
Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi | rasmiy kanal
#Tayinlov
Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Mehnat bozori tahlili, bo‘sh ish o‘rinlarini hisobini yuritish va ishga joylashtirish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga
Doniyorov Shoxabbos Shokir o‘g‘li
tayinlandi.
Bunga qadar Shoxabbos Doniyorov mazkur sho‘baning bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari
⬇️
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
27-oktyabr — Qarshi shahri kuni muborak bo‘lsin!
2700 yildan ortiq tarixga ega, boy madaniy merosi va betakror qadriyatlari bilan ajralib turadigan Qarshi shahri — Qashqadaryo vohasining faxri va iftixoridir.
Bugun qadimiy Qarshi o‘zining tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotini uyg‘unlashtirgan holda tobora obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. «Yangi Qarshi» g‘oyasi esa shaharning yanada rivojlanishi, iqtisodiy salohiyati yuksalishi va aholi farovonligi oshishiga xizmat qilmoqda.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha qarshiliklar va vohadoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz! Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Qadimiy Qarshimiz hamisha obod, ko‘rkam va fayzli, kelajagi yanada porloq bo‘lsin!
Qarshi shahri kuni muborak bo‘lsin!
Boshqarmaning
rasmiy sahifalari
⬇️
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
Вилоят ҳокими раҳбарлигида навбатдаги "Ҳокимлик соати" ўтказилди
Бугун вилоят ҳокими
Муротжон Азимов
раҳбарлигида Президентимизнинг Қашқадарёга ташрифи чоғида берган топшириқлари ва вилоятимизни янада ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш борасидаги галдаги вазифалар юзасидан "Ҳокимлик соати" бўлиб ўтди.
Бунда аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш, тижорат банкларининг кредит портфелидаги муаммоли кредитларни ундириш, вилоятда ёшлар ўртасида жиноятчилик ҳолати ва оталиққа олинган ёшлар билан ишлаш, дастурлар доирасида аҳоли ва тадбиркорлик инфратузилмасини яхшилаш учун республика бюджетидан ажратилган маблағларнинг сарфланиши борасида амалга оширилаётган ишлар туман (шаҳар) ҳокимлари ҳамда масъул раҳбарлар иштирокида таҳлил этилиб, юқорида таъкидланган масалалар бўйича галдаги муҳим вазифалар белгилаб олинди.
Шунингдек, куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати, қишлоқ хўжалиги олдида турган муҳим ишлар, аҳоли мурожаатлари билан ишлаш, ижро интизоми, тўй ва маросимларда маромийликка риоя этиш, инвеститсия ва бошқа бир қанча муҳим масалалар ҳам кун тартибидан жой олди.
———————
Viloyat hokimi rahbarligida navbatdagi "Hokimlik soati" ötkazildi
Bugun viloyat hokimi
Murotjon Azimov
rahbarligida Prezidentimizning Qaşqadaryoga taşrifi çoğida bergan topşiriqlari va viloyatimizni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasidagi galdagi vazifalar yuzasidan "Hokimlik soati" bölib ötdi.
Bunda aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş, tijorat banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlarni undiriş, viloyatda yoşlar örtasida jinoyatçilik holati va otaliqqa olingan yoşlar bilan işlaş, dasturlar doirasida aholi va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxşilaş uçun respublika byudjetidan ajratilgan mablağlarning sarflanişi borasida amalga oşirilayotgan işlar tuman (şahar) hokimlari hamda mas’ul rahbarlar iştirokida tahlil etilib, yuqorida ta’kidlangan masalalar böyiça galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.
Şuningdek, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, qişloq xöjaligi oldida turgan muhim işlar, aholi murojaatlari bilan işlaş, ijro intizomi, töy va marosimlarda maromiylikka rioya etiş, investitsiya va boşqa bir qança muhim masalalar ham kun tartibidan joy oldi.
📱
Gov.uz
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
FB
|
📱
Instagram
|
📱
X
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔵
Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 22-sentyabrdagi 505
-son qarori bilan mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, tekshirish va hisobga olish hamda uning oqibatida yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash sohasida yangi tartiblar belgilandi.
