Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

𝑸𝒂𝒍𝒃 𝑶𝒓𝒐𝒎𝒊 𝑨𝒌𝒂𝒅𝒆𝒎𝒚💞

qalboromi
Ayollar psixologiyasi | Oilaviy munosabatlar | Shaxsiy rivojlanish 🎓 Psixolog Durdona Nabieva 📩 Konsultatsiya: @QalbOromiAziza 📍 Har kuni foydali tavsiyalar va amaliy mashqlar.
Подписчики
813
24 часа
711
30 дней
753
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
61
ER
7,5%
Посты (30д)
100
Символов в посте
1 004
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
October 25, 01:06
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Xayrli_tong
💖
Har qanday yaxshi va yomon ish ham bizga xulosalar beradi. Yaxshi ishlar bilan shukur qilishni yomon ishlar bilan fikr qilishni oʻrganamiz...
🌸
Kuningiz mazmunli oʻtsin!
💌
@QalbOromi

October 25, 00:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 25, 00:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

October 24, 15:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 15:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎞
Сўнгги император 119-Қисм
[SD Форматда]
🗂
Султон Абдулҳамид (Кўп қисмли исломий сериал)

October 24, 15:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎞
Сўнгги император 118-Қисм [SD Форматда]
🗂
Султон Абдулҳамид (Кўп қисмли исломий сериал)

October 24, 13:18
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

October 24, 11:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

NIYATI JIDDIY BO‘LMAGAN ERKAKNI QANDAY AJRATISH MUMKIN?
Muammo shundaki, jiddiy niyatdagi erkak ham, shunchaki vaqt o‘tkazayotgan erkak ham bir xil gaplarni aytishi mumkin.
«Sen boshqachasan», «Men sendek qizni hali uchratmaganman», yurakchalar, tungi soat uchgacha davom etadigan yozishmalar…
Bularning barchasi chin dildan bo‘lishi mumkin. Ammo odam zerikib, divanda yotganida ham xuddi shunday gaplarni yozishi hech gap emas.
Biologiyada «qimmatga tushadigan signallar nazariyasi» degan tushuncha bor. Uni isroillik biolog Amots Zahavi ishlab chiqqan. Mohiyati oddiy: soxtalashtirish qiyin bo‘lgan belgigagina ishonish mumkin.
Masalan, tovusni olaylik. Uning ulkan dumi yirtqichlardan qochishini qiyinlashtiradi va uni saqlash uchun ko‘p kuch talab etiladi. Bunday dumni faqat sog‘lom va baquvvat tovus ko‘tara oladi, nimjon tovusning esa bunga kuchi yetmaydi. Shu sababli urg‘ochi tovus uning dumiga qarab baho beradi.
Erkaklarda ham shunga o‘xshash holat bor. Uning siz uchun vaqt, kuch va mas’uliyat sarflashiga e’tibor bering:
— Ishlari boshidan oshib yotgan bo‘lsa ham, siz bilan uchrashish uchun vaqt ajratishiga.
— Sizni do‘stlari va onasi bilan tanishtirishiga.
— U kerak bo'lganida yordam berish uchun shaharning narigi chetidan bo‘lsa ham kelishiga.
Pul ham ahamiyatga ega, ammo uni erkakning imkoniyatlariga qarab baholash kerak.
Millioner uchun restoranda kechki ovqat uyushtirish talaba uchun «Xayrli tun» deb xabar yozishdek arzonga tushishi mumkin.
Yana bir muhim jihat bor: haqiqiy tovusning dumini bir kechaga taqib olib bo‘lmaydi.
Agar munosabatlar boshida gullar, izhorlar va dabdabali e’tiborlar bo‘lib, bir oy o‘tib hammasi yo‘qolsa, demak, u haqiqiy tovus emas, shunchaki bayramona libos kiyib olgan bo‘lishi mumkin.
😉
Agar oylar o‘tib ham uning gaplaridan boshqa hech narsani ko‘rmasangiz, xulosa chiqaring.
Chunki jiddiy niyat faqat chiroyli so‘zlarda emas, balki amalda ko‘rinadi. Chin dildan munosabat qurmoqchi bo‘lgan inson buning uchun vaqtini, kuchini va mas’uliyatini ayamaydi.
@QalbOromi
🤩
🤩

