Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

QR MILLIY GVARDIYA

qrmilliygvardiya_official
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI BO'YICHA BOSHQARMASI
Подписчики
2 938
24 часа
-5
30 дней
-147
Просмотры
603
ER
20,52%
Посты (30д)
63
Символов в посте
1 557
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 07, 13:54
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

⚽️
Bugun Nukus shahrida joylashgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida
🏟
UFA ning
⚽️
⚽️
Proliga o’yinlarida Qoraqalpog’iston Respublikasining
🟡
"Jayxun"
jamoasi bilan
🟢
"TerDu"
jamoalari uchrashuvi vaqtida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida
💪
Milliy gvardiya Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha boshqarmasi, IIV va FVB harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirokida fuqarolar xavfsizligi taʼminlandi.
— — — —
⚽️
Búgin Nókis qalasında jaylasqan Olimpiada hám paralimpiya sport túrlerine tayarlaw orayında
🏟
UFAnıń
⚽️
⚽️
Proliga oyınlarında Qaraqalpaqstan Respublikasınıń
🟡
"Jayxun"
komandası menen
🟢
"TerDu"
komandaları ushırasıwı waqtında jámietlik tártipti saqlaw hám puqaralar qáwipsizligin támiyinlew maqsetinde
💪
Milliy gvardiya Qaraqalpaqstan Respublikası boyınsha basqarması, IIM hám AJB áskeriy xızmetkerleri hám xızmetkerleri qatnasıwında puqaralar qáwipsizligi támiyinlendi.

@qrmilliygvardiya_official

September 07, 13:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini, shuningdek o‘lkamizga mehmon bo‘lib kelgan fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash muqaddas burchimizdir!
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
OAV

September 07, 08:14
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

#Muzeylar_haftaligi
🏛
Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq Davlat san’at muzeyiga sayohat tashkil etildi
— — — —
#Muzeyler_hápteligi
🏛
Milliy gvardiya Qaraqalpaqstan Respublikası boyınsha basqarmasınıń baslaması menen áskeriy xızmetkerlerdiń bos waqıtların mazmunlı ótkeriw maqsetinde Nókis qalasındaǵı I.V.Savitskiy atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik kórkem óner muzeyine sayaxat shólkemlestirildi

@qrmilliygvardiya_official

September 06, 07:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
OAV

September 05, 14:36
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

"To‘maris izdoshlari" ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi
Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasida ayol harbiy xizmatchilar o‘rtasida "To‘maris izdoshlari" ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchi qizlar 7 ta shart — "Tanishtiruv", "Zakovat", "Otish tayyorgarligi", "Harbiy tayyorgarlik", "Jismoniy tayyorgarlik", "Epchil, tejamkor va orasta beka" hamda "Iste’dod va mahorat" yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Ishtirokchilar mazkur shartlarda o‘zlarining bilim va dunyoqarashi, jismoniy tayyorgarligi, harbiy ko‘nikmalari, topqirligi, chaqqonligi hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur ko‘rik-tanlov ayol harbiy xizmatchilarning nafaqat xizmatdagi salohiyati va kasbiy mahoratini, balki milliy qadriyatlarimizga sadoqati, ma’naviy-axloqiy fazilatlari hamda har tomonlama yetukligini namoyon etishga xizmat qilgan muhim tadbir bo‘ldi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar munosib rag‘batlantirildi. G‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
— — — —
"Tumaris izbasarları" tańlawınıń aymaqlıq basqıshı
Milliy gvardiyanıń Qaraqalpaqstan Respublikası boyınsha basqarmasında hayal áskeriy xızmetkerler arasında "Tumaris izbasarları" tańlawınıń aymaqlıq basqıshı bolıp ótti.
Tańlaw dawamında qatnasıwshı qızlar 7 shárt - "Tanısıw," "Zákawat," "Atıw tayarlıǵı," "Áskeriy tayarlıq," "Fizikalıq tayarlıq," "Sheber, únemlewshi hám tártipli beka" hám "Talant hám sheberlik" baǵdarları boyınsha óz-ara bellesti.
Qatnasıwshılar bul shártlerde ózleriniń bilim hám dúnyaqarasın, fizikalıq tayarlıǵın, áskeriy kónlikpelerin, tapqırlıǵın, shaqqanlıǵın hám dóretiwshilik qábiletlerin kórsetti.
Bul tańlaw hayal áskeriy xızmetkerlerdiń tek ǵana xızmettegi potencialı hám kásiplik sheberligin emes, al milliy qádiriyatlarımızǵa sadıqlıǵı, ruwxıy-ádep-ikramlılıq pazıyletleri hám hár tárepleme jetikligin kórsetiwge xızmet etken áhmiyetli ilaj boldı.
Tańlaw juwmaqlarına bola, belsene qatnasqan áskeriy xızmetkerler múnásip xoshametlendi. Jeńimpaz hám sıylı orın iyeleri saltanatlı túrde sıylıqlanıp, Respublika basqıshında qatnasıw ushın jollamanı qolǵa kirgizdi.

