Pulli Gap
🏠
Yangi uy sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?
Yangi uy sotib olish — bu nafaqat katta moliyaviy qaror, balki kelajakdagi qulay va xavfsiz hayotingizni belgilovchi muhim qadamdir. Har bir xaridor uchun eng muhim savol shuki, uy qulay, xavfsiz va sizning oilangizga mos bo‘lishi kerak.
❓
Xo'sh, xato qilmaslik uchun qaysi jihatlarga e’tibor berisjh kerak? Keling ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
1️⃣
Joylashuv
Uy tanlashda birinchi e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlardan biri — albatta uning joylashuvi. Uyingiz qaysi hududda joylashganini, atrof-muhitini bilish muhim. Shu bilan birga, yaqin atrofda maktab, bolalar bog'chasi, supermarket, transport va boshqa qulayliklar mavjudligi hayotingizni yanada osonlashtiradi
✔️
Bundan tashqari, hududning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olish lozim — shunda siz nafaqat qulay yashash joyiga ega bo‘lasiz, balki uyning qiymati ham vaqt o‘tishi bilan oshishi mumkin.
2️⃣
Uyning sifati
Yangi uy sotib olayotganda uning sifatini diqqat bilan tekshirish juda muhim. Qurilish materiali sifatli ekanligini nazorat qiling, devor, pol va shiftning holatini baholang. Shuningdek, suv, elektr va isitish tizimlarining ishlashini sinab ko‘ring, shunda kelajakda muammolar paydo bo‘lishining oldini olasiz
🔍
3️⃣
Rejalashtirish va maydon
Uy sotib olayotganda uning rejalashtirilishi va maydoniga e’tibor qaratish kerak. Xonalar qulay joylashganligi, oila a’zolari uchun yetarli joy borligi muhim. Shuningdek, balkoni, garaji yoki saqlash joylarining mavjudligini tekshirish lozim, shunda har bir oila a’zosi uchun qulaylik yaratiladi va kundalik hayot osonlashadi.
4️⃣
Hujjatlar va rasmiyatchilik
Yangi uy sotib olayotganda hujjatlar va rasmiy tasdiqlar eng muhim jihatlardan biridir. Uy mulki va huquqi rasmiy tasdiqlanganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, shartnoma va garov hujjatlarini diqqat bilan o‘qish lozim, shunda kelajakda muammolar va tushunmovchiliklarning oldi olinadi
✉️
5️⃣
Narx va moliyaviy jihat
Uy sotib olayotganda uning narxi va moliyaviy shartlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish zarur. Avvalo, bozor narxlari bilan solishtiring, shunda adolatli qiymatni aniqlashingiz mumkin. Shuningdek, kredit yoki to‘lov shartlarini oldindan rejalashtiring, shunda xarid sizga moliyaviy jihatdan qulay va xavfsiz bo‘ladi
📈
6️⃣
Kelajakda qiymati
Uy sotib olayotganda uning kelajakdagi qiymatini ham hisobga olish muhim. Uy qiymati oshishi mumkinligini baholang va hududning infratuzilmasi hamda rivojlanishi sizning sarmoyangizga qanday ta’sir qilishini o‘rganing. Shunday qilib, xarid nafaqat qulay yashash, balki kelajakda foydali investitsiya ham bo‘ladi
📊
🗣️
Yangi uy sotib olayotganda shoshilmaslik va har bir detalni diqqat bilan tekshirish muhim. Shu tarzda uy nafaqat qulay yashash uchun ideal bo‘ladi, balki kelajakda foydali sarmoyaga ham aylanadi.
Siz yangi uy tanlashda yana qaysi jihatlarga e’tibor berasiz?
Telelgram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok
❗️
2026-yil 1-apreldan muhim o‘zgarishlar kuchga kirmoqda
👇
Quyidagi to‘lovlar endi faqat karta yoki elektron to‘lov orqali qabul qilinadi:
➖
Davlat xizmatlari
➖
Elektr energiyasi, gaz va suv to‘lovlari
➖
Alkogol va tamaki mahsulotlari
➖
AYOQSh orqali yoqilg‘i olish va elektromobillarni zaryadlash
➖
25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar
➖
Ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalari oldi-sotdisi
💳
To‘lovlarni bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.
