Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati

qiziriq_tuman_mx
Сурхондарё вилояти Қизириқ туман ҳокимлигининг матбуот хизмати https://t.me/qiziriq6162 https://www.qiziriq.uz Мурожаат учун: +998909286162
Подписчики
5 691
24 часа
-6
30 дней
-96
Просмотры
578
ER
10,16%
Посты (30д)
390
Символов в посте
1 258
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 13:40
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram


Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat fosh etildi
1️⃣
Xorazm viloyatida
DXX
,
IIB
va
Bojxona boshqarmalari
hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda
“Surxondaryo – Xorazm”
yo‘nalishidagi
“Lasetti”
to‘xtatildi.
Tekshiruvda
Angor tumanida
yashovchi,
1960-yilda tug‘ilgan
, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun
ikki marotaba sudlangan
shaxsga tegishli paketdan
490 gramm “opiy”
moddasi topildi. U mazkur moddani qo‘shni davlatdan
kontrabanda
yo‘li bilan olib kirib,
Xorazmda sotishni
rejalashtirgani aniqlandi.

2️⃣
“Toshkent – Xorazm”
yo‘nalishidagi
“Oniks”
yo‘lovchisi —
Urganch shahrida
yashovchi,
1968-yilda tug‘ilgan
shaxsning yonidan
119 gramm “gashish”
moddasi olindi.

3️⃣
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida
DXX
va
IIB
xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda
“Sirdaryo – Jizzax”
yo‘nalishidagi
“Lasetti”
to‘xtatildi.
Avtomashina haydovchisi —
Jizzax shahrida
yashovchi,
1974-yilda tug‘ilgan
,
muqaddam sudlangan
shaxsning oyoq kiyimi ichidan
16 gramm “opiy”
moddasi topildi.
​Hozirda mazkur holatlar yuzasidan
jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib
, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo

September 11, 13:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ayni kunlarda Qiziriq tumanida urug‘lik paxtani terib yig‘ib olish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga kelgan bo‘lib, jarayon to’liq “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.
Qiziriq  tumanida 2026-yil hosilidan 1 ta G T G Agro kluster xo‘jaligida jami 215.6  gektar maydonda, shundan, g‘o‘zaning Buxoro-10 navidan 168.1  gektar hamda ”Buxoro -14 navidan 47.5 gektar paxta maydonlari nav tozaligi bo‘yicha dala aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazilib, urug‘lik uchun yaroqli deb topilgan.
⚠️
Muhim eslatma!
1.Urug‘lik paxta yetishtiruvchi subyektlarga:
🌿
Urug‘lik paxtani terim jarayoni paxta 80-85% ochilganda 3-9 yaruslardagi paxtalar terib olinadi. GOST me’yoriga asosan, texnik paxtaga nisbatan qabul qilingan normativ asosida qabul qilinadi. Me’yordan oshiq 0,1% namlik yoki ifloslik bo‘lsa texnik paxtaga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, agar bo‘lak navlar chiqib qolsa yoki tipik bo‘lmagan nav uchrab qolsa ham terib olinmaydi. Imkoniyat bo‘lsa, xirmon joylarda paxta quritilib topshirilsa “a’lo” bo‘ladi. Pishmagan yoki to‘liq ochilmagan va kasallangan paxtalar terilmasligi lozim. Tajribali terimchilar tanlab olinib ularga ustama haq to‘lanadi. Bu o‘z navbatida sifatli urug‘lik jamg‘arilishiga olib keladi.
2. Urug‘lik paxta qabul qiluvchi subyektlarga
G‘aramlardagi paxta hajmi 250 tonnadan oshmasligi va II – kategoriyali brezentlar bilan qoplanishi va
7-12 kunda laboratoriya tahlillari olib borilishi talab qilinadi.
OGOH BO‘LING!
Shoshqaloqlik bilan terimni erta boshlash, yoki belgilangan texnik reglamentlarga rioya qilmaslik va agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarmaslik urug‘lik paxta yetishtirish huquqidan, hali olinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha hosil va daromaddan mahrum bo‘lishga olib keladi.
Shu sababli  klasterlar, hududiy rahbarlar va agrotarmoq mutasaddilaridan:
• g‘o‘za to‘liq yetilib, agrotexnik jarayonlar yakunlanmasdan turib terimni boshlamaslik;
• har bir maydondagi hosilning yetilish holatini qat’iy nazorat qilish so‘raladi.
✍️
Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉
Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram
💬
Facebook
|
📱
Instagram
📹
Youtube
🌍
Web-sahifa

September 11, 12:52
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlariga e’tiborli munosabatda bo‘lish — ustuvor vazifa.
Qiziriq tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar o‘rganildi
👉
Bugun Qiziriq tumanida mahallalarda
kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur yo‘nalishlarda o‘rganish olib borish maqsadida
Respublika mahallalarida kambag‘allikni qisqartirish, bandlik, ijtimoiy himoya, ishsizlik va ajrim masalalarini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi raisi, Respublika mahallalari uyushmasi raisi maslahatchisi Sobirjon G‘anievich Murodov
Qiziriq tumanida bo‘lib, hududdagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallalarda aholi bilan ishlash tizimi, xonadonbay o‘rganish natijalari, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
👉
Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash va
ajrimlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar
ham tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli
tavsiyalar va topshiriqlar berildi
.
👉
Belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olinib, mahallalarda aholi muammolarini manzilli hal etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ularning farovonligini oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish belgilab olindi.
✍️
Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉
Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram
💬
Facebook
|
📱
Instagram
📹
Youtube
🌍
Web-sahifa