➡️
Mazkur qaror bilan quyidagi
ikki ta muhim hujjat tasdiqlandi:
“Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
“
Xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qoidalari”.
➡️
Yangi tartiblar mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni aniqlash, ular haqida o‘z vaqtida xabar berish, xolisona tekshirish va hisobga olish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan.
✅
Muhim yangilik — raqamlashtirish.
2026-yil 1-dekabrdan
boshlab mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish
sun’iy intellektga asoslangan “Xavfsiz mehnat” elektron axborot tizimi
orqali amalga oshiriladi.
➡️
Ushbu tizim, baxtsiz hodisalar haqida xabar berish jarayonini raqamlashtirish, tekshirish va hisobga olish jarayonlarini tizimlashtirish, ma’lumotlarni yagona elektron bazada shakllantirish hamda baxtsiz hodisalar bo‘yicha tahlil va nazorat imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Batafsil tanishing
Boshqarmaning
rasmiy sahifalari
⬇️
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
#Axborot24
“Ayollar daftari”dan tadbirkorlikgaça
Qaşqadaryo viloyatida
xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini ta’minlaş va tadbirkorlikka yönaltiriş borasida samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Mirişkor tumanining Obodon mahallasida
yaşovçi Uluğoy Rahimova bunga yorqin misol böla oladi. “Ayollar daftari”da turgan tadbirkor dastlab 20 million söm imtiyozli kredit olib, 100 ta kurka jöjasini parvarişlaşni boşladi. Bugungi kunda kurkalar soni mingdan oşgan, yillik daromadi esa 250 million sömdan ortadi.
Tadbirkor kooperatsiya asosida 100 nafardan ortiq xotin-qizni daromadli mehnat bilan band qildi. Ularga kurka jöjalari va yem yetkazib berilib, parvarişlaş örgatilmoqda. Yetiştirilgan kurkalar göşti esa tadbirkor tomonidan xarid qilinadi. Bu orqali ayollar öz xonadonida turib daromad topiş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Boşqarmaning rasmiy sahifalari
⬇️
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
#ОАВдаБиз
Болалар камбағаллиги қарийб 4 баробар камайди
📍
Самарқандда
ўтказилган
Болалар фаровонлиги бўйича бутунжаҳон саммитида
болалар камбағаллигини қисқартириш, уларнинг саломатлиги, таълими ва ижтимоий ҳимоясини кучайтириш масалалари
муҳокама қилинди.
🇺🇿
Президентимиз
саммит иштирокчиларига йўллаган мурожаатида болалар фаровонлигини таъминлаш, ҳар бир бола учун тенг имкониятлар яратиш ва уларни қўллаб-қувватлаш устувор вазифалар эканини таъкидлади.
📊
Эришилган натижалар:
⚫️
Болалар камбағаллиги қарийб
4 баробар
камайди;
⚫️
Инклюзив мактаблар сони
5 баравар
ошди.
➡️
Саммит доирасидаги
чиқишларда ҳам болаларнинг
муносиб ҳаёт кечириши, сифатли таълим олиши ва хавфсиз муҳитда улғайиши барқарор келажакнинг
муҳим шарти экани
қайд этилди.
Батафсил:
uza.uz
Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг
Сайт |
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌱
Issiqxona egalari uchun yangi talablar va moliyaviy imtiyozlar
belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi
586-son qarori
bilan Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xo‘jaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
➡️
Yangi tartib qaysi hududlarda amal qiladi?
Maxsus ekologik tartib Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq etiladi.
➡️
1-dekabrgacha qanday talablar bajarilishi kerak?
Mazkur hududlarda ko‘mir, briket va biomassa pelletlari bilan isitiladigan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrgacha ekologik toza isitish tizimlariga o‘tishi lozim.
Bunda tabiiy yoki suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, quyosh va geotermal energiya, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalaridan olinadigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanish mumkin.
Qattiq yoqilg‘idan foydalanishni davom ettirish uchun esa bir vaqtning o‘zida quyidagi talablar bajarilishi shart:
- Qozonxonalarni avtomatik boshqaruv va chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash;
- Uzluksiz avtomatik monitoring tizimini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining axborot tizimlariga ulash;
- Uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lish;
- Onlayn kuzatuv kameralari, elektr ta’minoti va zaxira generatorini o‘rnatish;
- Hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish.