October 24, 10:15
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

October 24, 09:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

​​
​​
​​Ayollarni nima yanada AYOLLASHTIRADI Va nimalar ayollik energiyasini bloklaydi?
💋
Shirin ovoz:
Nozik, shirali ovoz, yumshoq va mayin gapirish, yoqimli so’zlar, qo’shiq aytish va xushxulq so’zlar;
🥛
Yaxshi taomlar:
Sut mahsulotlari, ayniqsa kam foizli qaymoqlar ayollarda ichki xotirjamlik yuzaga kelishida yordam berar ekan.
🌹
Gullar:
Ayollar yanada ayollashadi yonida tirik gullar ko’p bo’lsa. Sababi ayollar guldan go’zallik energiyasini oladi.
💍
Chiroyli taqinchoqlar, kosmetika, turmaklar, pardoz-andoz, massaj, xobbilar.
👭
Dugonalar bilan suhbatlar, birgalikdagi tushliklar, toza havoda sayr va xursandchiliklar.
😍
Yaxshi narsalar haqida suhbatlashib, yaxshi narsalarni tomosha qilish. Yoqimli musiqalar, spektakllar..
🌧️
Tabiat bilan aloqada bo’lish:
Tabiat bilan aloqada bo’lish ayollar uchun juda muhim, ayollar tabiatdan juda katta energiya oladi. O’rmonga yoki bog’ga boring, tabiatni tomosha qiling, xech narsani o’ylamay, daraxtlar tagida o’tirib, ularni tinglashga harakat qiling.
🩷
Yaqinlari haqida qayg’urish:
Ayollar turmush o’rtog’I, farzandlari va yaqinlari haqida qayg’urishi lozim.
🎨
Ijod bilan shug’ullanish:
Ijodga hamma narsa kiradi. Ayollarga yoqadigan hamma narsa. Rasm chizish, pishirish, pardoz andoz…
👩‍🎓
O’z ruhiyati bilan ishlash. Meditasiyalar, relaksatsion mashqlar bajarish, namoz o'qish
Endi esa, nimalar ayollik esnergiyasini o’ldirishi haqida
❌
Qo’pol nutq. Do’rillagan ovoz, e’tiborsiz gapirish
❌
Piyoz, sarimsoq, alkagol va tamaki chekish ayollarni qo’pollashtiradi.
❌
Atrofdagi xunuk narsalar. Kiygan kiyimlarda xunuk rasmlar bo’lishi, masalan, kalla suyagi, zo’ravonlikka oid rasmlar, tushunib tushunmay kiygan bunday kiyim kechaklar ayollik energiyasini bloklaydi.
❌
Qo’rqinchli va salbiy, vaxshiy kinolar ko’rish.
❌
Natijalar orqasidan quvish, kimgadir nimanidir isbotlashga harakat qilish, kurashish – bularning bari ayollardan energiyani juda ko’p sug’urib oladi va oqibatda energiya qurib, ayol baxtsizlashishni boshlaydi.
❌
Palapartish kun tartibi: Kech yotib kech turish – ayollar energiyasini to’plashga imkon bermaydi.
❌
Didsiz kiyinish.
❌
YOLG’ON. Yolg’on gapirish tomoq chakrasini bloklab, mayin gapirishimizga, ovozimiz yoqimli bo’lishiga halaqit qiladi.
❌
Ko’rolmaslik. Ko’rolmaslik – eng foydasiz sifatlardan biridir. Ko’rolmaslik g’azabni keltirib chiqaradi, g’azab zo’ravonlikni, zo’ravonlik esa o’zingizni barbod qiladi. Yoqimsiz zanjir!
🌺
Ayol – sevgidan iborat bo’lishi kerak.
🌏
❤️
Uning tabiati – go’zallik, moslashuvchanlikdir, shuning uchun ayollar, ham tinchlik, ham hotirjamlik muhitini yaratishlari lozim, ayollar dunyoni bezaydi!
@QalbOromi
🔥
💞