
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🤩
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
😄
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Kelajak Vazirlari” harakati tuzilmasi kengayadi
.
💡
O‘quvchilarning iste'dod, tashabbus va ularning g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida
“Kelajak Vazirlari” harakatida
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha saylov e'lon qilinadi;
🔍
“Ta’lim va ijtimoiy loyihalar” vaziri
🔍
“Xorijiy tillar va madaniyatlararo muloqot” vaziri
🔍
“Ekologiya” vaziri
🔍
“Raqamli media va kontenlarni boshqarish” vaziri
🎓
Nomzodlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalarni
"Agar men vazir bo‘lsam"
tamoyili asosida taqdimot tayyorlashi kerak bo'ladi.
✈️
Ushbu
havola
orqali ro‘yxatdan o‘ting
🆙
Nomzdolar taqdimotlarini 16-sentyabrga qadar
@azamatabdulatipov
ga yuborishlari kerak bo'ladi.
🔹
Telegram
|
🔹
Facebook |
🔹
Instagram
|
🕊
Twitter
|
📺
YouTube
|
🌍
Web
|
😄
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Koreys tili dars jarayonlari
🔹
Telegram
|
🔹
Facebook |
🔹
Instagram
|
🕊
Twitter
|
📺
YouTube
|
🌍
Web
|
#Direktor_soati
🎓
BITIRUVCHILAR BILAN “DIREKTOR SOATI”
🌟
YUKSAK NATIJA:
ANIQ MAQSAD, TINIMSIZ HARAKAT, MUSTAHKAM BIRLIK
😄
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida "Yuksak natija: aniq maqsad, tinimsiz harakat, mustahkam birlik" shiori ostida “Direktor soati”ochiq muloqoti tashkil etildi.
🔵
Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan kelajakdagi maqsadlar, katta orzular sari dadil qadam tashlash, to‘g‘ri qaror qabul qilish, vaqtni samarali boshqarish va muvaffaqiyatga eltuvchi eng muhim omillar haqida samimiy fikr almashildi.
🟡
Muloqot davomida bir haqiqatga alohida urg‘u berildi:
Yuksak natija tasodifan kelmaydi. U — aniq maqsad, tinimsiz harakat va hamjihatlikning mevasi.
O‘quvchilar turli interaktiv mashg‘ulot va motivatsion o‘yinlar orqali o‘z maqsadlarini aniqlashtirdilar, maqsad sari borish yo‘lidagi to‘siqlarni tahlil qildilar hamda ularga yechim izladilar.
Ayniqsa, har bir o‘quvchining o‘z kelajagi haqida dadil fikr bildirishi, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishi va ularga erishish uchun aniq harakatlar rejasini belgilashi uchrashuvning eng muhim natijalaridan biri bo‘ldi.
🗣
Bugungi uchrashuv
— shunchaki suhbat emas, kelajak sari tashlangan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
⚡️
Maqsad sari birga intilamiz!
🔹
Telegram
|
🔹
Facebook |
🔹
Instagram
|
🕊
Twitter
|
📺
YouTube
|
🌍
Web
|
DIQQAT, IJODIY TANLOV!
🇺🇿
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi «Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-147-son qarorining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim» mavzusida eng yaxshi she’riy asarlar tanlovi eʼlon qilinadi!
📌
Ijodiy ishlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
She’r muallifning sof mustaqil ijod mahsuli bo‘lishi, mavzu ko‘chirmachilikdan xoli tarzda, o‘ziga xos badiiy yondashuv va yangicha qarashlar asosida yoritilishi lozim;
Asarda Vatanga cheksiz muhabbat, xalqqa sadoqat, yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi hamda yuksak fuqarolik mas’uliyati g‘oyalari teran va ta’sirchan ifodalanishi kerak;
She’rda vazn, ritm va qofiya uyg‘unligiga, obrazli ifodalar, tashbeh, istiora kabi poetik vositalardan o‘rinli foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi (an’anaviy aruz va barmoq vaznlari bilan birga erkin vazndagi asarlar ham qabul qilinadi);
She’r hajmi 20 misradan kam bo‘lmagan va 60 misradan oshmagan bo‘lishi tavsiya etiladi.
📂
Ijodiy ishlar A4 formatdagi oq qog‘ozga muallifning o‘z qo‘li bilan, chiroyli husnixatda yozilgan holda topshirilishi shart.
⏰
Ijodiy ishlar joriy yil 16-sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎉
Tanlov g‘oliblari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutasaddilari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.
📂
Qalbingizdagi samimiy Vatan tuyg‘usini satrlarga muhrlang! O‘z iqtidoringiz va ijodiy salohiyatingizni namoyon etib, tanlovda faol ishtirok eting!
