:
https://admission.akhu.uz/
Al-Xorazmiy
universiteti
talabasi bo‘ling!
📞
Murojaat uchun
: +998 (62) 227-71-71
@alxorazmiyunibot
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 15, 10:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#qabul_2026
#infografika
🎓
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining kirish imtihonlariga tegishli boʻlgan muhim maʼlumotlar mazkur infografika koʻrinishida taqdim etilmoqda.
☎️
Call-markaz: 1206
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 15, 08:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#qabul_2026
#infografika
🎓
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga
ariza.piima.uz
platformasi orqali kelib tushgan arizalar tahlil qilindi.
📊
Yuqoridagi infografika orqali kirish imtihonlarida ishtirok etishi tasdiqlangan talabgorlarning hududlar kesimidagi soni bilan tanishishingiz mumkin.
☎️
Call-markaz: 1206
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 15, 05:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.
Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.

Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы.
Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему.
Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних.
Я взяла этот вопрос под личный контроль.
В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.

June 14, 14:52
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#fotolavha
🇺🇿
Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
🎓
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” forumidan fotolavha.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor

June 14, 13:31
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#QABUL_2026
DIQQAT ESLATMA!
🎓
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi quyidagi maktablar uchun:

Prezident maktablariga

⭐️
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-, 6-, 7-sinflariga

Hujjatlar qabuli bugun, 14-iyun soat 23:59 da yakunlanadi!

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ariza topshirish
ariza.piima.uz
havolasi orqali amalga oshiriladi.

Qabul muddati tugagach, arizalar qabul qilinmaydi.
☎️
Hujjat topshirishda barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritishni unutmang. Savollar yuzaga kelganda, Agentlikning 1206 qisqa raqamiga murojaat qiling.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

Direktor