Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qashqadaryo kadastr_press

qashkadastrpress
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING Fuqaro murojaati uchun : Ishonch raqami 1097 75 227 81 95 75 227 51 13
Подписчики
3 997
24 часа
-1
30 дней
235
Просмотры
1 033
ER
25,84%
Посты (30д)
114
Символов в посте
655
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Бизнес
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 24, 11:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oktabr oyidagi uchinchi manzil Yakkabog‘ tumani
Joriy yilning oktabr oyida Kadastr boshqarmasi mas’ullari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Dastlab,
Qamashi tumanida, keyinchalik Muborak tumanida o‘tkazilgan sayyor qabullarning navbatdagi manzili — Yakkabog
‘ tumani bo‘ldi.
Sayyor qabullar davomida fuqarolarning kadastr sohasiga oid murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda.
🇺🇿
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

October 23, 06:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2027-yilda Kitob tumanidagi qaysi mahallarda xatlovlar o'tkazilishi sizga qiziqmi?
ETIROF.KADASTR.UZ
saytiga kirib xatlov reja-jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
Foydali ma'lumotni yaqinlaringizga yuborib qo'ying.
🇺🇿
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

October 23, 05:00
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Sayyor qabulda ko‘tarilgan masala hal etildi
O‘tgan hafta Muborak tumanida Kadastr boshqarmasi tomonidan
sayyor qabul
tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolardan birining xatlov bilan bog‘liq murojaati tinglandi. Murojaatni o‘rganish maqsadida mutaxassislar tomonidan joyiga chiqilib, holat bevosita o‘rganildi.
O‘rganish natijasida fuqaro ko‘targan masala ijobiy hal etilib, xatlov bilan bog‘liq muammo bartaraf qilindi.
🇺🇿
Telegram
|
🇺🇿
Instagram
|
🇺🇿
Facebook
|
🇺🇿
Youtube

October 23, 04:52

RASMIY MUNOSABAT
“Darakchi.uz”
YouTube kanalida Shahrisabz tumani Bo‘zariq qishlog‘ida yashovchi oila foydalanib kelayotgan bino yuzasidan murojaat yoritildi.
Mazkur murojaatda ko‘tarilgan holat Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, Shahrisabz tumani, “Polmon” MFY, Bo‘zariq qishlog‘i, 506-uyda joylashgan konserva zavodi binosi 1999-yil 13-maydagi tuman hokimining qarori hamda 2008-yil 15-maydagi davlat orderiga asosan fuqaro Jalilov R nomiga rasmiylashtirilgan. Keyinchalik, 2025-yil 18-iyuldagi
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma
asosida uning qizi Jalilova S nomiga 2025-yil 21-iyul kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Fuqaro tomonidan taqdim etilgan 2005-yil 16-fevraldagi “Kim oshdi” savdosi bayonnomasida obyekt
dala shiyponi
sifatida ko‘rsatilgan. Biroq kadastr hujjatlarida
nizoli bino konserva zavodi
binosi sifatida qayd etilgan. Auksion bayonnomasida obyektning aniq joylashuvi ko‘rsatilmaganligi sababli, ushbu hujjat aynan nizoli binoga tegishli ekanini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud emas. Shuningdek, bayonnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Shu bois, fuqaro taqdim etgan hujjatlar nizoli binoning aynan unga ajratilganini va ushbu binoga nisbatan mulk huquqini tasdiqlamaydi. Mavjud hujjatlar asosida binoni uning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun huquqiy asos mavjud emas.
Murojaat yuzasidan avval ham bir necha marotaba o‘rganish ishlari olib borilib, tegishli tushuntirishlar berilgan. Mulkka oid nizoni qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etish lozimligi murojaatchiga tushuntirilgan.
Kadastr organi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni faqat qonuniy asoslar va aynan shu obyektga tegishli huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
🇺🇿
Telegram
|
🇺🇿
Instagram
|
🇺🇿
Facebook
|
🇺🇿
Youtube

October 23, 04:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Qurilishi tugallanmagan uy-joyga kadastr pasporti beriladimi?
📹
Batafsil videoda
🇺🇿
Telegram
|
🇺🇿
Instagram
|
🇺🇿
Facebook
|
🇺🇿
Youtube

October 22, 11:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yakkabog' tumanida sayyor qabul o'tkaziladi
Aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarini hal etish maqsadida Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan
Yakkabog' tumanida
sayyor qabul tashkil etiladi.
📅
Sana:
2026-yil 24-oktabr
🕦
Vaqt:
soat 10:00
📍
Manzil:
Yakkabog' tumani, Jambul MFY.
☎️
Murojaat uchun telefon:
75-227-81-95
Kadastrga oid muammoingiz bormi? Sayyor qabulda ishtirok eting!
🇺🇿
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

October 22, 10:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sug‘oriladigan yerlarni asrash — oziq-ovqat xavfsizligi garovi
Muborak tumanida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilganlik holati aniqlandi.
Kadastr agentligining Muborak tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Qoraqum mahalla fuqarolar yig‘inining Qoraqum qishlog‘i hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 1167-q konturida
2 272 kvadrat metr sug‘oriladigan yer maydoni
fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangani va ushbu hududda noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan holat yuzasidan to‘plangan materiallar, harakatlarda jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, qonuniy baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz:
sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza qilinadi. Bunday yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan belgilangan maqsadga zid ravishda foydalanish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🇺🇿
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

October 22, 09:49
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan
yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
провел совещание,
посвященное социально-экономическому развитию Кашкадарьинской области.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#yigilish
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 22, 08:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qashqadaryo aholisi ko‘paygani sari
zamonaviy uy-joylarga talab ham ortib bormoqda.
Shu bois,
Qarshi shahri, Ko‘kdala
va Q
arshi tumani chegarasida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri
barpo etiladi. Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida esa
235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining
qurilishi boshlanadi.
Nufuzli arxitektura kompaniyalari
jalb etilib, ikki oyda
ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qamrab olgan bosh reja
ishlab chiqiladi. Uni tayyorlash uchun dastlab
20 milliard so‘m
ajratiladi. Yangi hududlarda
ko‘p qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.
Viloyatda
ko‘chat ekish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha ham “Qashqadaryo tajribasi”
yaratiladi. Har yili
Navro‘z arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi
o‘tkazilib,
g‘oliblar elektromobil hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
Yig‘ilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 22, 07:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Президент: Япониядан яхши хабар келди
Давлат раҳбари қашқадарёлик фаоллар билан мулоқот чоғида Aichi-Nagoya–2026 Осиё Пара ўйинларидаги сўнгги натижаларни маълум қилди.
“Ҳозир мана яхши хабар келди. Японияда Пара Осиё ўйинларида биз 3-ўринда эдик. Ҳозир 33 та олтин бўлиб, 2-ўринга чиқдик”, — деди Шавкат Мирзиёев.
@pressuzb