🚫
Nimalarni yoqilg‘i sifatida ishlatish taqiqlanadi?
❗️
Issiqxonalarda avtomobil shinalari, mazut, bitum, plastmassa, polimer plyonkalar, rezina, ishlatilgan moylar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini hamda shu kabi zararli materiallarni yoqish qat’iyan taqiqlanadi.
💰
Issiqxona egalari qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkin?
➡️
50 foiz subsidiya.
2028-yil 1-yanvarga qadar ekologik toza isitish texnologiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari, energiya tejamkor ekranlar va tegishli jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir gektar uchun 50 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
➡️
350 million so‘mgacha foizsiz mablag‘.
Avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilish uchun har bir stansiyaga 350 million so‘mgacha mablag‘ 7 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratilishi mumkin.
➡️
3 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit.
2026–2027-yillarda elektr, quyosh, geotermal energiya va kogeneratsiya asosidagi isitish tizimlariga o‘tish loyihalari uchun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi. Kredit loyiha qiymatining 50 foizigacha, har bir gektar uchun esa 3 milliard so‘mgacha bo‘lishi mumkin.
⚠️
Talablar bajarilmasa nima bo‘ladi?
🔵
2026-yil 1-dekabrdan belgilangan ekologik talablarga javob bermaydigan issiqxonalarga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilmaydi. Avval berilgan xulosaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatiladi hamda elektr, gaz va suv ta’minotidan uzish choralari ko‘riladi.
🔵
Shuningdek, maxsus hududdagi issiqxonalarda har yili
15-oktabrdan 15-martgacha
ekologik monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
🔵
Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf tug‘diruvchi holatlar aniqlansa, issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvchi manba 10 kungacha vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Boshqarmaning
rasmiy sahifalari
⬇️
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
📍
Buxoro:
Orasta ayollar uchun yangi
loyiha
📍
Qashqadaryo:
“Onamda ham shunday qo‘l mashinasi
bo‘lardi
”
📍
Jizzax:
Baxmal tumanining ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti
📍
Namangan
: Tomorqadan xazina topgan
oila
📍
Navoiy:
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasidagi
natijalar
📍
Sirdaryo:
Xovoslik matonatli
ayol
📍
Surxondaryo:
Sho'rchi tuproqlarida sitrus
bog'lar
📍
Toshkent viloyati:
O'qish, amaliyot va
daromad
📍
Toshkent shahri:
Jamiyatda xotin-qizlar faolligi
ortmoqda
📍
Farg'ona:
Tomorqadan unumli foydalanish ro‘zg‘orga daromad
keltirmoqda
📍
Qoraqalpog'iston Respublikasi:
"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturining
samarasi
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
“Ota-onangizga şunday aqlli bola tarbiya qilganingiz uçun sizga rahmat ekan deb ayta olasizlarmi?”
Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumanidagi
Çim mahallasida
amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişib, mahalla markazidagi öyingohda bolalar va ularning onalari bilan suhbatlaşdi.
Mahalla ahli yaratilgan şaroitlar uçun davlatimiz rahbariga rahmat aytdi. “Ilohim, yurtimizdagi tinçlikka, obodlikka köz tegmasin”, — dedi mamlakatimiz yetakçisi.
“Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla” sifatida rivojlantirilayotgan Çimda
5,5 mingdan ortiq aholi
istiqomat qiladi, ularning qariyb yarmini yoşlar taşkil etadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari
⬇️
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni: malakali kadrlar tayyorlashda yangi hamkorlik
🇺🇿
🇸🇦
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari
Alisher Muratov
Saudiya Arabistonining KDOT Partners kompaniyasi bosh ijrochi direktori
Faysal Al-Davud
bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kasbiy ta’limni rivojlantirish, xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlash va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🤝
Yakunda tomonlar o‘rtasida hamkorlik va investitsiyalar to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.
📃
Hujjat doirasida aviatsiya, energetika va qurilish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan zamonaviy o‘quv markazini tashkil etish, kasbiy kompetensiyalarni baholash va xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik malakali kadrlar tayyorlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X