❗️
Shuni unutmang, qulaylik, shaffoflik va xavfsizlik — naqdsiz to‘lovlarning asosiy afzalliklaridan biri.
🚀
Bu postni faqat naqd pul ishlatadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying
Telelgram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok
📌
Agrobank taqdim etayotgan omonatlar ro'yxati
1️⃣
Sandiq
💰
Minimal miqdori - onlayn 100 000 so‘m
📁
Offlayn - 1 000 000 so’m
⏰
Muddati - 18 oy
↗️
Foiz stavkasi - 21%
2️⃣
Progress
💰
Minimal miqdori - 500 000 so‘m
⏰
Muddati - 13 oy
↗️
Foiz stavkasi - 21%
3️⃣
Stimul
💰
Minimal miqdori - $100
⏰
Muddati - 24 oy
↗️
Foiz stavkasi - 5.5% gacha
4️⃣
Komfort
💰
Minimal miqdori - 500 000 so‘m
⏰
Muddati - 13 oy
↗️
Foiz stavkasi - 21%
5️⃣
Baxtli bolalik
💰
Minimal miqdori - 100 000 so'm
⏰
Muddati - 36, 60, 120 oygacha
↗️
Foiz stavkasi -14 %
6️⃣
Premium
💰
Minimal miqdori - $100
⏰
Muddati - 24 oygacha
↗️
Foiz stavkasi - 7% gacha
7️⃣
Nihol
💰
Minimal miqdori - 1 mln so‘m
⏰
Muddati - 13 oy
↗️
Foiz stavkasi - 20% gacha
Qaysi omonat turi haqida batafsil ma'lumot olishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!
Telegram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok
Bankomat kartangizni "yutib" yubordimi?
Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Bu haqda batafsil bankomatning o'zi tushuntirib beradi.
Telelgram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok
☕️
Oramizda qahva sevuvchilar bormi?
Har kuni bir finjon qahva — oddiy odatdek tuyuladi.
Lekin shu finjon ortida nima borligini bilasizmi?
🎥
Yangi videoda qahva qanday qilib tog‘ etaklaridan dunyo bozoriga chiqishini, nega siz to‘layotgan pulning atigi 10% i fermerga yetib borishini ochib beramiz.
👉
To‘liq videoni YouTubeda ko‘ring:
https://youtu.be/fa2tXDJbHFw?si=sIvVUjafwfxC__Pm
😊
Nima uchun soliq to‘lashimiz kerak?
💰
Soliq to‘lash — bu shunchaki majburiyat emas, balki jamiyat taraqqiyoti uchun har bir fuqaroning ongli tanlovidir.
📝
Bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma bo‘lib, uning asosida barqaror iqtisodiyot, ijtimoiy kafolatlar va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratiladi.
💡
Soliq to‘laganimizda biz nafaqat bugungi kunni, balki farzandlarimizning ertangi hayotini ham o‘ylab ish tutamiz. Chunki aynan soliqlar orqali jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan infratuzilma shakllantiriladi.
🏘️
O‘zbekistonda davlat byudjeti asosan soliq tushumlari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘lar yo‘llar qurilishi, shifoxonalar va maktablar faoliyati, ijtimoiy obyektlar, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
🔗
Shuningdek, hayotda kutilmagan vaziyatlar yuz berganda — ishsizlik, kasallik yoki boshqa ijtimoiy qiyinchiliklar paytida davlat aynan to‘langan soliqlar hisobidan aholini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, har bir fuqaroning umumiy byudjetga qo‘shgan hissasi nihoyatda muhimdir.
📊
Soliqlar iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirishning ham muhim asosi hisoblanadi. Ular orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, biznes subyektlari qo‘llab-quvvatlanadi va mamlakat iqtisodiy barqarorligi ta’minlanadi.
❗️
Davlat soliqlariga quyidagilar kiradi: daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona boji, aksiz solig‘i, og‘ir transport vositalari solig‘i, tadbirkorlik bilan bog‘liq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar.
❕
Ko‘pincha davlat byudjeti eng muhim uchta soliq — daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq hisobidan moliyalashtiriladi.
🚗
Mahalliy soliqlarga esa reklama solig‘i, yo‘llar solig‘i, avtotransport solig‘i hamda transport vositalari uchun to‘lovlar kiradi.
