
YANGI QIZILTEPA
«Mening mahallam» koʻrsatuvining navbatdagi manzili Xusharti mahallasi boʻldi
Ҳудудларда таъмирлаш ишлари амалга оширилиши сабабли
эртага (27.10.2026 йил) соат 10.00 дан 16.00 гача Тошмачит, Башир, Ванғози маҳаллалари
да электр таъминотида узилишлар кузатилади.
Mamlakatimiz yetakchisi
aytilgan o‘zgarishlar soha faoliyatini yanada yuksaltirishi va yaxshi filmlar yaratishga xizmat qilishiga
ishonch bildirdi. Shundan so‘ng tajribali ijodkorlar va yoshlarning fikrlarini tingladi.
Ochiq muloqot yakunida davlatimiz rahbari milliy kinoni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilab olinganini va aytilgan o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Prezidentimiz ijodkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini,
yaxshi kino yaratish uchun sharoitdan tashqari halol mehnat va vatanparvarlik bilan xalqni sevib ijod qilish kerakligini
ta’kidladi.
– Sizlarga ishonaman.
O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
milliy kino sanoatini yangi texnologik rivojlanish bosqichiga olib chiqish
zarurligini ta’kidladi. Kino yaratishda
sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik dasturi
bir oyda ishlab chiqiladi.
Unda
yangi ta’lim dasturlarini tayyorlash, mutaxassislarni o‘qitish va xorijda malakasini oshirish
masalalari ko‘zda tutiladi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari
“O‘zbekfilm” nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlash
tashabbusini ilgari surdi. Xalqimiz
Chilonzorning bu hududini azaldan “O‘zbekfilm” deb atashi
qayd etildi.
Hozirgi Chilonzor ko‘chasining mazkur qismiga
“O‘zbekfilm” nomini berish
taklif qilindi.
Kino san’ati muzeyini “O‘zbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “O‘zbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “O‘zbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlashtirish
taklif etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidchilikni rivojlantirish maqsadida
“Kinoshunoslar klubi” tashkil etilishini
ma’lum qildi.
“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning
Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi – FIPRESCIga
a’zo bo‘lishiga ko‘maklashadi. Bu
milliy filmlarning
nufuzli xalqaro festivallardagi ishtirokini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslashtirish uchun
O‘zbekiston Kino arboblari va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmalari birlashtirilib, O‘zbekiston kino sohasi vakillari palatasi tashkil etiladi
.
Palata
sohada o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qilish, yoshlarning professional o‘sishiga ko‘maklashish
bilan shug‘ullanadi.
Yosh kinoijodkorlarning xorijda malaka oshirishi va palata faoliyati
moliyaviy-tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi
belgilandi. Yangi palata faoliyatini tashkil etish ishlarini bir oyda yakunlash topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni ma’lum qildi.
Quyi Chirchiq tumanidagi “Ko‘hinur” sihatgohi to‘lig‘icha ularning ixtiyoriga beriladi.
Mazkur sihatgoh yaqinda
zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan
. Bu yerda
kinoijodkorlarning munosib dam olishi uchun
sharoit yaratilgan.
Prezidentimiz ushbu maskan
kinochilarimiz kuch to‘plab, yangi-yangi g‘oyalar ustida ishlashiga xizmat qiladigan chinakam ijodiy maskanga aylanishini
ta’kidladi.
Bundan tashqari,
har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam olish va davolanish uchun bepul yo‘llanma
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
“O‘zbekfilm”ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi.
Davlat muassasasi tugatilib,
zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi
tashkil etiladi.
Prezidentimiz yangi kinokompaniya
milliy kino brendini yaratish va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha tayanch markaz hamda bosh operator bo‘lishini
ta’kidladi.
“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyas
i film ishlab chiqarmaydi
.
Filmlarni yaratish to‘liq xususiy sektorga o‘tadi.
Kompaniya
loyihalarni tanlash va moliyalashtirish, filmlarni targ‘ib qilish, tarqatish, xalqaro bozorlar va festivallarga olib chiqish
bilan shug‘ullanadi.
Bu orqali f
ilmni ishlab chiqarishdan tomoshabinga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon yaxlit tizimga birlashadi.
Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda
davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tilishini
ma’lum qildi.
– Bundan buyon davlat filmning buyurtmachisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning ishonchli hamkori bo‘ladi,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Film ishlab chiqarishda
texnik topshiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi.
Yangi moliyalashtirish mexanizmini bir oy muddatda joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan boshlab
har yili “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi so‘roviga ko‘ra budjetdan tegishli mablag‘ ajratib boriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
kino yaratish uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishini
ma’lum qildi. “O‘zbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan
yagona industrial klaster – “O‘zbekfilm kino shaharchasi”
tashkil etiladi.
“Kino shaharchasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan
Dublyaj va ovozlashtirish markazi
quriladi.
Ikki oyda malakali loyiha tashkilotini jalb qilib, shaharchaning master-rejasi va loyiha-smetasi ishlab chiqiladi. Qurilish ishlari keyingi yilning mart oyidan boshlanadi.
Kino tizimidagi bo‘sh turgan davlat aktivlarini ochiq savdoga chiqarish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz ekranda ulug‘ ajdodlarimiz bilan birga
bugun yonimizda yashayotgan insonlar ham o‘zining haqqoniy qiyofasini topishi kerakligini
ta’kidladi.
O‘qituvchilarning fidoyiligi, shifokorlarning jonkuyarligi, sportchilarning matonati, Vatan himoyachilari va askarlarning jasorati
ta’sirli kinolar uchun katta mavzu.
Tadbirkorlarning tashabbuskorligi, quruvchilarning bunyodkorligi, yoshlarning orzu va izlanishlari
ham shular jumlasidan.
– Farzandlarimiz shunday qahramonlarda
o‘zini ko‘rsin, o‘z kuchiga ishonsin, o‘z yurtining kelajagiga daxldorligini
his etsin!
– dedi davlatimiz rahbari.
Bu yo‘lda kinoijodkorlarga
davlat tomonidan munosib sharoit, qo‘llab-quvvatlash va ijodiy erkinlik muhiti yaratib berilishi
ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X