@qrmilliygvardiya_official

September 04, 18:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik Bahodir Tashmatov va AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xennik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va o‘zaro sheriklik aloqalarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
———
Today, a meeting was held between
Colonel General Bakhodir Tashmatov, Commander of the National Guard of Uzbekistan, and Jonathan Henick, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the United States of America to the Republic of Uzbekistan
.
During the meeting, the two sides discussed ways to
further develop bilateral cooperation and elevate mutual partnership relations to a new level
.
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
OAV

September 04, 15:11
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

Nukus shahrida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Oq qush" majmuasida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov boshchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!" shiori ostida oʻtkazilgan "Uch avlod uchrashuvi" unutilmas lahzalarga boy boʻldi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni oʻrinbosari, Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Bosh prokuror oʻrinbosari, Nukus harbiy prokurori, nuroniylar, yosh avlod vakillari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda, xususan, Orolbo‘yi hududida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida so‘z yuritildi.
Yoshlar esa o‘z navbatida yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, bilim va kasb-hunar egallash, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash borasidagi o‘z fikrlarini bildirdilar.
Samimiy suhbatlar, kuy-qo‘shiq va badiiy chiqishlar bilan davom etgan tadbirda uch avlod vakillari o‘rtasida o‘zaro fikr almashildi. Ayniqsa, nuroniylarning hayotiy saboqlari va yoshlarning ezgu maqsadlari uyg‘unligi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bunday ezgu tadbirlar avlodlar davomiyligini ta’minlash, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
— — — —
Nókis qalasında Watanımız ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı múnásibeti menen "Aq qus" kompleksinde "Úsh áwlad ushırasıwı" bolıp ótti
Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń Aralboyı regionın turaqlı rawajlandırıw máseleleri boyınsha keńesgóyi general-leytenant T.A.Xudaybergenov basshılıǵında Qaraqalpaqstan Respublikasınıń Nókis qalasındaǵı "Aq qus" kompleksinde "Bir watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek quramız!" súreni astında ótkerilgen "Úsh áwlad ushırasıwı" umıtılmas waqıyalarǵa bay boldı.
Onda Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Baslıǵı, Ózbekstan Respublikası Milliy gvardiyası Qómondonı orınbasarı, Ayrıqsha jaǵdaylar ministriniń orınbasarı, Ishki isler ministriniń orınbasarı, Bas prokurordıń orınbasarı, Nókis áskeriy prokurorı, nuraniylar, jas áwlad wákilleri hám Ayrıqsha jaǵdaylar ministrliginiń múddetli áskeriy xızmetkerleri qatnastı.
Ushırasıw dawamında mámleketimizde, atap aytqanda, Aralboyı aymaǵında ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli reformalar, insan qádirin ulıǵlaw, jaslardı watansúyiwshilik ruwxında tárbiyalaw, sonday-aq, áwladlar arasındaǵı awızbirshilik hám óz-ara húrmetti bekkemlew baǵdarındaǵı jumıslar haqqında sóz etildi.
Jaslar bolsa elimizde jaratılıp atırǵan keń imkaniyatlardan únemli paydalanıp, bilim hám kásip-óner ielew, Watanımızdıń rawajlanıwına múnásip úles qosıw, tınıshlıq-tatıwlıqtı qádirlew baǵdarında óz pikirlerin bildirdi.
Qızǵın sáwbetler, qosıq hám kórkem shıǵıwlar menen dawam etken ilajda úsh áwlad wákilleri arasında óz-ara pikir alısıldı. Ásirese, nuranıylardıń turmıslıq sabaqları hám jaslardıń iygilikli maqsetleriniń únlesligi ilajǵa ózgeshe ruwx baǵıshladı.
Ushırasıw juwmaǵında qatnasıwshılar bunday iygilikli ilajlar áwladlar dawamlılıǵın támiyinlew, jaslardı Watanǵa sadıqlıq hám milliy qádiriyatlarǵa húrmet ruwxında tárbiyalawda úlken áhmiyetke iye ekenin atap ótti.

@qrmilliygvardiya_official

September 03, 14:04
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi va ishchi guruhi tomonidan Nukus shahridagi “Yoshlar markazi”da tashkil qilingan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Muloqotda yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning ta’lim jarayonidagi ehtiyojlari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yoshlar tomonidan tengdoshlari orasida jinoyatlarni barvaqt oldini olish, bandligini ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, IT sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida startaplar bo‘yicha bildirilgan fikrlar qo‘llab-quvvatlanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
— — — —
#Piyshembi_jaslar_kúni
#Basshı_hám_jaslar_uchrasıwı
Respublikalıq uyımlararalıq muwapıqlastırıwshı shtab hám isshi topar tárepinen Nókis qalasındaǵı "Jaslar orayı"nda shólkemlestirilgen "Basshı hám jaslar ushırasıwı"nda jaslar menen pikirlesiw ótkerildi.
Sóylesiwde jaslar menen qızǵın sáwbet ótkerilip, olardıń bilimlendiriw procesindegi talapları, usınısları hám baslamaları tıńlandı.
Jaslar tárepinen zamanlasları arasında jınayatlardıń erte aldın alıw, bántligin támiyinlew, kásipke baǵdarlaw, IT tarawında bilim hám kónlikpelerin arttırıw baǵdarında startaplar boyınsha bildirilgen pikirler qollap-quwatlanıp, juwapkerlerge tapsırmalar berildi.
Ushırasıw juwmaǵında jaslardıń huqıqları menen nızamlı máplerin támiyinlew, olardıń jámiette múnásip orın ielewi hám turmısta óz ornın tabıwına qaratılǵan ámeliy jumıslar izbe-iz dawam ettiriletuǵını atap ótildi.