✨
Soliq to‘lash — bu davlat rivojiga befarq bo‘lmaslik, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish va kelajakka sarmoya kiritish demakdir. Har bir to‘langan so‘m — bu yaxshiroq yo‘llar, sifatli ta’lim, kuchli tibbiyot va barqaror iqtisodiyot sari tashlangan qadamdir.
⭐️
Bugun soliq to‘laymiz — ertangi kunni birga quramiz.
Telelgram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok
📗
Agrobank filiallarida kredit olish endi yanada oson va qulay.
💡
Sizni jonli maslahat, aniq javob va tezkor qaror kutmoqda. Ortiqcha kutishlar va tushunarsiz jarayonlarsiz — hammasi shaffof va sodda.
📝
Arizangiz atigi 10 daqiqada ko‘rib chiqiladi.
Ijobiy qaror qabul qilinsa, mablag‘ shu kunning o‘zida hisobingizga o‘tkaziladi.
Agrobank — ishonchli hamkor, tezkor yechim.
📍
Agrobank filiallari manzillarini
quyidagi
havola orqali bilib oling.
Telelgram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok
Bugun havo yomg‘irli…
☔️
Shunaqa ob-havoda uyda issiq choy, yumshoqqina pled va mazza qilib kino ko‘rishdan ortiqroq rohat bormi?
🍿
Aynan shuning uchun sizga pul va biznes haqidagi motivatsion filmlar ro'yxatini tayyorladik. Yomg‘ir tomchilari fon bo‘lsin, siz esa yaxshi film bilan vaqtingizni chog' o‘tkazing
🎬
✨
Telelgram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok
💡
Bir oyda elektr toki uchun qancha pul ketadi?
Oy oxiri. Telefoningizga xabar keladi. “Elektr energiyasi uchun to‘lov…”
Summani ko‘rib, ichingizdan albatta shu o'ylar o‘tadi: “Axir zavod ishlatmayapmiz-ku, shuncha pul qayerdan chiqdi?”
Aslida esa javob juda oddiy. Uyda tinimsiz ishlayotgan texnikalar — televizor, muzlatgich, suv isitgich, konditsioner — har soatda sekin-asta pulingizni “yeydi”. Siz sezmayotgan bo'lsangiz ham.
Keling, oddiy va tushunarli hisob-kitobni ko‘rib chiqamiz:
⚡️
1 kVt = 600 so‘m deb olamiz.
📺
Televizor (LED)
1 soat: 60 so‘m
Kuniga 5 soat ishlasa: 300 so‘m
Oyiga: 9 000 so‘m
💡
LED lampochka
Kuniga o‘rtacha: 144 so‘m
Oyiga: 4 000–4 500 so‘m
📱
Telefon zaryadkasi
Oyiga taxminan: 8 000 so‘m
🧊
Muzlatgich (A/A+)
Kuniga: 1 500–2 000 so‘m
Oyiga: 45 000–60 000 so‘m
❄️
Konditsioner (12 lik)
Kuniga 8 soat ishlasa: 5 000–7 000 so‘m
Oyiga: 150 000–200 000 so‘m
🔥
Suv isitgich
Kuniga 2–3 soat ishlasa: 2 000–3 500 so‘m
Oyiga: 60 000–100 000 so‘m
O‘rtacha oila uchun agar uyda: muzlatgich, suv isitgich, konditsioner, TV, lampalar va zaryadkalar bo‘lsa,
👉
oylik elektr xarajati bemalol 250 000 – 400 000 so‘mga chiqadi. Va bu — hech qanday isrofsiz foydalangan holatda. Boshqa texnikalar ham bo'lishi mumkin, ular odatda doimiy ravishda ishlatilmaydi. Biz faqat muntazam foydalaniladiganlarni misol tariqasida oldik.
Elektr eng sekin ketayotgandek ko‘rinadi, lekin eng sezilmay pul yeyaydigan xarajat ham shu bo'lib chiqadi.
Konditsionerni keragidan ortiq yoqish, suv isitgichni o‘chirmay qo‘yish, keraksiz chiroqlar — oy oxirida baribir cho‘ntakdan chiqadi.
💡
Elektrni hisob bilan ishlatsangiz — ancha pul o‘zingizda qoladi.
Sizda-chi? Bir oyda "svet" uchun qancha xarajat qilasiz?
Telelgram
•
Instagram
•
YouTube
•
TikTok