🔹
Telegram
|
🔹
Facebook |
🔹
Instagram
|
🕊
Twitter
|
📺
YouTube
|
🌍
Web
|
MUVAFFAQIYATLI MOSLASHUV SARI ILK QADAMLAR
😄
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 7-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim va yashash muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktab psixologi tomonidan treninglar o‘tkazildi.
🔵
Mashg‘ulotlar o‘quvchilar…
MUVAFFAQIYATLI MOSLASHUV SARI ILK QADAMLAR
😄
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 7-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim va yashash muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktab psixologi tomonidan treninglar o‘tkazildi.
🔵
Mashg‘ulotlar o‘quvchilar bilan ishonchli munosabat o‘rnatish, jamoaga moslashish va o‘zaro do‘stona muhitni shakllantirishga qaratildi.
👥
O‘quvchilarning moslashuv jarayonini o‘rganish, avvalo, dars jarayonidagi kuzatuvlardan boshlandi. Ularning hissiy holati, faolligi, xulq-atvori va tengdoshlari bilan munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa o‘quvchilarning yangi ta’lim muhitida o‘zlarini qanday his qilayotganliklari haqida dastlabki tasavvurni shakllantirish imkonini berdi.
🌍
Moslashuv jarayonlarini kuzatish yotoqxonada ham davom ettirildi va u yerda do‘stlik, o‘zaro tushunish, ishonch hamda qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. O‘quvchilarning hissiy holati, faolligi, xulq-atvori va tengdoshlari bilan munosabatlarini aniqlash maqsadida treninglar o‘tkazildi: "
O‘zim haqimda
" mashqi, diqqat, tezkor fikrlash va reaksiyani rivojlantirishga qaratilgan "
Yer
— Suv
—
Osmon
" o‘yini hamda eshitish diqqati, xotira va milliy musiqa madaniyatiga qiziqishni rivojlantiruvchi "
Milliy kuylar jilosi
" musiqiy o‘yini o‘tkazildi.
💬
Pedagogik-psixologik yondashuvning asosiy maqsadi — har bir o‘quvchiga yangi muhitda o‘zini xotirjam, ishonchli va qulay his qilishiga, yangi jamoaga tezroq moslashishiga yordam berishdir.
▫️
Moslashuv — ishonch, qabul qilish va samimiy muloqotdan boshlanadi!
🔹
Telegram
|
🔹
Facebook |
🔹
Instagram
|
🕊
Twitter
|
📺
YouTube
|
🌍
Web
|
"Zamin creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv ijodiy studiyalarga sakkizinchi qabul boshlandi. Ishtirokchilar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’atida o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo'ladi. Har bir yo‘nalishda muallimlar uchun ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
Qanday qilib "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanish mumkin?
14–18 yoshdagi o‘smirlar 15-sentyabrga qadar (jumladan shu sanada ham)
bu yerda
ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Kurslarga nomzodlar tanlovi 18-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
—
В рамках проекта Zamin Creative начинается восьмой набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. Участники смогут раскрыть свои таланты и развить профессиональные навыки в трёх направлениях: медиа, дизайн и театральное искусство. Для каждого направления были разработаны специальные учебно-методические пособия для педагогов, обеспечивающие высокое качество образовательного процесса.
Как стать участником Zamin Creative?
Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 15 сентября (включительно)
здесь
.
Отбор кандидатов на курсы пройдёт 18 сентября.
#ZaminCreative
Zamin
|
Facebook
|
Instagram
| YouTube
#OAV_biz_haqimizda
“YANGI UYG‘ONISH YO‘LI” — ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA
✅
“Yangi uyg‘onish yo‘li” reportajida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yaratilgan ta’lim va ijod muhiti haqida so‘z yuritilgan.
✅
Lavhada maktabda yoshlarning adabiyot va ijodga qiziqishini rivojlantirish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, mustaqil va teran fikrlaydigan ijodkor avlodni tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ishlar yoritilgan.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal
✨
Direktor
“MILLIY LIBOSIMIZ – MILLIY QADRIYATLARIMIZ”
🇺🇿
“Milliy libosimiz – milliy qadriyatlarimiz” shiori ostida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish hamda milliy liboslarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿
Tadbir davomida milliy liboslarimiz namoyishi, xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan mazmunli va qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.
📌
Tadbirda
Olmazor tumani hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi, mahalla yettiligi vakillari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
jamoalari faol ishtirok etdi.
👍
Tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat va shukuh baxsh etdi.
👍
Milliy liboslarimiz, go‘zal an’ana va qadriyatlarimiz namoyish etilgan mazkur tadbir nafaqat mahalla aholisi, balki yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan ham katta qiziqish bilan kutib olindi.
Milliy libos — millat ruhi, milliy qadriyatlarimiz esa xalqimizning bebaho ma’naviy merosidir!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Web-site