September 11, 12:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SIZ YOLG‘IZ EMASSIZ!
SIZNING HUQUQLARINGIZ HIMOYADA!
Tazyiq va zo‘ravonlikka hech qachon ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ayolning sha’ni, qadr-qimmati, hayoti va xavfsizligi qonun bilan himoyalangan.
Agar Siz jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy zo‘ravonlikka, tahdid yoki tazyiqqa duch kelayotgan bo‘lsangiz, yordam so‘rashdan qo‘rqmang.
Siz quyidagi huquqlarga egasiz:
• tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish;
• vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish;
• bepul huquqiy, ijtimoiy, psixologik va tibbiy yordam olish;
• ichki ishlar organlaridan himoya orderi so‘rash;
• zarur hollarda xavfsiz joy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
• yetkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonni qoplashni talab qilish.
Murojaat qilish — uyat emas.
Sukut saqlash zo‘ravonlikni davom ettirishga imkon berishi mumkin.
Agar Sizga yoki yaqinlaringizga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilayotgan bo‘lsa:
📞
112 — yagona dispetcherlik xizmati
📞
102 — ichki ishlar organlari
📞
1146 — xotin-qizlar uchun ishonch telefoni
📞
95 102 09 16 — Qiziriq tumani bo‘yicha murojaat uchun
Hayotingiz va xavfsizligingiz muhim. Yordam so‘rash — kuchsizlik emas, o‘z huquqingizni himoya qilishdir!
QIZIRIQ TUMANI IIB
✍️
Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉
Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram
💬
Facebook
|
📱
Instagram
📹
Youtube
🌍
Web-sahifa

September 11, 12:17
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI E’TIBORDA
👉
Bugun Qiziriq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
O. Haydarqulova
tomonidan “Takiya” mahallasida joylashgan
Oila va xotin-qizlar maskani
da xotin-qizlarning murojaatlari, muammolari hamda takliflarini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi
sayyor qabul
o‘tkazildi.
👉
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, ularning muammolarini o‘rganish, mavjud masalalarni qonuniy asosda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
👉
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni imkon qadar joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy yordam talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy ko‘mak ko‘rsatish — doimiy e’tiborda.
✍️
Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉
Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram
💬
Facebook
|
📱
Instagram
📹
Youtube
🌍
Web-sahifa

September 11, 10:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с ходом строительства Национального музея Узбекистана и созидательной работой, проводимой в Алмазарском районе столицы. Глава нашего государства также проведет видеоселекторное совещание по изучению исполнения задач по повышению доходов населения на примере Алмазарского района.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 11, 10:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

UzA | Surxondaryo Mogilyov bilan birodarlashdi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasida bo‘lib, sanoat, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik kabi tarmoqlari bilan yaqindan tanishdi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama manfaatli kelishuvlar imzolandi.
Prezidentimiz g‘oyasi bilan mahalliy hokimliklarga o‘z hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun xorij bilan vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, iqtisodiy-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik o‘rnatish huquqi va vakolati berilgani hududlarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda o‘zaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Voha delegatsiyasining Belarus Respublikasiga safarining ilk kuni Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibda uchrashuvi o‘tkazildi.
Batafsil:
https://uza.uz/posts/907424
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 10:36
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🏛
FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
👉
Bugun Qiziriq tuman hokimi
Sh. Allamurotov
hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i
Sh. Shukurov
ishtirokida tumanning Adliya bo‘limi binosida joylashgan
Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli
o‘tkazildi.
👉
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari
bevosita tinglandi
.
👉
Murojaatlarda asosan aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilmaviy hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
👉
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, muammolarni
qonuniy tartibda va amaliy jihatdan hal etish
bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
👉
Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan murojaatchilarga joyida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda vaqt talab etadigan murojaatlar esa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi.
👉
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish —
aholi bilan ishlashning muhim mezoni
sifatida qayd etildi.
📌
Xalq qabulxonasi — xalq dardini tinglash, muammoga yechim topish va murojaat ortidan amaliy natijaga erishish maydonidir.
✍️
Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉
Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram
💬
Facebook
|
📱
Instagram
📹
Youtube
🌍
Web-sahifa

September 11, 08:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🕋
“Umra” ziyoratiga noqonuniy yuborish holatlari aniqlandi
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ayrim sayyohlik firmalarining tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.
1️⃣
Farg‘ona viloyati:
Qo‘qon shahridagi sayyohlik firmasi rahbari 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborishni va’da qilib,
2 200 dollar
talab qilgan. U pulni olayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
2️⃣
Namangan viloyati:
Chortoq tumanidagi sayyohlik firmasi ishchisi 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga
2 200 dollar
talab qilib,
400 dollar
olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo

September 11, 03:41
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan muloqot davomida, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
👉
Shu sababli, Qiziriq tuman prokurori Sh.M.Mamirqulov boshchiligidagi Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziriq tuman IIB binosida probatsiya ro‘yxatida turgan yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da ishtirok etib muloqot o‘tkazildi.
👉
Uchrashuvda, yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni muammolari atroflicha muhokama qilindi va har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
✍️
Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉
Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram
💬
Facebook
|
📱
Instagram
📹
Youtube
🌍
Web-sahifa