@qrmilliygvardiya_official

September 03, 12:49
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabi va uning ishchi guruhi a’zolari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlar davom etmoqda.
Idoralararo shtab a’zolari tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazi narkologiya va psixiatriya xizmatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida dispanser hisobida turgan bemorlarning oila a’zolari hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda mazkur toifadagi bemorlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularga dori-darmonlarini o‘z vaqtida berish, parvarishlash, uy sharoitida bemorlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bemorlarni belgilangan tartibda majburiy davolashga yuborish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, ushbu toifadagi bemorlarning yaqin qarindoshlari murojaatlari, ularni davolash uchun ajratilgan dori vositalarining yetarliligi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
— — — —
Respublikalıq uyımlararalıq muwapıqlastırıwshı shtabı hám onıń isshi toparı aǵzaları tárepinen Qaraqalpaqstan Respublikasında úyreniwler dawam etpekte.
Respublikalıq qánigelestirilgen ruwxıy salamatlıq ilimiy-ámeliy medicina orayınıń Qaraqalpaqstan Respublikası filialında dispanser esabında turǵan nawqaslardıń shańaraq aǵzaları hám medicina xızmetkerleriniń qatnasıwında oqıw shınıǵıwı shólkemlestirildi.
Onda usı kategoriyadaǵı nawqaslar tárepinen jınayat hám huqıqbuzarlıqlar júz beriwiniń aldın alıw maqsetinde olarǵa dári-dármaqların óz waqtında beriw, kútim, úy sharayatında nawqaslar menen durıs qarım-qatnas jasaw boyınsha tolıq túsinikler berildi.
Sonday-aq, nawqaslardı belgilengen tártipte májbúriy emlewge jiberiw boyınsha tiyisli ilajlar belgilendi.
Bunnan tısqarı, usı kategoriyadaǵı nawqaslardıń jaqın tuwısqanlarınıń múrájatları, olardı emlew ushın ajıratılǵan dári-dármaqlardıń jeterliligi úyrenildi.
Úyreniwler dawamında anıqlanǵan kemshiliklerdi saplastırıw boyınsha juwapkerlerge tiyisli kórsetpeler hám tapsırmalar berildi.

@qrmilliygvardiya_official

September 03, 08:55
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida mahalla faoliyatiga masʼul vazirlik va idoralar, hududiy tashkilotlar rahbarlari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda Qoraqalpoq davlat universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida navbatdagi oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Seminarda mahallalarda nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini keng joriy etish, fuqarolar oʻrtasida kelishuv madaniyatini rivojlantirish hamda mediatsiya institutining oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi.
Tadbir davomida Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan oilaviy nizolarni mediatsiya yoʻli bilan hal etish, mahalla raislari orasidan professional mediatorlarni tayyorlash masalalari yuzasidan amaliy tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Mazkur oʻquv-seminar mahallalarda nizolarning oldini olish, ularni mediatsiya orqali samarali hal etish amaliyotini kengaytirish hamda fuqarolar oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
— — — —
Respublikalıq uyımlararalıq muwapıqlastırıwshı shtab tárepinen Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesinde máhálle jumısına juwapker ministrlikler hám uyımlar, aymaqlıq shólkemlerdiń basshıları, "máhálle jetiligi" wákilleri hám Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń professor-oqıtıwshıları qatnasıwında gezektegi oqıw-seminar ótkerildi.
Seminarda máhállelerde kelispewshiliklerdi sudqa shekem sheshiw mexanizmlerin keńnen joriy etiw, puqaralar arasında kelisim mádeniyatın rawajlandırıw jáne mediaciya institutınıń ornı hám áhmieti dodalandı.
Ilaj dawamında Ádillik ministrligi hám Tashkent mámleketlik yuridikalıq universitetiniń professor-oqıtıwshıları tárepinen shańaraqlıq kelispewshiliklerdi mediciya jolı menen sheshiw, máhálle baslıqları arasınan professional mediatorlardı tayarlaw máseleleri boyınsha ámeliy usınıs hám kórsetpeler berildi.
Seminar sońında qatnasıwshılar menen ashıqtan-ashıq sóylesiw ótkerilip, tema boyınsha berilgen sorawlarǵa qánigeler tárepinen tolıq juwaplar berildi.
Bul oqıw-seminar máhállelerde kelispewshiliklerdiń aldın alıw, olardı mediatsiya arqalı nátiyjeli sheshiw ámeliyatın keńeytiw jáne puqaralar arasında óz-ara húrmet hám awızbirshilik ortalıǵın jáne de bekkemlewge xızmet etedi.

@qrmilliygvardiya_official