
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
🏆
Payshanba — madaniy dam olish kuni
Payshanba kuni maktab yotoqxonasida yashovchi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida futbol, voleybol hamda “Besh tashabbus” doirasidagi sport va madaniy musobaqalar tashkil etiladi.
Musobaqalar o‘quvchilarning jismoniy faolligi, jamoaviylik, chaqqonlik va iqtidorlarini rivojlantirish, shuningdek, sog‘lom va mazmunli dam olishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
#Muzeylar_haftaligi
TARIXNI ANGLASH — KELAJAKNI ANGLASHDIR!
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari
Muzeylar haftaligi
doirasida Qarshi shahrida joylashgan
Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan muzey
ga tashrif buyurdilar.
Sayohat davomida o‘quvchilar yurtimiz tarixining murakkab va mashaqqatli davrlari, xalqimizning ozodligi va kelajagi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeydagi tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va eksponatlar o‘quvchilarda ajdodlar xotirasiga hurmat, Vatanga sadoqat hamda milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Bunday ma’rifiy sayohatlar yosh avlodning
tarixiy tafakkurini rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosini qadrlash va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish
da muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, o‘z tarixini chuqur bilgan avlodgina kelajakni ishonch bilan bunyod eta oladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating
Telegram
|
Websayt
|
Instagram
|
YouTube
#IELTS_result
🎓
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonida
yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda.
O‘quvchilarimiz bilan tanishing:
✔️
11-sinf o‘quvchisi
Furqatov Farrux — 7.0 ball;
✔️
11-sinf o‘quvchisi
Yoqubov Baxtiyor — 6.0 ball
;
✔️
7-sinf o‘quvchisi
Sharipova Asila — 6.5 ball
;
qayd etdi.
✅
Mazkur yutuq o‘quvchilarimizning izchil mehnati, bilimga bo‘lgan intilishi hamda ustozlarimizning samarali ta’lim-tarbiyasi natijasidir.
O‘quvchilarimiz va ularning ota-onalarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ta’lim faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating
Telegram
|
Websayt
|
Instagram
|
YouTube
#IELTS_result
🎓
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonida
yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda.
O‘quvchilarimiz bilan tanishing:
✔️
11-sinf o‘quvchisi
Furqatov Farrux — 7.0 ball;
✔️
11-sinf o‘quvchisi
Yoqubov Baxtiyor — 6.0 ball
;
✔️
7-sinf o‘quvchisi
Sharipova Asila — 6.5 ball
;
qayd etdi.
✅
Mazkur yutuq o‘quvchilarimizning izchil mehnati, bilimga bo‘lgan intilishi hamda ustozlarimizning samarali ta’lim-tarbiyasi natijasidir.
O‘quvchilarimiz va ularning ota-onalarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ta’lim faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating
Telegram
|
Websayt
|
Instagram
|
YouTube
📣
“Kelajak soati” doirasida "Ustozga ehtirom" nomli videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
👥
Tanlovga
loyihaga qiziqqan
barchani taklif etamiz.
Siz o‘z kasbiga fidoyi, shogirdlari qalbiga yo‘l topa oladigan, ta’lim va tarbiya yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan
ustoz va murabbiylar faoliyati va ularning jamiyatdagi munosib o'rnini videoroliklar orqali yoritishni
istaysizmi?
Unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!
📩
Tayyorlagan videolaringizni
@kelajak_soati_tanlov_bot
orqali yuboring.
🏆
G‘oliblar munosib
taqdirlanadi
va ularning materiallari
respublika miqyosida
e’lon qilinadi!
🚀
Sizning g‘oyangiz navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotiga asos bo‘lishi mumkin!
📱
Telegram
🎬
Youtube
📱
Instagram
🌐
Veb-sayt
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarga tasdiqlangan menyu asosida sifatli va issiq tushlik taomlari berilmoqda.
Taomlar belgilangan menyu va sanitariya talablariga muvofiq tayyorlanadi.
Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lom avlod garovi
#Bilimlar_kuni
🟡
Maktabimizda "Yagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz!" shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda:
➖
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik
Sharif Madiyev
;
➖
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi yetakchi mutaxasissi, zaxiradagi mayor
O‘ktam Shaymardonov
;
➖
Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi rahbari
Nozima Oripova
ishtirok etdilar.
🗣
Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan bayram tadbirida
Nozima Oripova
so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanganligi bilan tabriklab, ularni barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari, maʼnaviy-ahloqiy va jismonan sog‘lom bo‘lishlari, olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini qayd etib o‘tdi.
Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilida mazkur maktabni bitirgan barcha o‘quvchilar yurtimizning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi alohida taʼkidlandi.
Mamlakat va xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar eʼtirof etilib, ularga faxriy yorliq va esdalik uchun sovg‘alar topshirildi.
🔔
Tadbir yakunida birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, o‘quvchilar uchun “Kelajak soati” darslari boshlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating
Telegram
|
Websayt
|
Instagram
|
YouTube
🕐
“Kelajak soati” — yotoqxona o‘quvchilari uchun
Mavzu: “Mening kelajagim — mening qo‘limda!”
Maqsad: O‘quvchilarda kelajak uchun aniq maqsad qo‘yish, bilim olish, kasb tanlash va Vatanga foydali inson bo‘lish istagini shakllantirish maqsadlarini tushuntirildi.
Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.
Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook